Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Gulnora
Xolboyeva
– Jizzax davlat pedagogika instituti 
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari 
nomzodi, dotsent
Uslubiy qo‘llanma Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat 
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘quv-uslubiy kengashining 2022-yil 
26-fevraldagi yig‘ilishida (6-sonli bayonnoma) nashrga tavsiya etilgan. 
 
© Kambarova S. 
© “Mahalla va Oila” nashriyoti, 2022. 


~ 3 ~ 
KIRISH 
Laboratoriya mashg‘ulotlari fan asoslarining amaliyot bilan o‘zaro 
uyg‘unligini ta’minlash, ta’lim oluvchilarni individual faoliyatga undash, 
mustaqil bilim olish, o‘z ustida ishlash, mavjud intellektual 
imkoniyatlarni to‘la namoyon etishga xizmat qilishi nuqtayi nazaridan 
ham ahamiyatlidir. Laboratoriya mashg‘ulotlari talabalarning muayyan 
yo‘nalishda o‘zlashtirilgan bilimlarini mustahkamlashi barobarida tabiat 
va jamiyatdagi muammolarni tushunish va hal qilishga doir 
ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadini ham nazarda tutadi.
Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishning o‘ziga xos didaktik va 
metodik tamoyillari mavjudki, ular ma’lum talablarda namoyon bo‘ladi. 
Xususan, bunda talabalarning fan yuzasidan egallagan bilim, ko‘nikma va 
malakalarini rivojlantirishda muhim sanalgan vazifalarni bajarishga 
qaratilgani, ya’ni o‘rganilgan mavzu doirasida uning mohiyatini ta’lim 
oluvchilarga yetkazishga doir topshiriqlar tuzish, sxema, chizma, jadval, 
diagrammalar tuzish, multimedia vositalari yordamida ta’limiy mahsulot 
(audiomaterial, videodars, dars ishlanmalari, ko‘rsatmali qurollar)lar 
yaratish kasbiy sifatlarini rivojlantirish, shuningdek, 
muayyan 
samaradorlikni ta’minlanishga xizmat qiladi. Laboratoriya mashg‘ulotlari 
fan xususiyatlari hamda talabalarning ehtiyoj va qiziqishlarini ko‘zlab 
yaratilishi maqsadga muvofiq. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi 
fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari topshiriqlari oliy o‘quv yurtlari 
namunaviy o‘quv rejasiga kiritilgan o‘quv dasturiga muvofiq fanning eng 
so‘nggi yutuqlarini o‘zida mujassam etgan holda tuzilgan. 
O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi fanidan laboratoriya 
mashg‘ulotlariga doir topshiriqlarni tuzishda quyidagi mezonlarga 
tayanildi: 
– topshiriqlarning aniq, puxta va muayyan maqsadga qaratilishi
bunda talabalarning yosh va fiziologik xususiyatlari, shuningdek, mavjud 
bilimlarining nazarda tutilishi; 
– topshiriqlarning qulay va yengil bajarilishiga sharoit yaratish 
maqsadida mantiqiy ketma-ketlik asosida chizmalar, jadvallar va 
illyustratsiyalardan unumli foydalanish; 
– laboratoriya topshiriqlari mazmuniga doir adabiyotlar, muayyan 
tavsiya va fikrlarlarni tahlil qilish va amalda qo‘llash;
– topshiriqlar fan dasturiga mos va to‘liq shaklda bajarilishi; aniq va 
xatosiz olib borilishiga erishish; hajmining me’yorida bo‘lishi; 


~ 4 ~ 
– talabalarning amalda topshiriqlar yuzasidan mustaqil ish olib 
borishlariga tegishli sharoit yaratish va ish natijalarini xulosalashga 
imkon yaratishi.
Quyidagi vazaifalarni hal etish laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil 
etishda muhim sanaladi:
– talabalarning mustaqil faoliyat yuritish ko‘nikmlarini 
rivojlantirish;
– egallangan bilimlarni amalda qo‘llay olish;
– o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash;
– talabalarga o‘zini o‘zi yoxud o‘qituvchiga talabalar bilimini 
nazorat qilish va baholash imkoniyatini yaratishi va h.k. 
topshiriqlar ilmiy asoslanishi, farazlar, ta’riflar va nazariyalar 
bilan bog‘lanishi; 
– talabalar topshiriq orqali qo‘yilayotgan masalaning muhim 
jihatlarini anglab yetishi; 
– o‘rtacha o‘zlashtiradigan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori 
va past darajada bilimga ega talabalar imkoniyatlari e’tiborga olinishi. 
Talabalar O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi fanidan 
laborotoriya mashg‘ulotlarini bajarishda ishni bajarish mazmuni bilan 
tanish bo‘lishlari zarur. Bular quyidagilardan iborat:
– dasturda ko‘rsatilgan mavzuga doir maqsadni belgilash;
– zarur jihozlarni tanlash;
– ishning bajarilish tartibini rejalashtirish;
– topshiriqda ko‘rsatilgan jihatlarni ochib berish; 
– jarayonni kuzatib borish (o‘qituvchi yoki laborant tomonidan); 
– ish o‘rnida zarur asbob-uskuna yoki jihozlar bo‘lishini 
ta’minlanash; 
– olingan natijalarni jurnal yoki daftarga qayd etib borish; 
– ish bajarilganidan so‘ng hisobot tayyorlash. 
Topshiriqlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun o‘qituvchi 
tomonidan faoliyat maqsadi va mazmuni batafsil tushuntirilishi; ishni 
bajarish algoritmi namuna asosida ko‘rsatib berilishi; talabalar tomonidan 
amalga oshirilishi zarur hisoblangan o‘quv harakatlari nazorat qilinishi; 
tegishli ko‘nikmalar egallangunicha topshiriqlarni qayta-qayta bajarish 
talab etiladi. 
Hisobot tayyorlash mazmuni quyidagilardan iborat: 
– laboratoriya ishining nomi; ishni bajarishdan maqsad; tajriba 
obyekti va vositalari; ish tartibi; natijalar va xulosalar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə