Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Ish joylarini tashkil etish



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/108
tarix26.10.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#131965
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   108
Sanoat korhonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

11.2
Ish joylarini tashkil etish. 
Ishlab chiqarish hududining bitta ish bajaruvchiga yoki bir guruh ishchilarga 
ajratib berilgan hamda mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun 
kerakli bo‘lgan mehnat qurollari va mehnat buyumlari bilan yetarli ta‘minlangan 
maydoni (uchastkasi) ish joyi, deb ataladi. 
Ish joylarini tashkil etish va ularga xizmat ko‘rsatish mehnatni tashkil 
etishning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Mehnat qanday shaklda bo‘lmasin, 
doim xodimning ish joyida qiladigan harakatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. 
Demak, mehnat samaradorligi ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko‘rsatish 
holati hozirgi zamon talablari darajasiga to‘la javob berishiga ham bog‘liq. 
Har bir ish joyi ish vaqtini, aqliy va jismoniy kuchni kam sarflab, yuqori 
unumli va samarali ish qilishga maksimal darajada moslashtirilgan bo‘lishi lozim. 
Ish joyida mehnatni tashkil etish bu boradagi usul va uslublarni 
takomillashtirishni, mehnat uchun qulay shart - sharoit yaratilishini hamda 
mehnatni tashkil etishning boshqa elementlarini amalga oshirishni ko‘zda tutadi. 
Bu tadbirlar, eng avvalo, asbob - uskunalardan yaxshi foydalanishga, unumli ishni 
ta‘min etishga, ishlab chiqarish davrini qisqartirishga yordam beradi. 
Ish joylari shu yerda bajariladigan mehnatning o‘ziga xos xususiyatiga, 
ishlatiladigan asbob-uskunalarga, birgalashib ishlovchi xodimlar soniga, ish 
joylarini ixtisoslashtirish darajasiga, ko‘chish va ko‘chmasligiga, qaerda 
joylashganiga qarab bir-biridan farq qiladi. 
Mehnat xarakteriga qarab, ish joylari qo‘l kuchi ishlatiladigan, 
mexanizatsiyalashtirilgan, mashinalashtirilgan va avtomatlashtirilgan ish joylariga 
bo‘linadi. qo‘l kuchi ishlatiladigan ish joyining xarakterli xususiyati shundaki, 
unda xodim texnologik jarayonlarni eng sodda(oddiy) asboblar va uskunalar 
ishlatish vositasida bajaradi. Tikuvchilik korxonasidagi bichuv qaychisi bunga 
misol bo‘lishi mumkin. Bichuvchi o‘z ishini qaychi ushlab, faqat qo‘l kuchi bilan 
bajaradi yoki bo‘lmasa jihozning qismlarini va uzellarini qo‘l bilan yig‘ish haqida 
ham shunday deyish mumkin. 


Bunday ish joylarida bajariladigan ishlar, xizmatlar nafaqat o‘zlarining 
sermehnatligi bilan ajralib turadi, bunday ish joylarida, odatda, mehnat 
samardorligi (unumdorligi) ham uncha yuqori bo‘lmaydi. SHuni ham eslatish 
joizki, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sohasidan qo‘l kuchi ishlatiladigan 
ish joylarini mutlaqo yo‘qotib bo‘lmaydi. Hatto to‘la avtomatlashtirilgan 
jarayonlarda ham avtomatik tizimni rostlash (naladka) va tartibga solish 
(regulirovka) kabi ishlar ko‘p hollarda qo‘lda bajariladi. 
Mexanizatsiyalashtirilgan ish joyida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish 
operatsiyalari mexanizmlar vositasida amalga oshiriladi. Bu yerdagi mexanizmlar 
kishi qo‘li bilan harakatga keltiriladi va u mashina-qo‘l kuchi ishlatiladigan ish 
joyi deb ataladi. Tikuv mashinasida tikish, metallsozlik va yog‘ochsozlik 
jihozlarida qismlarni (detallarni) qo‘lda uzatib ishlash va h.k.lar bunga misol bo‘la 
oladi. 
Bu holdagi ish joylarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, xodim ish 
joyida ishlatilayotgan xom ashyolarning o‘zgarishiga o‘z kuchini sarflamaydi, 
ularga ta‘sir o‘tkazmaydi, faqatgina yordamchi ishlar, mexanizatsiyalashgan ish 
joylarida texnologik jarayonlar mashina yoki mexanizmlar yordamida amalga 
oshiriladi. Xodimlar bu jarayonlarda bevosita qatnashadilar, lekin ularning 
faoliyatlari asosan mehnat vositalarini boshqarishga (xom ashyolarni jihozga 
o‘rnatish, jihozlarni yurgizish va to‘xtatish, mashina (jihoz) mexanizmlarining 
ishlashini nazorat qilish, tayyorlangan mahsulot yoki bajarilgan xizmatning sifatini 
tekshirish, ishlov berilgan qismlarni, tayyor mahsulotlarni jihozlardan tegishli 
joyga olib qo‘yish kabi ishlarga) qaratilgan bo‘ladi. 
Texnologik jarayon oldiga qo‘ygan maqsadga mashina vositasida erishilsa, 
ishchining vazifasi mashinani qo‘l bilan boshqarib borishdangina iborat bo‘lsa, 
bunday o‘ringa, mashinalashtirilgan ish joyi, deyiladi. Bunda barcha ishlab 
chiqarish operatsiyalarini mexanizm bajaradi, ishchi esa tugma (knopka)li 
mexanizm orqali jihozning ayrim qismlarini idora qiladi, xolos. 
Avtomatlashtirilgan ish joyida detallarga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan 
barcha ishlar, ularning ishlov berilgan qismini ko‘chirish, ish sifatini nazorat qilish, 


shuningdek, mashinaning o‘zini idora qilish ham avtomatlashtirilgan bo‘ladi. 
Ishchi esa avtomatik jihozlarni yuritish, to‘xtatish, mexanizmlarining to‘g‘ri 
ishlashini, o‘z vaqtida ish bilan ta‘minlab turilishi va tayyor mahsulotlarning 
tushirilishini hamda nazorat-o‘lchov apparatlari ko‘rsatkichlarini nazorat qilib 
(kuzatib) turadi, xolos. 
Jihozning avtomatik ishlash vaqti ancha davomli bo‘ladi. Bunday holat esa, 
o‘z navbatida, bir xodim tomonidan ko‘p avtomatik-jihozlarga xizmat ko‘rsatish 
imkoniyatini yaratadi.
Birgalikda ishlovchi ishchilar soniga qarab, bitta ishchi ishlaydigan yakka 
ish joylari va bir necha ishchi ishlaydigan jamoa yoki brigada ish joylari bo‘ladi. 
Ixtisoslashtirilganlik darajasiga qarab, ish joylari yakka, seriyali va ommaviy 
turlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish turiga qarab, har bir ish joyiga ma‘lum 
hajmdagi ishlab chiqarish operatsiyalari biriktiriladi. Shu munosabat bilan ish 
joylari ixtisoslashtirilgan, universal va maxsus ish joylariga ajratiladi. 
Ko‘chish-ko‘chmasligiga qarab, ish joylari statsionar va ko‘chma ish 
joylariga bo‘linadi. Masalan, to‘quv korxonasidagi buyoqchining ish joyi statsionar 
bo‘lsa, avtomobil mashinasiga o‘rnatilgan ta‘mirlash ustaxonalarida, radio-
televedenie ishxonalaridagi ish joylari ko‘chma ish joyi bo‘ladi. 
Yuqorida ko‘rsatilganlaridan tashqari, boshqa xil ish joylari ham bor. 
Masalan, ishlab chiqarish turlariga qarab bo‘linadigan asosiy, qo‘shimcha, 
yordamchi ish joylari, smenalar soniga qarab, bir smenali, ko‘p smenali, 
shuningdek, xodimning ish vaziyatiga qarab, o‘tirib, tik oyoqda, goh o‘tirib, goh 
tik oyoqda ishlaydigan, joylashgan o‘rniga qarab bino ichidagi, ochiq havodagi, 
balandlikdagi, bino ostidagi va h.k. ish joylari bo‘ladi. 
Ish joylarida xizmat ko‘rsatiladigan jihozlar soniga qarab, bir jihozli yoki 
ko‘p jihozli ish joylari bor. Bir jihozli ish joylari mashinasozlik va metallsozlik 
korxonalariga mos bo‘lib, ko‘p jihozli ish joylari sanoatning to‘qimachilik, trikotaj, 
yengil va oziq-ovqat tarmoqlaridagi korxonalarda keng tarqalgandir. Ishlab 
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish operatsiyalarining qaytarilib turishiga va ishlab 


chiqarish turlariga (tiplariga) qarab, yakka, seriyali, mayda va katta seriyali hamda 
ommaviy ishlab chiqarish ish joylari mavjud. 
Ish joylari shu joydagi mehnat xarakteriga karab chilangar, payvandchi, 
yig‘uvchi, operator, muhandis, texnik, to‘quvchi, bo‘yoqchi kabi ish joylariga 
bo‘linadi.
Umuman olganda, har qanday ish joyi ham quyidagi asosiy talablarga javob 
berishi joiz: 
Odatda, yuqori mehnat unumdorligi (samardorligi)ning asosiy shartlaridan 
biri – bu, ish joyini tashkil etishdir.
Ish joyini tashkil etish deganda, har bir ish joyida yuqori mehnat 
unumdorligiga erishish uchun zarur bo‘lgan hamma sharoitlarni ta‘minlash bilan 
bir qatorda, jihozning texnikaviy imkoniyatlaridan to‘la foydalanishni, mehnatning 
mazmunini boyitishni, xodimning sihat-salomatligini ehtiyot qilishni ta‘minlashga 
qaratilgan kompleks tadbirlar rejalarini ishlab chiqish tushuniladi.
Har bir ish joyining maqsadga muvofiq tashkil etilishi ishchi o‘z vazifasini 
bajarishiga qulaylik tug‘dirishi, ish vaqtining bekor ketmasligini, isrof 
bo‘lmasligini ta‘minlashi, ishlab chiqarishda madaniy va sog‘lom mehnat 
vaziyatini vujudga keltirishi lozim. 
Har bir xodim yoki raxbar o‘ziga yuklatilgan vazifani muvaffaqiyatli 
bajarish uchun uning ish joyi to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lishi kerak. Texnika va ish 
kuchidan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, tayyorlangan 
mahsulotning yoki ko‘rsatilgan xizmatning sifatini yaxshilash va tannarxini 
pasaytirish ko‘p jihatdan ish joyining to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. Korxonadagi 
ish joyi mehnatni tashkil etish tizimining g‘oyat muhim bug‘inidir, chunki u har bir 
xodimning o‘z mehnatini bevosita sarf qiladigan ishlab chiqarish maydonidir. 
Tabiiyki, bunda sarf qilinadigan mehnatning samarali bo‘lishi shu maydonning 
yaxshi, maqsadga muvofiq va qulay tashkil etilishiga bog‘liq. 
Ish joyining yaxshi tashkil etilmasligi natijasida ishlab chiqarishda ko‘p 
nobudgarchiliklar yuz beradi. Bu nobudgarchliklarning sabablari yuzaki qarashda 
ahamiyatsiz bo‘lib ko‘rinsa - da, aslida juda xunuk natijalarga olib keladi. 


Masalan, xom ashyolarning noqulay joylashtirilishi natijasida ishchi ortiqcha, 
keraksiz harakatlar qilishga majbur bo‘ladi va bunga ko‘p vaqt yo‘kotadi, qurol - 
asboblar, uskunalar saqlanadigan idishda tartib bo‘lmasa, ular aralash - quralash 
bo‘lsa, ishchining zarur asbobni qidirib topishga ancha vaqti ketadi, u 
asabiylashadi va h.k.lar. 
Ish joyini tashkil etishda quyidagi asosiy talablarga e‘tibor berish lozim: 
1. Ish joyida zarur uskunlar, qurol-asboblar, xom ashyolar, zarur bo‘lganda 
jihoz ham ishchi o‘z vazifasini bajarishi uchun yetarli miqdorda taxt turishi kerak. 
Bu ashyolardan bittasining ham yetarli miqdorda bo‘lmasligi vaqt bekor 
sarflanishiga sabab bo‘ladi. SHuningdek, ularning keragidan ortiqcha bo‘lishi ham 
zararlidir. Negaki ortiqcha narsalar xodimlarning o‘tish yo‘llarini to‘sadi, ortiqcha 
aylanma mablag‘ talab qiladi, ba‘zi narsalar ishlatilmasdan, uzoq vaqt turib qolib, 
buzilishi, aynishi ham mumkin. 
2. Qurol, asbob va boshqa hamma mehnat buyumlari foydalanish uchun 
qulay holda joylashtirilishi kerak. Xom ashyolar va materiallar ulardan foydalanish 
joyiga, tez-tez ishlatib turiladigan asbob va uskunalar ish joyiga yaqin turishi 
lozim. 
3. Ish joylariga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus yordamchi xodimlar 
ajratilishi va ular ish joylarini zarur ashyolar - materiallar va h.k. lar bilan uzluksiz 
ta‘minlab turishlari shart. 
4. 
Ish joyi ijrochining mehnatini yengillashtiradigan, ish unumini 
oshiradigan va tartibga solib turadigan maxsus moslamalar bilan ta‘min etilishi 
lozim.
5. 
Ish joyini tashkil etishda amaldagi sanitariya normalariga, uskunalardan 
foydalanish, texnika xavfsizligi, sanoat estetikasi va h.k.lar to‘g‘risidagi 
ko‘rsatma va qoidalarga to‘la rioya qilinishi zarur. 
6. 
Ish joyi maydonining hajmi oldindan puxta hisoblab belgilanishi, ishni 
ijro qiluvchi kishi amallarni siqilmasdan, erkin harakat qilib bexavf 
bajaradigan, bu jarayonda va umuman, asbob-uskunalardan, jihozlardan, 


xom ashyolardan foydalanishda maydon doirasida bir joydan ikkinchi 
joyga bemalol jila oladigan bo‘lishi shart. 
7. 
Signal va aloqa tartibi (tizimi) ijrochi bilan usta (rahbar)ning hamda 
ijrochi bilan tsex ichidagi xodimlarning bir-birlari bilan doim xabarlashib 
turishlarini ta‘min etadigan bo‘lishi zarur. 
Ish joyini maqsadga muvofiq tashkil etish xodimlarga vazifalarini bajarishni 
yengillashtirishi, vaqti unumsiz sarflanishini bartaraf qilishi, samarali faoliyat 
ko‘rsatishi uchun madaniy va sog‘lom sharoit yaratishi joiz. 
Har bir ish joyini tashkil etishda unda bajariladigan ish yoki xizmat hajmi, 
mehnat amallarining miqdori va bajarilish tartibi, asbob-uskunalar miqdori, xizmat 
ko‘rsatish tizimi, mehnat va ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiyalashganlik 
darajasi kabi omillar nazarda tutilishi lozim. 
12

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə