Sanoat pechlari


-rasm. Gaz-mazutda ishlaydigan DKVR –20-13-250 qozon agregati



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə9/17
tarix26.04.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#107026
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Sanoat pechlari

5-rasm. Gaz-mazutda ishlaydigan DKVR –20-13-250 qozon agregati.


DKVR qozon agregatlarining asosiy ko‘rsatkichlari.
1-jadval.

Qozon turi

Bug‘ unumdorligi, kg/s/m /soat

Qozon-
dan chiqishdagi bug‘ bosimi, MPa

Bug‘ temperaturasi K

Qozonning isitish
yuzasi, m2

Bug‘ qizdirgich isitish yuzasi, m2

Radiatsion

Konvektiv

Umumiy

DKVR-2,5-1,4

0,695/2,5

1,4

to‘-yin-gan*

17,7

72,6

91,3

-

DKVR-4-1,4-523

1,1/4

1,4

523

21,4

107,6

129

8,5

DKVR-6,5-1,4

1,8/6,5

1,4

to‘-yin-gan

27,9

197,4

225,3

-

DKVR-10-2,4-643

2,78/10

1,4/2,4

643

47,9

207,5

255,4

17

DKVR-20-1,4-523

5,56/20

1,4/2,4

523

73,5

285

358,5

34

DKVR-35-1,4

9,75/35

1,4

to‘-yin-gan

86,1

437,4

523,5

-

*To‘yinish temperaturasi.

DKVR turidagi qozon agregatlar sanoat issiqlik energetikasida va issiqlik ta’minoti tuzilmalarida keng qo‘llanilmoqda. Bunday qozonlarda barcha turdagi yoqilg‘ini yoqish mumkin. Shu sababli qozonlarning o‘txonalari turlicha bo‘lishi mumkin, F.I.K. esa, 75 dan 91% gacha bo‘ladi. DKVR qozon agregatlarini suv-isitish qozonlari sifatida ishlatish mumkin. Buning uchun qozon ustiga bug‘-suv isitkichi o‘rnatiladi va qozonning tsirkulyatsiya sxemasiga ulanadi. Bug‘ tarmoq suvini isitib kondensatsiyalanadi, kondensat esa, isitkichdan pastki barabanga o‘zi oqib tushadi.


Hozirgi vaqtda DKVR turidagi qozonlar past bosimli KE, DE, E-GMN kabi bug‘ qozon agregatlari bilan asta-sekin almashtirilmoqda. Bular ikki barabanli, vertikal suv-quvurli qozonlar bo‘lib, ularning konvektiv quvurlar to‘plami bukilgan quvurlardan tashkil topgan. Qozon qoplamasining vazni kamaytirilgan, qaynatish quvurlar to‘plami zich joylashgan, yonish yuzasining issiqlik kuchlanishi va o‘txona bo‘shlig‘ining solishtirma issiqlik kuchlanishi yuqori.
Bug‘ qozon agregatlarinig asosiy ko‘rsatkichlari.
2-jadval.

Qozon agregati turi

Bug‘ unumdorligi, t/soat

Bug‘ bosimi, MPa

Bug‘ turi

KE-2,5-14S*

2,5

1,4

To‘yingan bug‘

KE-10-14S

10

1,4

To‘yingan bug‘

KE-10-14-225S

10

1,4

t=225S li o‘ta qizigan bug‘.

KE-25-24-250S

25

2,4

t=250S li o‘ta qizigan bug‘.

DE-4-14 GM

4

1,4

To‘yingan bug‘

DE-25-14-GM

25

1,4

To‘yingan bug‘

DE-16-14-225GM

16

1,4

t=225S li o‘ta qizigan bug‘.

DE-25-24 GM

25

2,4

To‘yingan bug‘

E-4-14 GMN

4

1,4

To‘yingan bug‘

E-10-14 GMN

10

1,4

To‘yingan bug‘

E-10-14 225 GMN

10

1,4

t=225S li o‘ta qizigan bug‘.

E-25-14 GMN

25

1,4

t=225S li o‘ta qizigan bug‘.

* Seriyalab ishlab chiqariladi.

Buning natijasida yangi qozon agregatlarining bug‘ unumdorligi ortdi. Masalan, KE-4 (D=4 m/soat) qozon agregatining o‘txona kamerasi o‘lchamlari DKVR-2,5 (D=2,5 t/soat) qozon agregati kabi; KE-6,5 (D=6,5 t/soat) va KE-10 (D=10 t/soat) qozon agregatlari o‘txona kamerasi o‘lchamlari mos ravishda DKVR-4 (D=4 t/soat) va DKVR-6,5 (D=6,5 t/soat) qozon agregati o‘lchamlari kabi. KE,DE, E-GMN seriyadagi qozonlarning asosiy ko‘rsatkichlari 2-jadvalda keltirilgan.


2. To‘g‘ri oqimli qozonlar


Tabiiy yoki majburiy tsirkulyatsiyali suv-quvurli qozonlarda eng kamida bitta baraban bo‘lishi kerak. Barabanda suv bug‘dan ajraladi va unda qozonning barcha tsirkulyatsion konturlari tutashadi. Energetik qozonlarda ishchi bosimning oshishi baraban devorining qalinligini orttirishga (0,1 m gacha) sabab bo‘ldi.


Buning natijasida barabanni tayyorlash jarayoni murakkablashdi va uning narxi oshib ketdi. Bosimning ortishi natijasida qozon konturidagi tsirkulyatsiya ancha qiyinlashadi, chunki bosim ortishi bilan bug‘ning zichligi suvning zichligiga yaqinlashadi, kritik nuqtada esa tenglashadi. Shuning uchun kritik bosimga yaqin va undan yuqori bosimlarda albatta majburiy tsirkulyatsiyani qo‘llash lozim. Yuqorida ko‘rsatilgan vaziyat barabansiz qozonlarni-to‘g‘ri oqimli qozonlarni yaratishga asosiy sabab bo‘ldi. Agar tabiiy tsirkulyatsiyali qozonlarda suvning majburiy harakatlanishi faqat suvning suv ekonomayzerlaridagina bo‘lsa, to‘g‘ri oqimli qozonlarda qozonga suv kelishidan tortib, o‘ta qizigan bug‘ olinishigacha bo‘lgan jarayon majburiy ravishda va bir marta amalga oshiriladi. Suv, bug‘-suv aralashmasi va bug‘ ta’minlash nasosi yordamida haydaladi.
XX asrning 30-yillarida prof. L. K. Ramzin to‘g‘ri oqimli qozonnning o‘ziga xos loyihasini yaratdi va bu qozon qurilib ishga tushirildi. Bu qozonnning bug‘ unumdorligi 55 kg/s, bug‘ bosimi 137 bar va temperaturasi 500S edi. L. K. Ramzin tizimidagi to‘g‘ri oqimli qozonning sxemasi 6-rasmda keltirilgan.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə