Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish


“Mo‘jizalar maydoni” darsi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

“Mo‘jizalar maydoni” darsi
– o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan 
qiziqarli o‘yin bo‘lib, turli savollarga belgilangan vaqt mobaynida to‘g‘ri 
javoblar topish va g‘oliblarni rag‘batlantirish orqali o‘quvchilarda 


~ 39 ~ 
fikrlash, topqirlik, ziyraklik va bilimlarini kengaytirib borish sifatlarini 
shakllantiradi
7

 
2-ilova 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf “Adabiyot” o‘quv 
dasturida ruboiylarni o‘rganish Bobur ijodi misolida tanlangan. Jumladan, 
“Bobur. Ruboiylar. (4 soat, A2+: 5 soat). Boburning hayoti va ijodi haqida 
qisqacha annotatsiya. Bobur – ruboiynavis. Shoirning “Har kimki vafo 
qilsa...”, “Kim yor anga ilm tolibi...”, “Ko‘pdin berikim...”, “Tole yo‘qi 
jonimg‘a...” ruboiylariga xos xususiyatlar. Ruboiylarda muallif hayoti, 
shaxsiyati, kechinmalari, orzulari, armonlari va ularning betakror tarzda 
tasvir etilgani. Ruboiylarda shoirga xos samimiyat va rostgo‘ylikning aks 
etishi (2 soat). Shoirning “Ko‘rdum”, “Kishi” radifli ruboiylarida hayot 
haqiqatining aks etishi. “Ko‘ngli tilagan murodig‘a...”, “Tole yo‘qi...” va 
boshqa ruboiylarida Bobur tarjimayi holiga doir unsurlarning yaqqol 
namoyon bo‘lishi (2 soat)”
8

Topshiriq: ruboiylarni o‘rganish uchun qanday didaktik o‘yinlardan 
foydalanish maqsadga muvofiqligini aniqlang. Bu janrdagi asarlarni tahlil 
qilishda samarali bo‘lgan didaktik o‘yinlar mazmunini yoriting. 
Bobur ijodidan tanlangan ruboiylarni o‘rganishda dastlab ta’lim 
texnologiyasi so‘zi ma’nosini aniqlashtirib olish zarur. Texnologiya 
(yunoncha “techne – mahorat, san’at; “logos” – tushuncha, ta’limot). 
Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erisish jarayonining umumiy 
mazmuni, ya’ni avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim 
asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsad yo‘lida 
muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali 
foydalanish, ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish demakdir.
Ruboiylar tahliliga kirishayotib o‘qituvchi ishning asosiy 
bosqichlarini belgilash bilan quyidagi masalalarni nazarda tutadi:
– tahlilning maqsad va mazmunini (o‘quvchilar nimani va qanday 
maqsadda o‘rganadi) aniqlashi; 
– ishni tashkil qilish rejasini tuzishi (mashg‘ulot bosqichlarini 
rejalashtirish, topshiriqlar tizimini ishlab chiqish); 
– o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va bilish jarayonlarini 
e’tiborga olishi kabilar. 
7
Йўлдошев Ж.Ғ., Усмонов С. Замонавий педагогик технологияларни амалиётга жорий этиш. – Тoshkent: Fan 
va texnologiya, 2008. – 84–88-b. 
8
Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. 5–9-sinflar // O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Тоshkent: 2017-yil 14 (774)-son, 230-modda. – 30-b.


~ 40 ~ 
Ruboiylar tahlili bosqichlarini “Birgalikda o‘rganamiz” (“Koop-
koop”) texnologiyasi talablariga muvofiq quyidagicha rejalashtirish 
mumkin: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə