O’zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə1/7
tarix19.12.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#152288
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7
avtomatlashtirilgan shlagbaumlarning elektr yuritmalari uchun maxsus elektr dvigatellar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI


“Avtomatika va telemexanika”
kafedrasi
"Avtomatika va telemexanikaning nazariy asoslari" fanidan

MUSTAQIL ISH


HISOBOTI
(REFERAT + HGI)

Mavzusi: “avtomatlashtirilgan shlagbaumlarning elektr yuritmalari uchun maxsus elektr dvigatellar

Bajardi: SAB-3 guruh talabasi
SAmiyev YUSUp
Qabul qildi: t.f.n., dosent
Xalikov S.S.

Toshkent -2023


MAVZU: avtomatlashtirilgan shlagbaumlarning elektr yuritmalari uchun maxsus elektr dvigatellar

Reja:
KIRISH


1. Avtomatika haqida umumiy tushunchalar.
2. Elektr yuritmani avtomatik boshqarish va himoya vositalari.
3. Avtomatika elementlari: datchik, kuchaytirgich, rele.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 60% dan ortiqrog‘i ish mexanizmini harakatga keltiruvchi avto- matlashtirilgan elektr yuritmalar tomonidan iste’mol qilinmoqda. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, kommunal va boshqa tarmoqlaming barcha sohalarida, turli mashina va mexanizmlar hamda quril- malardan keng foydalaniladi. Har qanday mexanik jarayonni amalga oshirish uchun mexanizm va mashinaning ish organini harakatga keltirish darkor. Bu esa yuritma vositasida amalga oshiriladi, xususan, elektr energiya mexanik energiyaga aylan- tiriladi.
Yuritma energiyani ma’lum yo‘naltirilgan maqsadda o‘zgar- tirishi kerak. Shuning uchun uning tarkibiga bu funksiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalar va boshqaruv vositalari kiritilishi darkor. Bu maqsadga elektr yuritma yordamida avtomatik bosh­ qaruv asosida erishiladi.
Elektr yuritma deb mashinalaming ish organlarini harakatga keltiradigan hamda bu jarayonlami maqsadga muvofiq boshqa- radigan, hamda elektr dvigatel, kuchli o‘zgartgich, boshqarish, axborot hamda uzatish qurilmalaridan tashkil topgan murakkab elektromexanik tizimga aytiladi.
Yuritma elementlari quyidagilardan iborat.
Uzatish qurilmasi harakat shakllarini o‘zgartirish va mexanik energiyani dvigatel qurilmasidan mashinaning ish organlariga uzatish uchun moMjallangan.
Dvigatel qurilmasi elektromexanik o‘zgartgich bo‘lib, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi va uzatish qurilmasi bilan birgalikda ish organining berilgan harakat turlarini shakl- lantiradi.
Kuchli o zgartgich qurilmasi elektr yuritma tizimini elektr manbayi bilan bog‘lash uchun (masalan, sanoat elektr tarmog‘i bilan) elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirish uchun (masalan, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirish) xizmat qiladi. Kuchli o‘zgartgich qurilmasining asosiy vazifasi jarayon davomida boshqariladigan energiya oqimini shakllanti- rishdan iborat. Elektr yuritma tizimlarida ish mashinalari, mexa- nizmlar va ish jarayonlarida «energiyani tejaydigan» texnologiya- larni qo‘llash, tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish kuchli o‘zgartgich, dvigatel va uzatish qurilmalarining xususiyatlariga bog‘liq.
Boshqarish va axborot qurilmalari energiya oqimi W va ma- shinalaming ishchi organlari harakatlarini boshqarishning berilgan qonuniyatlar bo‘yicha shakllantirish uchun moijallangan.
Avtomatlashtirilgan elektr yuritmani avtomatik boshqariluv­ chi elektromexanik tizimning (ABT) keng qo‘llaniladigan turi deb qarash mumkin.
Avtomatlashtirilgan elektr yuritmaning funksional sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan. Bu sxema elektr yuritmaning ayrim element- lari va ular orasidagi bog‘lanishlami kengroq o‘rganish imkoniya- tini beradi. Bu yerda ingichka chiziqlar bilan elektr energiyani uzatish kanallari, qo‘sh punktir chiziqlar bilan mexanik energiyani uzatish kanallari, punktir chiziqlar bilan esa, elektr yuritma yoki bajaruvchi mexanizmning o‘lchanayotgan koordinatlari to‘g‘risida axborot uzatish kanallari ko‘rsatilgan.


Muayyan afzalliklarga ega boMgan yuritmaning bu turi ma- shinani maqsadga muvofiq tarzda boshqarib bo‘lmasligi, uzatish


qurilmalarida energiyani ko‘p isrof bo‘Iishi kabi kamchiliklarga ega.
Bundan tashqari bu qurilmalar ko‘p sonli uzatish tasmalari va transmissiyalardan tashkil topganligi uchun, ular ishlatish cho- g‘ida ishchilar hayotiga xavf tug‘diradi. )
Individual elektr yuritma ish mashinasining bitta ijrochi organining harakatini ta’minlaydi (3-rasm). Shuning uchun, bitta mashina uchun bir necha individual yuritmalar ishlatiladi. Ma­ salan, tokarlik dastgohida individual bosh va ikkita yordamchi yuritmalar ishlatiladi. Individual elektr yuritma tizimida energiya elektr zanjirlarida bo‘linadi. Bu yuritma uzatish qurilmalari va ish mashinasi kinematikasini soddalashtirish imkoniyatini beradi. Aksariyat hollarda ish mexanizmining ijrochi organining o‘qi dvigatel rotori (yakor) bilan umumiy o‘q hosil qiladi. Individual elektr yuritmaning asosiy afzalliklari bu energiyani boMinishidagi isrofning kamayishi, UQ va IM kinematikasini soddalashtirish hisobiga metall sarflni kamaytirish, elektrlashtirilgan agregat ishonchliligini oshirish, ijrochi organlami boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni soddalashtirish imkonining mavjudligidadir.



Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə