Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


 O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/106
tarix28.11.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#133219
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

3.2. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi 
O‘lchash vositalari va ularning turlarini quyidagi guruhlarga ajratish 
mumkin: standartlashtirilgan, stndartlashtirilmagan, avtomatik, avtomatlashtirilgan 
va intellektual o‘lchash vositalari. 


74 
Standartlashtirilgan o‘lchash vositalarining texnik ko‘rsatkichlari davlat 
stnadarti talablariga mos kelishi zarur. 
Standartlashtirilmagan o‘lchash vositalarining texnik xarakteristikalari 
davlat standarti talablariga mos kelmaydi, bunday asboblar ishlab chiqarishning 
ichki ehtiyojlari uchun qo‘llanilishi mumkin. 
Avtomatik o‘lchash vositalari bevosita o‘lchash hamda o‘lchash natijalarini 
baholash, qayd qilish, ma’lumotlarni uzatish va boshqaruvchi signallarni ishlab 
chiqarish kabi barcha ishlarni avtomatik tarzda o‘zi bajaradigan intellektual 
o‘lchash vositalari bo‘lib, ular ma’lumotlarni saqlash xotirasiga ega hamda 
o‘lchash vaqtida berilgan dastur bo‘yicha tanlashni, o‘lchash natijalariga ishlov 
berishni, ularni baholashni va boshqa vazifalarni mustaqil ravishda avtomatik 
tarzda bajaradi. 
O‘lchash asboblari vazifasi, funksional xususiyatlari, o‘lchash usuli, 
o‘lchanuvchi miqdorning turi, ishlatish sharoitlari, tashqi magnit va elektr 
maydonlaridan himoya qilinganligi, mexanik ta’sirlarga bo‘lgan mustahkamligi, 
o‘lchash aniqligi, ishlash prinsipi va boshqa belgilarga qarab klassifikatsiyalanadi 
(34-rasm). 
 
3.3. O‘lchash asboblarida ishlatiladigan shartli belgilar 
 
O‘lchash asboblarining shkalasida, korpuslarida turli shartli belgilar 
qo‘yilgan bo‘ladi. Bu belgilarga ko‘pchiligimiz e’tibor bermaymiz. Bu belgilar 
nimani ifodalaydi va nima uchun qo‘yiladi? 
O‘lchash asboblariga qo‘yilgan shartli belgilar haqida quyida ayrim 
ma’lumotlarni berib o‘tamiz. Shratli belgilar har biri o‘ziga xos ma’noga ega 
bo‘lib, quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
A. 
Asosiy o‘lchash birliklari va ularning karrali va ulushli qiymatlarini 
ifodalaydigan belgilar.
Masalan, mA, A, kA; mV,V, kV; N, kN; W, MW; Hz,kHz, 
MHz va boshqalar. 
B. 
O‘lchash zanjiridagi tokning turi:

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə