|
Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish“Erkin Vohidov. “Nido” dostoni. (3 soat, A2+: 4 soat)ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma“Erkin Vohidov. “Nido” dostoni. (3 soat, A2+: 4 soat)
Erkin
Vohidov hayoti va ijodi haqida qisqacha annotatsiya. “Nido” dostonida
insoniyat boshiga tushgan falokat – Ikkinchi jahon urushi keltirgan
balolarning murg‘ak o‘smir taqdirida qoldirgan izning aks ettirilishi.
Dostonda bola tabiatining g‘oyat nozik jihatlari haqqoniy tasvirlanganligi.
Doston nomining ramziyligi”.
Dars maqsadlarini belgilash, unga erishish yo‘llarini, dars
bosqichlari, metod va usullarini to‘g‘ri rejalashtirishda yuqoridagi jihatlar
ko‘zda tutiladi.
4-ilova
6-sinfda Erkin Vohidovning “Nido” dostonining o‘rganilishiga
oid elektron dars ishlanmasi namunasi
Maqsad:
Ta’limiy maqsad:
o‘quvchilarga
dostonda Ikkinchi jahon
urushining insoniyatga keltirgan ofatlari, ularning o‘smir hayotida
qoldirgan izining aks ettirilishi; bola tabiatining g‘oyat nozik jihatlari
haqqoniy tasvirlanganligi hamda asar nomining ramziyligi yuzasidan
bilim berish.
Tarbiyaviy
maqsad:
o‘quvchilarni yaratuvchanlik ruhida
tarbiyalash, buzg‘unchi g‘oyalarga nafrat tuyg‘ularini uyg‘otish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
o‘quvchilarning asarda ilgari surilgan
g‘oyalar yuzasidan mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish,
nutqini o‘stirish.
Dars turi:
yangi bilim beruvchi
Dars metodi:
ijodiy o‘qish, empatiya metodlari
Darsda foydalaniladigan jihozlar:
kompyuter, multimedia
vositalari, shoir ijodi, asarga oid ko‘rsatmali va didaktik materiallar,
audiomaterial va videolavhalar.
Darsning shiori
sifatida Zulfiya ijodidan foydalaniladi:
Urush! Noming o‘chsin jahonda!
Hamon bitmas sen solgan alam…
(“O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush!”)
~ 32 ~
Dostları ilə paylaş: |
|
|