Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Tovarni siljitish funktsiyasi



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə8/100
tarix26.05.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#113218
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

4. Tovarni siljitish funktsiyasi natijasida sotishni rag’batlantirish va reklama siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag’batlantirishni samarali instrumentlarini asoslash; tovarni siljitish to’g’risida multimedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini rag’batlantirish; pablik rileyshnzni tashkil qilish va boshqalar to’liq o’rganiladi.
5. Narxni tashkil etish funktsiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot uchun yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar o’zgarishi mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi mahsulot uchun narx belgilash kabilar hal etiladi.
6. Marketing-menejment funktsiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o’rganadi.
Marketing funktsiyalari firmani boshqa funktsiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funktsiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketingning funktsiyalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa funktsiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funktsiyalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o’rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. SHuning uchun ham marketing funktsiyalari doimo o’zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.
2.3. Marketingning vazifalari.

Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir.


Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:

  • xaridorlar ehtiyojini o’rganish va aniqlash;

  • narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;

  • avvalo talab va taklif to’g’risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish;

  • tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini orttirish;

  • tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish;

  • tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish;

  • to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborot yig’ish;

tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə