~ 41 ~
Ruboiylarni o‘rganish tahlil bilan yakunlanmaydi. Undan keyin
o‘tkaziladigan sintez-umumlashma darslar o‘quvchilarga
asarni yaxlit
idrok etishga, uning ichki tuzilishiga kirib borishiga yaqindan yordam
beradi. Masalan, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalarini aniqlash,
mutolaaga qiziqish uyg‘otishga doir integrallashgan o‘yinli darslarda
“Kakografiya” usulidan
foydalanish mumkin. Lotincha “kakos” –
yomon, xunuk, yoqimsiz va “graphos” – yozmoq so‘zlaridan olingan
“kakografiya” so‘zi muayyan maqsadni ko‘zlab xatoliklarga yo‘l
qo‘yilgan matnni tuzattirish orqali o‘quvchilarga imloni o‘rgatish
usulidir
9
.
Ona tili darslarida “Kakografiya” usulidan foydalanish borasidagi
qarashlarida tilshunos olim A.Sobirov “yozuv bilan bog‘liq g‘alizlik,
yoqimsizlik yashirinib yotganga o‘xshaydi, ammo orfografik nuqtayi
nazardan qaralganda u bilan bog‘liq didaktik
va pedagogik jihatlarni
ochib berish masalaga oydinlik kiritishi mumkin”
10
ligini qayd etadi.
Shunday ekan, badiiy asar ustida ishlash jarayonining mazkur usul orqali
tashkil qilinishi muayyan mavzular doirasidagi bilimlarni qiyosiy tahlil
qilish, sinf jamoasining faolligini oshirish,
mantiqiy fikrlash, vazifaga
sinchkovlik bilan yondashish, personajlar nutqi,
matndagi har bir
detallarni eslab qolishga tayyorlashi jihatidan ham samaralidir.
Mutolaaga qiziqtirish, badiiy asarning o‘rganilganiligini nazorat
qilish “Kakografiya” usuli doirasida yo‘lga qo‘yilib, jarayon
o‘quvchilarning har biriga matndan muayyan lavhalar tarqatish, ajratilgan
xatoliklarning to‘g‘ri javoblar bilan taqqoslanib, belgilar o‘rniga so‘zlarni
qo‘yish yoki jadvallarga qayd ettirilishi
shaklida amalga oshirilishi
maqsadga muvofiq. Mazkur usulning mohiyati badiiy asarlardagi
yozuvchi ishlatgan so‘zlar zarur o‘rinlarda boshqalari bilan almashtirib
qo‘llanilishida namoyon bo‘ladi. Ijodkor konsepsiyasiga zid “notanish”
yoki “begona” so‘zlarning kiritilishi o‘quvchining asar ma’nosiga bo‘lgan
e’tiborini oshiradi. Eng muhimi, ularning turli janrdagi asarlarni tanlab
o‘qish va bunga ongli munosabatda bo‘lishiga real sharoit yaratilganidir.
Bunda o‘quvchilarning o‘zgartirib berilgan
turli asarlar sujeti yoki
kompozitsiyasi qismlarini asl holiga keltirish, qahramonlar va ularning
nutqini bir-biridan farqlash, maqsadli ravishda tushirib qoldirilgan jumla
va so‘zlarni eslab qolish, xato berilgan matnni tuzatish ko‘nikma-
9
Маматов А. Нутқ маданияти ва тил нормасига оид терминлар ва тушунчалар изоҳи. – Тошкент: Баёз, 2012.
– 13-б.
10
Собиров А. Она тили дарсларида какография усулидан фойдаланиш // Til va adabiyot ta’limi. –Tошкент,
2016. – № 4. – Б. 37.
~ 42 ~
malakalarini rivojlantirish maqsadi belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: