Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/106
tarix28.11.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#133219
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
 
10 – rasm. Xalqaro kilogramm-prototipi. 


38 
 
Davlat etaloni

davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha 
etalonlari bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o‘lchamlarini aniqlash uchun asos 
sifatida xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan 
birlamchi yoki maxsus etalon. 
 
Milliy etalon
– 
mamlakat uchun boshlang‘ich etalon sifatida xizmat qilishi 
rasmiy qaror bilan tan olingan etalon.
Milliy etalon va davlat etalonlarining ta’rifidan ko‘rinib turibdiki, bu ikkala 
atama bir xil tushunchani ifodalaydi.
Mamlakatimizda “Milliy etalonlar markazi” markazi tashkil etilgan (2001 
yil) bo‘lib, unda quyidagi milliy boshlang‘ich etalonlar saqlanadi: 
-
massa birligi milliy boshlang‘ich etaloni; 
-
elektr sig‘imi birligi milliy boshlang‘ich etaloni; 
-
induktivlik birligi milliy boshlang‘ich etaloni; 
-
chastota va vaqt birliklari milliy boshlang‘ich etaloni; 
-
bosim birligi milliy boshlang‘ich etaloni; 
-
o‘zgaruvchan tok kuchlanishi birligi milliy boshlang‘ich etaloni; 
-
suv miqdori va sarfi birligi milliy boshlang‘ich etaloni; 
-
uzunlik birligi milliy boshlang‘ich etaloni; 
-
ammiak, sinil kislotasi, azot dioksidi, oltingugurt dioksidi va xlorning 
havodagi massaviy ulushi birligi milliy boshlang‘ich etaloni. 
Maxsus etalon
– birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini 
ta’minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo‘lib xizmat qiladigan 
etalon. 
Maxsus etalonlar birliklarni birlamchi etalonlar tomonidan quyi tabaqalarga 
belgilangan aniqlikda yetkazib berish imkoniyatlari mavjud bо‘lmagan sharoitlarda 
qо‘llaniladi (yuqori va о‘ta yuqori chastotalar, kichik va katta energiyalar, 
bosimlar, temperaturalar va b.). 
Guvoh etalon
– davlat atalonining butligini va o‘zgarmaganligini tekshirish 
va buzilgan yoki yo‘qolgan hollarda uni almashtirish uchun mo‘ljallangan 
ikkilamchi etalon. Hozirgi paytda asosiy birliklarning etalonlaridan faqat 
kilogrammning guvoh etaloni bor.


39 
Nusxa etalon
– birliikning o‘lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun 
mo‘ljallangan ikkilamchi etalondir. Nusxa etalonlar, odatda, birlamchi yoki 
maxsus etalonni barvaqt yeyilishdan saqlash maqsadida, qiyoslash ishlari ko‘p 
bo‘lgan hollarda yaratiladi. Nusxa etalon zarur bo‘lgan hollarda davlat etaloni 
o‘rnida ham ishlatilishi mumkin. 
Ishchi etalon
– namunaviy va o‘ta yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini 
qiyoslash uchun mo‘ljjallangan etalon, birlikining o‘lchamini ularga uzatishga 
xizmat qiladi.
Tarkibiga kо‘ra etalonlar yakka, guruh etalonlari va etalonlar tо‘plamiga 
bо‘linadilar. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə