Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə27/194
tarix29.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#142873
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194
Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashk-fayllar.org

Kassa kitobi varag’i - 30
15-18 aprel kunlari uchun kassir hisoboti



Xujjat raqami


Kassa muomalasi mazmuni


Korres.
schyot


kirim


chiqim

1

2

3

4

5



Kun boshiga qoldiq




-



17.

176876-sonli chek bilan kassaga naqd pul olindi

5110

355000



35.

Ish haqini berish bo’yicha 7-son qaydnoma bilan ishchilarga ish haqi to’landi

6710



235000

36.

Ekspeditor A. Hakimovga xo’jalik xarajatlari uchun avans berildi


4230



40000

37.

Bosh muhandis Q. Azizovga xizmat safari uchun avans berildi


4220



50000





Jami




355000


325000


Kun oxiriga qoldiq




30000





Kassir imzosi










Hisobchining imzosi









Kassa kitobi kassa hisoboti tuzish hamda kassa muomalalari bo’yicha buxgalteriya yozuvlarini umumlashtirilgan holda qayd etish uchun xizmat qiluvchi dastlabki hujjat bo’lib xisoblanadi. Kassir hisobotidagi barcha yozuvlar kassa kirim hamda chiqim orderlari va ulardagi yozuvlar asosida amalga oshirilishi shart. Kassir hisobotidagi yozuvlarni ikki yoqlama yozuv ko’rinishida quyidagicha aks ettiriladi:
1) Dt Kassa - 355000 so’m

Kt Hisob-kitob schyoti -355000 so’m
2) Dt Mehnat haqi bo’yicha xodimlar
bilan hisob-kitoblar - 235000 so’m
Kt Kassa - 235000 so’m
3) Dt Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan
bo’naklar - 40000 so’m
Kt Kassa - 40000 so’m
4) Dt Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar - 50000 so’m
Kt Kassa - 50000 so’m
Bu yozuvlar kassa va kassa muomalalarini hisobga olish va umumlashtirish uchun ishlatiladigan hisob registri – jurnal-orderda amalga oshiriladi.

Ko’rsatilgan yozuvlarimiz schyotlar sxemasida quyidagicha aks ettiriladi:



D-T “Kassa” K-T




D-T “Hisob-kitob” K-T

B.K. ... ...


2) 235000




B.K. ... ...


1) 355000


1) 355000


3) 40000


4) 50000







Xizmat safari uchun berilgan



D-T bo’naklar” K-T


Mehnatga haq to’lash bo’yicha


xodimlar bilan
D-T hisob-kitoblar” K-T


B.K. ... ...






B.K. ... ...


4) 50000






2) 235000





Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar



D-T K-T


B.K. ... ...


3) 40000





“Kassa” schyoti bo’yicha sintetik hisob alohida jurnal-orderda yuritiladi. Unda oy davomida amalga oshirilgan kassa operatsiyalari, pul mablag’lari kirim-chiqimini tasdiqlovchi hujjatlarga asosan qayd etib boriladi.

SHunday qilib, buxgalteriya hisobi schyotlaridagi yozuvlar odatda buxgalteriya hisob registrlari hisoblangan jurnallarda o’z aksini topadi. Quyida kassa hisobi bo’yicha jurnal-order shakli ko’rsatilgan.




Xo’jalik sub’ekti “Kassa” - 5010 schyoti bo’yicha yuritiladigan
JURNAL - ORDER
aprelь oyi _________ 200____ yil


Operatsiyalar mazmuni


«Kassa» schyoti debetlanganda kreditlanuvchi schyotlar korrespondentsiyasi


Kassa schyoti de-beti bo’-yicha jami


«Kassa» schyoti bo’yicha kreditlanganda debetlanuvchi schyotlar korrespondentsiyasi


Kassa schyoti kredit bo’yicha jami


5110


4010


9010


h.k.


6710


4220




h.k.




Oyning boshiga bo’lgan qoldiq
































































jami






















Kassadagi pul mablag’larining to’liqligi nazorat qilib borish uchun har oyda bir marta inventarizatsiya qilinadi. Inventarizatsiya natijalari alohida dalolatnomada ko’rsatiladi va korxona raxbari tomonidan tasdiqlanadi.

Yuridik shaxs maqomga ega bo’lgan xar bir xo’jalik sub’ekti mulk shaklidan qat’iy nazar o’z faoliyatini amaldagi qonun va yo’riqnomalarga asosan tashkil qiladi va korxona o’z faoliyatida boshqa xo’jalik sub’ekti bilan o’zaro iqtisodiy aloqalarni hisob-kitob schyoti orqli tartibga soladi.


Bank boshqaruvchisi nomiga bankda o’z hisob-kitob schyotini ochish uchun ariza beradi. Hisob-kitob schyoti orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun korxona rahbari va bosh buxgalterlarining ismi, sharifi va imzolarini korxona muhri bilan tasdiqlangan holda tegishli bank muassasasiga namuna sifatida taqdim qiladi.
Hisob-kitob schyotida pul mablag’lari harakatini hujjatlashtirish bank tomonidan belgilangan tartiblarga rioya qilingan holda olib boriladi va uning nazoratini bank olib boradi. Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining harakatini tasdiqlovchi hujjatlar korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi.
Korxona va xo’jalik sub’ektining hisob-kitob schyoti qaysi bankda ochilgan bo’lsa shu bankda korxonaning naqd pulsiz barcha operatsiyalari amalga oshiriladi, nazorat qilinadi.
Korxonalar naqd pulsiz hisob-kitoblarni hisob-kitob schyotidan pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiradilar. Bu schyotdan o’tkaziladigan pul mablag’lari bajarilgan ish va xizmatlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi, ish va xizmatlarni to’liq yoki qisman bajarilganligi ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan holda ya’ni uning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari aktiv 5100 «Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari» schyotida olib boriladi. Bu schyotning debet tomonida bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun kirim qilingan pul mablag’lari ko’rsatilsa, kredit tomonida hisob-kitob schyotidan to’langan pul mablag’lari ko’rsatiladi. Schyotning tuzilishi quyidagicha:



DEBET 5100 KREDIT


Bosh. qold. ... ... ... ... ...


Pul mablag’larining kamayishi


Pul mablag’larining ko’payishi



«Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari» schyotidagi pul mablag’larining xarakati bo’yicha bank xo’jalik sub’ektiga o’rnatilgan tartibda ko’chirma beradi. Ko’chirmada hisob-kitob schyotidagi o’tkazilgan va bu schyotdan to’langan pul mablag’larini tasdiqlovchi hujjatlar bilan asoslangan yozuvlar bayon etiladi.

Quyidagi misolimizda hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining harakatini ko’rib chiqamiz:
1. Hisob-kitob schyotidan kassaga xodimlarga ish haqi berish uchun naqd pul olindi – 100.000
2. SHahar elektr tarmoqlari tashkilotiga foydalanilgan elektr energiyasi uchun pul to’landi – 500.000
Bu muomulalar uchun quyidagicha buxgalteriya yozuvlari beriladi:
1. Debet 5010 Kassa schyoti – 100.000
Kredit 5110 Hisob-kitob schyoti – 100.000
2. Debet Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar – 50.000
Kredit 5100 Hisob-kitob schyoti – 50.000
Hisob-kitobi sintetik hisobini yuritish uchun jurnal-orderdan foydalaniladi. Hisob-kitob schyoti orqali amalga oshirilgan operatsiyalarni aks etiruvchi bank ko’chirmalari hamda ularga asos bo’lgan hujjatlar asosida yuqoridagi kabi buxgalteriya yozuvlari jurnal-orderda amalga oshiriladi. Uning ma’lumotlari schyotlar bo’yicha aylanma qaydnomaga olib o’tiladi va keyinchalik hisobot tuzish uchun asos bo’ladi.


  • Valyuta scheti bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni hisobga olish. Hisobdor shaxslar bilan bo’ladigan hisob-kitoblar hisobi

Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatni boshqarish jarayoni muayyan xarajatlarni talab qiladi. Bunday xarajatlar boshqarish tihzimi bilan bevosita bog’liq bo’lsa xam u naqd pulli xarajatlarni keltirib chiqaradi, Bunday operatsiyalarni pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshirish imkoniyati yo’q.

Har bir korxona va xo’jalik sub’ekti faoliyatida bunday xarajatlar hisobdor shaxslar tomonidan tartibga solinadi. Xisobdor shaxslarga maxsus xo’jalik ishlarini bajarish maqsadida kassadan avans summasi beriladi. Hisobdor shaxslarga beriladigan avans summasini tasdiqlovchi hujjat bo’lib korxona rahbarining buyrug’i hisoblanadi. Buyruqda beriladigan avans summasining miqdori, bajariladigan ish hajmi, sarflanishi o’z ifodasini topadi. Buyruqni nushasi hisobdor shaxs kassadan pul olish to’g’risida to’ldirilgan chiqim orderiga ilova qilinadi. Hisobdor shaxslarga xo’jalik faoliyati bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish maqsadida berilgan pul mablag’lari bo’yicha har bir hisobdor shaxs alohida alohida pul mablag’larini sarf xarajati bo’yicha buxgalteriyaga hisobot beradilar. Kassadan hisobdor shaxslarga berilgan pul mablag’lari belgilangan maqsadlar bo’yicha ishlatilishi shart. Agar hisobdor shaxs tomonidan olingan pul mablag’lari hisobidan turli materiallar, anjomlar sotib olingan bo’lsa, bunday buyumlar xo’jalik sub’ektining materiallar saqlanadigan omboriga kirim qilinishi va bu to’g’rida tegishli buxgalteriya yozuvi berilishi kerak.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə