Sanoat pechlari


Qozon agregatining issiqlik balansi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə17/17
tarix26.04.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#107026
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Sanoat pechlari

5. Qozon agregatining issiqlik balansi


Qozon agregatiga issiqlik kelishi va uni sarflanishi muvozanatlashgan, ya’ni balanslashgan bo‘lish kerak. Issiqlik balansi asosida yoqilg‘ini sarfi aniqlanadi va qozon agregatining asosiy tavsifi bo‘lgan F.I.K. hisoblanadi. Issiqlik balansi tenglamasi 1 kg qattiq suyuq yoki 1 m3 gaz yoqilg‘isi uchun tuziladi:



(1)
bunda ­­ -ixtiyorimizdagi issiqlik; Q 1foydalanilgan issiqlik; Q 2 chiqib ketayotgan gazlar bilan issiqlikning isrof bo‘lishi; Q 3kimyoviy to‘la yonmaslikdan issiqlikning isrof bo‘lishi; Q 4mexanik to‘la yonmaslikdan issiqlikning isrof bo‘lishi; Q 5atrof muhitga issiqlikning isrof bo‘lishi; Q6qozon agregatidan tashqariga chiqariladigan shlak issiqligi hisobiga bo‘ladigan issiqlik isrofi.
Issiqlik balansi tenglamasini ga nisbatan foizlarda ifodalash mumkin.


(2)

bunda va h.q.


Ihtiyorimizdagi issiqlik quyidagi kattaliklarni yig‘indisiga teng bo‘ladi:


(3)

bunda - yoqilg‘ining quyi yonish issiqligi; - yoqilg‘ining fizik issiqligi; - havo bilan kirgan issiqlik; bu issiqlik havo tashqi manbadan isitilganda hisobga olinadi; - puflanadigan bug‘ bilan mazut yoqishda keladigan issiqlik.


Havo bilan kirgan issiqlikni quydagi tenglamadan hisoblanadi:



bunda - ortikcha havo koeffitsienti; - havoning o‘rtacha xajmiy izobar issiqlik sig‘imi; - isitilgan havo temperaturasi; - sovuq havo temperaturasi; - 1 kg yoki 1 m3 yoqilg‘ining yonishi uchun zarur bo‘lgan havoning nazariy miqdori. Bug‘ bilan kirgan issiqlik quyidagi formuladan aniqlanadi:





bunda - bug‘ning forsunkadagi sarfi, 0,3 – 0,4 kg/kg; - bug‘ entalpiyasi, kJ/kg; - bug‘ hosil qilish issiqligi, kJ/kg.


Yoqilg‘ining fizik issiqligi:

bunda - yoqilg‘ining issiqlik sig‘imi; - yoqilg‘i temperaturasi, K.


Balans tengalamasidagi yig‘indi ga nisbatan juda kichik bo‘lganligi sababli ularni ayrim taqribiy hisoblashlarda e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Unda tenglama quydagi ko‘rinishga keladi:


.

Chiqib ketayotgan gazlar bilan issiqliklikning isrof bo‘lishi q2 eng katta isrof bo‘lib, asosan chiqib ketayotgan gazlarning temperaturasiga va ortiqcha havo koeffitsientiga bog‘liq. Gaz va suyuq yoqilg‘i yoqilganda (%) da :


(4)
va qattiq yoqilg‘i yoqilganda (%)
(5)
bunda - chiqib ketayotgan gazlardagi ortiqcha havo koeffitsienti; - yonish mahsulotlari entalpiyasi; - o‘txonaga kirayotgan sovuq havo entalpiyasi;


(6)

bu yerda Vr- chiqib ketayotgan yonish mahsulotlari hajmi; - chiqib ketayotgan gazlarning issiqlik sig‘imi va temperaturasi. Xozirgi paytda qozon qurilmalarini loyihalashda chiqib ketayotgan tutun gazlarning hisoblangan temperaturasini 120 -170 S ga teng deb qabul qilinadi. Unumdorligi katta bo‘lgan agregatlarda q2= 3-7 % ni tashkil etadi. Suv ekonomayzeri va havo isitgichlari bo‘lmagan qozonlarda q2= 20-30% ga yetadi.


Kimyoviy to‘la yonmaslikdan bo‘ladigan issiqlik isroflari q3 ga o‘txonada havoning umuman yetishmasligi yoki yoqilg‘ining havo bilan yomon aralashishi natijasida shu joyda havoning yetishmasligi sabab bo‘ladi. Mexanik to‘la yonmaslikdan bo‘ladigan issiqlik isroflari q4, cho‘g‘donlarining teshiklaridan to‘kilib qozon agregatlaridan kul va shlak bilan birga hamda tutun gazlari bilan birga chiqib ketadigan yoqilg‘ining yonib bo‘lmagan zarralari miqdoriga bog‘liq. Kamerali o‘txonada qattiq yoqilg‘i yoqishda isroflar yig‘indisi q3+q4 1-7% ni tashkil etadi. O‘txona devorlarining issiqlik izolyatsiyasi orqali issiqlik kam isrof bo‘ladi. Unumdorligi 2,78 kg/s gacha bo‘lgan bug‘ qozonlari uchun ; 16,7 kg/s gacha - , 16,7 dan yuqori bo‘lsa, bo‘ladi. Kul va shlak bilan bilan birga issiqlik isroflari kam bo‘ladi va u asosan qatlamli va kamerali yoqishda hisobga olinadi ( ).
O‘txonada yoqilg‘i yonganda olingan issiqliklardan foydalanish darajasi qozon agregatining F.I.K. ga qarab aniqlanadi (% da) :
(7)
yoki
, (8)
Bunda - qozon agregatining brutto F.I.K..
Qozon agregatining o‘ziga sarf bo‘ladigan issiqlik miqdorini hisobga olmasdan hisoblangan F.I.K. qozonning brutto F.I.K. deyiladi. Agar qozon agregatining o‘ziga sarflangan issiqlikni e’tiborga olsak, u holda qozon agregatining netto F.I.K. ni hosil qilamiz:

. (9)
Zamonaviy qozon agregatining F.I.K. 90-95% bo‘lib, ular sanoatning turli sohalarini bug‘ va suv bilan ta’minlaydi hamda bug‘ turbinasi bilan hamkorlikda elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Foydalanilgan issiqlikni quyidagicha aniqlash mumkin. V bilan yoqilg‘i sarfini, D bilan qozon agregatining bug‘ unumdorligini, Qka bilan ta’minlash suvini bug‘ga aylanishi uchun sarflangan issiqlikni belgilaylik. U holda qozon agregatida issiqlik sarfi quyidagiga teng bo‘ladi:


(10)

(10) tenglamadan yoqilg‘i sarfi B ni (kg/s da) aniqlash mumkin:


(11)

Qka ni (kJda) quyidagi formuladan aniqlaymiz:




(12)

Bunda hb, ht.s, h' - o‘ta qizigan bug‘ning, ta’minlash suvining va to‘yingan bug‘ning entalpiyasi, kJ/kg ; D – puflash suvining sarfi, kg.


Puflash suvining sarfi sanoat qozonlarining texnik ishlatish qoidalariga asosan D ning 5% dan ortmasligi kerak.

*


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə