Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/108
tarix26.10.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#131965
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

 
6
Oqimli ishlab chiqarishda transport vositalari mahsulotlarni liniyadagi ish 
joylari orasida harakatlantirish uchun ehtiyot qismlarni omborlardan ish joylariga 
keltirish uchun xizmat qiladi. 
Transport vositalarini tanlash quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: 
- mahsulotlarning massasi, o‘lchami va konstruktiv xususiyatlariga
- vaqt birligi ichida ishlab chiqariladigan mahsulot, detallar soni; 
- operatsiyalararo uzatishlarning qabul qilingan usuliga ko‘ra (donalab yoki 
partiyalab); 
- zaruriy idishlarning xarakteristikasi va o‘lchamiga ko‘ra; 
- transport vositasi harakat qiluvchi binoning konstruktiv xususiyatiga. 
Jihozlar bo‘ylama joylashgan oqim liniyalarda og‘irligi 20 kg gacha bo‘lgan 
detallarni qisqa masofaga uzatishda og‘ma yoki vintli jelobalardan foydalanish 
mumkin. Og‘irroq detallarni uzatish uchun esa rolpgang yoki aravachalar 
qo‘llaniladi. Yig‘uv sexlarida oqimli ishlab chiqarish uchun samarali transport 
vositasi bo‘lib konveyer hisoblanadi. 
6
Синицина Л.М. Организация производства (Учебное посоие) Минск УП ―ИВС Минфина‖ 2008 


Konveyer 
yig‘ilayotgan 
mahsulotlarni 
harakatlantiruvchi 
uzluksiz 
harakatlanuvchi lentadir. Konveyerning 2 turi mavjud: 
1) taqsimlovchi,
2) ishchi. 
Taqsimlovchi konveyer faqat mahsulotlarni bir ish joyidan ikkinchi joyiga 
ko‘chiradi. Ishchi konveyer esa transport vositasi funksiyasini bajarish bilan bir 
vaqtda ish joylari sifatida xizmat qiladi. Tizimi va konstruksiyasiga ko‘ra lentali, 
plastinkasimon, zanjirli, osma konveyerlar mavjud. 
Lentali konveyerlar konstruksiyasiga ko‘ra sodda bo‘lib, taqsimlovchi transport 
vositasi sifatida keng tarqalgan. Plastinkali konveyerlar esa tozalikka bo‘lgan talab 
yuqori bo‘lganda yoki konveyer isitish qurilmasidan o‘tganda qo‘llaniladi. Zanjirli 
yoki osma konveyerlar oqimli tizimining har qanday konfiguratsiyasi uchun 
qo‘llaniladi. 

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə