Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Marketing nazariyasi kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə4/100
tarix26.05.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#113218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Marketing nazariyasi kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi.

Marketing kontseptsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi. Marketing kontseptsiyasini ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

  • ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish;

  • marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash;

  • marketing strategiyasini aniqlash;

  • rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing faoliyati elementlarini tanlash.

Marketing kontseptsiyasi ishlab chiqarish va taklif yetilayotgan tovarlarga bo’lgan talabni rivojlanish darajasiga bog’liqligi jihatidan yevolyutsion taraqqiyot bosqichini kechdi.
Marketing va tadbirkorlik sohasida dunyo ilmi va amaliyoti marketing evolyutsiyasida quyidagi kontseptsiyalarni asosladi va tavsiya etdi:

  • ishlab chiqarish kontseptsiyasi;

  • tovar kontseptsiyasi;

  • sotish kontseptsiyasi;

  • an’anaviy marketing kontseptsiyasi;

  • ijtimoiy-axloqiy marketing kontseptsiyasi;

  • o’zaro aloqaviy marketing kontseptsiyasi.


Marketing kontseptsiyasi evolyutsiyasi


Yillar

Kontseptsiya

Asosiy g’oya

Asosiy vosita

Asosiy maqsadi

1860-1920

Ishlab chiqarish

Imkoniyati boricha ishlab chiqarish

Tannarx, mehnat unumdorligi

Ishlab chiqarishni takomillashtirish, sotish hajmini ustirish

1920-1930

Tovar

Sifatli tovarlarni ishlab chiqarish

Tovar siyosati

Iste’mol tovarlari xossalarini takomillashtirish

1930-1950

Sotish

Sotish tarmoqlari va kanalini rivojlantirish

Sotish siyosati

Tovarlar sotish intensifikatsiyasi

1960-1980

An’anaviy marketing

Iste’molchiga nima kerak bo’lsa o’shani ishlab chiqarish

Marketing miks kompleksi, iste’molchini tadqiq qilish

Maqsadli bozorni xohish-ehtiyojlarini tadqiq etish

1980-1995

Ijtimoiy-axloqiy marketing

Jamiyat talablarini hisobga olgan holda iste’molchiga kerak bo’lgan tavrlarni ishlab chiqarish

Marketing miks kompleksi, ishlab chiqariladigan tovar va xizmat ishlab chiqarish, iste’molchi bilan bog’liq bulgan ijtimoiy va ekologik oqibatlarni tadqiq etish

Maqsadli bozorni xohish-ehtiyojlari-ni qondirish

1995 yildan shu davrgacha

Marketingni o’zaro alokaviy kontseptsiyasi

Biznes bo’yicha sheriklar va iste’molchilarni kondiradigan tovarlar ishlab chiqarish

Marketing miks kompleksi, integratsiya va tarmoqli taxlil, koordinatsiya uslubi

Maqsadli bozorni xohish-ehtiyojlarini qondirish

Ko’rsatib o’tilgan marketing kontseptsiyalari har bir mamlakat uchun standart yoki norma yoki qoida sifatida ko’rilmasligi kerak. Marketing evolyutsiyasi har qaysi mamlakatda o’zini xususiyatlari va bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Biroq marketingni paydo bo’lishi bilan bog’liq jahon tajribasi hamda bozor munosabatlarini rivojlanishi aniq mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini tadbiq tadbiq bozor munosabatlarini shakllantirishga ishlatilishi mumkin ekanligi foydali hisoblanadi. Bundan tashqari marketingni rivojlanishida mashhur umumiy tendentsiya – e’tiborni tovar ishlab chiqarishdan iste’molchiga, uning xohish va ehtiyojlariga qaratish talab etiladi.






    1. Yüklə 1,12 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə