Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Tahlil 
bosqichlari 
Tahlil 
mazmuni 
 
Ta’lim beruvchi 
faoliyati 
 
Ta’lim oluvchi 
faoliyatining 
natijalari 
I bosqich 
Ruboiylarni 
o‘qish, 
tuzilishini 
o‘rganish. 
Nutq maromi va 
sur’ati, ritm, 
bo‘g‘in, turoq, 
vazn, ritmik pauza, 
turkum, qofiya 
kabilar haqidagi 
ma’lumotlarni 
multimediya 
vositalari bilan 
uyg‘unlikda 
tanishtiradi. 
Ifodali o‘qish 
malakalari 
rivojlantiriladi, 
ruboiylar 
qurilishiga oid 
tushunchalar 
o‘zlashtiriladi. 
II bosqich 
Hissiyotlarga 
ta’siri 
yuzasidan 
suhbat 
o‘tkazish. 
Mavzuga oid 
savollar bilan 
murojaat qiladi. 
Axloqiy fazilatlar, 
insoniy his-
tuyg‘ular kamol 
toptiriladi. 
III bosqich 
Matnning 
badiiy 
xususiyatlarini 
aniqlash. 
Obraz, janr, uslub 
kabi tushunchalarni 
asar tabiatidan kelib 
chiqib izohlaydi. 
Lirik qahramon 
kechinmalari, she’r 
mazmunini
ochishga yordam 
beradigan tasviriy 
vositalar 
aniqlanadi. 
IV bosqich 
Shoir ifoda 
uslubi va 
mahoratini 
belgilash. 
Mustaqil va ijodiy 
fikrlashga 
yo‘naltiradi. 
Hayotning muallif 
ongidagi in’ikosi 
idrok etiladi. 
V bosqich 
Ifodalangan 
g‘oya 
yuzasidan 
fikr-mulohaza 
yuritish. 
Ijodkor maqsadini 
aniqlashga yordam 
beradi. 
Muayyan xulosalar 
chiqariladi, fikr 
almashinadi. 


~ 41 ~ 
Ruboiylarni o‘rganish tahlil bilan yakunlanmaydi. Undan keyin 
o‘tkaziladigan sintez-umumlashma darslar o‘quvchilarga asarni yaxlit 
idrok etishga, uning ichki tuzilishiga kirib borishiga yaqindan yordam 
beradi. Masalan, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalarini aniqlash, 
mutolaaga qiziqish uyg‘otishga doir integrallashgan o‘yinli darslarda 
“Kakografiya” usulidan 
foydalanish mumkin. Lotincha “kakos” – 
yomon, xunuk, yoqimsiz va “graphos” – yozmoq so‘zlaridan olingan 
“kakografiya” so‘zi muayyan maqsadni ko‘zlab xatoliklarga yo‘l 
qo‘yilgan matnni tuzattirish orqali o‘quvchilarga imloni o‘rgatish 
usulidir
9
.
Ona tili darslarida “Kakografiya” usulidan foydalanish borasidagi 
qarashlarida tilshunos olim A.Sobirov “yozuv bilan bog‘liq g‘alizlik, 
yoqimsizlik yashirinib yotganga o‘xshaydi, ammo orfografik nuqtayi 
nazardan qaralganda u bilan bog‘liq didaktik va pedagogik jihatlarni 
ochib berish masalaga oydinlik kiritishi mumkin”
10
ligini qayd etadi. 
Shunday ekan, badiiy asar ustida ishlash jarayonining mazkur usul orqali 
tashkil qilinishi muayyan mavzular doirasidagi bilimlarni qiyosiy tahlil 
qilish, sinf jamoasining faolligini oshirish, mantiqiy fikrlash, vazifaga 
sinchkovlik bilan yondashish, personajlar nutqi, matndagi har bir 
detallarni eslab qolishga tayyorlashi jihatidan ham samaralidir.
Mutolaaga qiziqtirish, badiiy asarning o‘rganilganiligini nazorat 
qilish “Kakografiya” usuli doirasida yo‘lga qo‘yilib, jarayon 
o‘quvchilarning har biriga matndan muayyan lavhalar tarqatish, ajratilgan 
xatoliklarning to‘g‘ri javoblar bilan taqqoslanib, belgilar o‘rniga so‘zlarni 
qo‘yish yoki jadvallarga qayd ettirilishi shaklida amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiq. Mazkur usulning mohiyati badiiy asarlardagi 
yozuvchi ishlatgan so‘zlar zarur o‘rinlarda boshqalari bilan almashtirib 
qo‘llanilishida namoyon bo‘ladi. Ijodkor konsepsiyasiga zid “notanish” 
yoki “begona” so‘zlarning kiritilishi o‘quvchining asar ma’nosiga bo‘lgan 
e’tiborini oshiradi. Eng muhimi, ularning turli janrdagi asarlarni tanlab 
o‘qish va bunga ongli munosabatda bo‘lishiga real sharoit yaratilganidir. 
Bunda o‘quvchilarning o‘zgartirib berilgan turli asarlar sujeti yoki 
kompozitsiyasi qismlarini asl holiga keltirish, qahramonlar va ularning 
nutqini bir-biridan farqlash, maqsadli ravishda tushirib qoldirilgan jumla 
va so‘zlarni eslab qolish, xato berilgan matnni tuzatish ko‘nikma-
9
Маматов А. Нутқ маданияти ва тил нормасига оид терминлар ва тушунчалар изоҳи. – Тошкент: Баёз, 2012. 
– 13-б.
10
Собиров А. Она тили дарсларида какография усулидан фойдаланиш // Til va adabiyot ta’limi. –Tошкент, 
2016. – № 4. – Б. 37. 


~ 42 ~ 
malakalarini rivojlantirish maqsadi belgilanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə