Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/106
tarix28.11.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#133219
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

Tayanch iboralar: 
o‘lchash vositasi, o‘lchov, etalon, xalqaro etalon, milliy 
etalon, davlat etaloni, nusxa etalon, guvoh etalon, o‘lchash o‘zgartkichi, mexanik 
o‘zgartkich, elektromexanik o‘zgartkich, issiqlik o‘zgartkichi, elektr o‘zgartkich, 
parametrik o‘zgartkichlar, masshtabli o‘lchash o‘zgartkichi
,
ferrodinamik 
o‘zgartkichlar, magnitomodulatsion o‘zgartkichlar , chastotali o‘zgartkichlar, 
pnevmtik o‘gartkichlar, siljish kompensatsiyali o‘zgartkichlar, elektr-pnevmatik va 
pnevmo-elektro‘zgartkichla, datchik, reostatli datchik, potensiometrik datchiklar, 
tenzometrik datchiklar, kontakt qarshilikli (kо‘mirli) datchiklar, sig‘imli datchiklar, 
generatorli datchiklar, termoelektrik datchiklar, pezoelektrik datchiklar.
 
Nazorat va muhokama uchun savollar: 
1. O‘lchash vositasi deb nimaga aytiladi? 
2. O‘lchash vositalariga nimalar kiradi? 
3. O‘lchash asbobi nima? U qanday turlarga bo‘linadi? 
4. O‘lchash vsoitalarning metrologik tavsiflariga nimalar kiradi? 
5. Etalon nima? Etalonlarning qanday turlari bor? 
6. O‘lchov deb nimaga aytiladi? 
7. O‘lchovlarning qanday turlari bor? 
8. O‘lchash o‘zgartkichi deb nimaga aytiladi? 
9. O‘lchash o‘zgartkichlari qanday turlarga bo‘linadi? 
10. Datchik nima? U qanday vazifani bajaradi? 
11. Datchiklarning qanday turlarini bilasiz? 


72 
III BOB. O‘LCHASH ASBOBLARI 
3.1.O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari 
Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan 
belgilash uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning 
me’yorlangan qiymati deganda berilgan o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan 
xatolikni tushunamiz. Alohida olingan o‘lchash vositasining xatoligi har xil
muntazam va tasodifiy xatoliklarining ulushi esa turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo, 
yaxlit olib qaralganda o‘lchash vositasining umumiy xatoligi me’yorlangan 
qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir o‘lchash asbobining xatoliklarini 
chegarasi va ta’sir etuvchi koeffisiyentlar haqidagi ma’lumotlar asbobning 
pasportida keltirilgan bo‘ladi.
O‘lchash vositalarning aniqlik klassi tushunchasiga O`z DSt 8.010.2:2003 
“O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi.
Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 2-qism. O‘lchash vositalari va ularning 
parametrlari” standartida quyidagicha izoh berilgan: 
O‘lchash vositalarning aniqlik klassi
– mazkur xil o‘lchash vositalarining 
umumlashtirilgan tavsifi bo‘lib, ularning odatda, asosiy va qo‘shimcha joiz 
xatoliklarning chegaralari, shuningdek aniqlikka ta’sir etuvchi boshqa tavsiflar 
bilan ifodalanadigan aniqlik darajasini aks ettiradi. 
Aniqlik klassi bir xil o‘lchash vositasining xatoligi qaysi chegarada 
joylashganligini bilishga imkon beradi, lekin bu vositalarning har biri bilan 
bajariladigan o‘lchashlarning aniqligini bevosita ko‘rsata olmaydi. Bu holat 
o‘lchash vositalarini o‘lchashlarning belgilangan aniqligiga qarab tanlashda 
muhim. 
O‘lchash vositasining aniqlik klassi texnik talablar standartlarida yoki 
belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa texnik hujjatda ko‘rsatiladi. 
O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi 
bo‘yicha klasslarga bo‘linadi. Masalan, elektromexanik turidagi ko‘rsatuvchi 
asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi: 

а.k
 

0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4

 


73 
Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning 
keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi: 

а.k
=

k mах

k
;


а.k
 

k mах

k
q


х max 
Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan 
chegaralangan bo‘lsa, masalan 
, u holda bu asbobning xatoligi shkala oxirida 
1,5 % ga tengligini bildiradi.Masalan, shkalasida 
belgi bo‘lgan o‘lchash asbobi 
bilan o‘tkazilgan o‘lchashlar natijasida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati 200 ga 
tengligi aniqlandi. Bunda absolyut xatolikning qiymati 200∙0,015 = 3 dan 
oshmaydi va o‘lchanayotgan kattalikning chegaraviy qiymatlari 200±3 ga teng 
bo‘ladi. 
Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda aniqlik 
klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani 
unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo‘yicha 0,5 
klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oralig‘idagi xatoliklari 
±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda 
shkalaning boshlanishiga yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu 
sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang‘ich bo‘laklarida o‘lchash tavsiya 
etilmaydi. 
Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig‘i bilan 
berilgan bo‘lsa, masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining oxiridagi 
xatoligi ±0,02% shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini bildiradi. 
Ko‘pgina o‘lchash asboblarining shkalasi millimetrlarda graduirovkalangan 
bo‘ladi. Bunday asboblarda absolyut xatolikning qiymati ham aynan shu birlikda 
ifodalanadi. Agar ushbu o‘lchash asboblarida asbobning keltirilgan xatoligi 
me’yorlangan bo‘lsa, u holda sbobning aniqlik klassi 
ko‘rinishida ifodalanadi. 
Bu yerda 1,0 – asbob keltirilgan xatoligining foizlardagi qiymatini bildiradi. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə