Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Buxgalteriya hisobida hisobdor shaxslarga berilgan pul mablag’lari turlari bo’yicha hisobga olinadi va quyidagi schyotlarda ko’rsatiladi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə28/194
tarix29.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#142873
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   194
Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashk-fayllar.org

Buxgalteriya hisobida hisobdor shaxslarga berilgan pul mablag’lari turlari bo’yicha hisobga olinadi va quyidagi schyotlarda ko’rsatiladi:
4220 «Xizmat safari bo’yicha bo’naklar»;
4230 «Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar»
4290 «Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar»
Agar hisobdor shaxsga xizmat safari uchun kassadan avans berilgan bo’lsa u holda debet «Xizmat safariga berilgan bo’naklar» schyoti, kredit «Kassa» schyoti deb buxgalteriya yozuvi beriladi. Hisobdor shaxsga berilgan bo’nak umumxo’jalik xarajatlari bilan bog’liq bo’lsa debet «Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar» schyoti, kredit «Kassa» schyoti deb yozuv beriladi.
Avanslar qaysi yo’nalish bo’yicha berilmasin, avans olgan hisobdor shaxs pul mablag’larini sarflanishi bo’yicha buxgalteriyaga hisobot berish shart. Buxgalteriyada hisobotni to’g’riligi bosh buxgalter tomonidan tekshirilib chiqilgandan keyin, korxona rahbari hisobotda ko’rsatilgan xarajatlarni tasdiqlaydi va uni keyin korxona xarajatlariga o’tkazadi.
Yuqoridagilarni quyidagi misollar yordamida ko’rib chiqamiz:
1. Korxona rahbarining buyrug’iga asosan bosh injener X.Isaqovga 1 fevraldan 4 fevralgacha Toshkent shahar «Foton» OAJga xizmat safariga yuborish uchun kassadan 50.000 so’m berildi. (Asos korxona rahbarining 31 yanvardagi 41-sonli buyrug’i)
2. Korxona rahbarining 28 yanvardagi buyrug’iga asosan xo’jalik ishlarini bajaruvchi Yu.Umarovga inventarlar sotib olish uchun kassadan 30.000 so’m berildi.
3. Bosh injener X.Isaqov xizmat safari bo’yicha avans hisobini buxgalteriyaga topshirdi, xizmat safari xarajatlari 52.000 so’m miqdorida tasdiqlandi.
4. Xo’jalik ishlarini bajaruvchi Yu.Umarov sotib olgan xo’jalik inventarlarini omborga topshirdi – 25.000 so’m.
5. Kassadan bosh injenerga ortiqcha qilingan xizmat safari bo’yicha xarajatlar kassadan berildi – 2000 so’m.
6. Xo’jalik ishlarini bajaruvchi Yu.Umarov ishlatilmagan pul mablag’larini kassaga qaytarib topshirdi – 5000 so’m.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə