Sanoat pechlari


Tutun gazlarini tozalash va kul hamda shlakni chiqaruvchi qurilmalar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə15/17
tarix26.04.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#107026
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Sanoat pechlari

Tutun gazlarini tozalash va kul hamda shlakni chiqaruvchi qurilmalar.
Qatlamli o‘txonalarda yoqilg‘i yongandan keyin hosil bo‘ladigan kulning 70–80 % i o‘txona cho‘g‘doni va shlak bunkerida qoladi, 20–30% esa tutun gazlari bian birga atmosferaga chiqib ketadi. Kamerali o‘txonalarda aksincha, kulning ko‘p qismi (90 % yaqini) mo‘ri orqali tutun gazlari bilan birga atmosferaga chiqib ketadi. Kulning qolgan qismi shlakka aylanadi va o‘txona tagida joylashgan bunkerlarga tushadi. Kul va shlak qozonxonadan muntazam ravishda chiqarilib turiladi. Tutun gazlari bilan atmosferaga chiqib ketuvchi kulni yo‘qotish ancha qiyin ish. Juda mayin uchuvchan kul atrof muhitni ifloslantiradi, tirik organizmlarga va o‘simliklarga zararli ta’sir etadi. Sanitariya talablariga ko‘ra nafas olish sohasida kulning kunlik o‘rtacha kontsentratsiyasi 0,15 mg/m3 dan ortib ketmasligi kerak. Bundan tashqari, abraziv xususiyatlarga ega bo‘lgan kul tutun tortish yo‘llarini tez ishdan chiqaradi.
Har yili jaxonda organik yoqilg‘ilarning yoqilishidan atmosferaga o‘rtacha 100 mln. tonna kul va 150 mln. tonna karbonat angidrid gazi chiqariladi. Masalan, mayda antratsit yoqiladigan quvvati 950 t/soat bo‘lgan qozon mo‘risida bir kechayu kunduzda 60 tonnagacha azot oksidi atmosferaga chiqariladi. Shuning uchun qattiq yoqilg‘ini yoqishda qozon agregati gaz yo‘llarining boshidan oxirigacha kulni tutib qoluvchi qurilmalar o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda tutun gazlarini kuldan tozalash uchun inertsion kul tutgichlar (quruq va xo‘l), elektrofiltrlar va kombinatsiyalangan kul tutgichlar ishlatiladi. Quruq inertsion kul tutgichlarda (12-rasm, a) harakatlanayotgan kul zarrachalarining markazdan qochuvchi kuchidan foydalaniladi.



12-rasm. Inertsion kul tutgichlarning sxemalari.

Tutun gazlar oqimi uyurmalovchi naycha 1 lar orqali siklon 2 ga yo‘naladi, bu yerda gazlarning harakati uyurmali harakatga aylanadi. Kul zarralari markazdan qochuvchi kuch ta’sirida siklon qobig‘iga urilib to‘xtaydi va harakatlanayotgan gaz oqimida ajralib bunkerga tushadi. Bunday siklonda tutun gazlarining tozalanish darajasi 60 % ga yetadi. Hozirgi paytda bir nechta o‘nlab kichik siklonlardan iborat batareyali siklonlar keng qo‘llanilmoqda. Bunday siklonda gazlarning tozalanish darajasi 65 – 70 % yetadi .




Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə