Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

 
 


~ 22 ~ 




 
“Nima uchun?” sxemasi (jadvali) 
qo‘yilgan muammoning
tub 
ildizlarini aniqlash bo‘yicha fikrlar zanjiri sanaladi. Mazkur strategiya 
ijodiy va tahliliy mulohaza yuritishga o‘rgatadi. Sxemani tuzish qoidalari: 
Aylana yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shakllaridan ixtiyoriy foydalanish 
orqali chizmaning ko‘rinishi tanlanadi. Bunda mulohazalar zanjiri to‘g‘ri 
chiziqli yoki aksincha bo‘lishi ta’lim oluvchilarning ixtiyoriga qo‘yiladi. 
Yo‘nalish ko‘satkichi dastlabki holatdan izlanishgacha bo‘lgan 
yo‘nalishni belgilashga asos bo‘ladi.
 
“Qanday” diagrammasi
muammo yuzasidan umumiy tasavvur 
hosil qilish imkonini beruvchi mantiqiy savollar zanjiri bo‘lib, 
muammoni yechishning imkoniyatlari va ularni amalga oshirish yo‘llarini 
tadqiq qilishga o‘rgatadi. Bunda quyidan yuqoriga ierarxik tarzda o‘sib 
boruvchi g‘oyalar tuzilmasi aniqlanadi. Diagramma strategik darajadagi 
savollar bilan ishlashni nazarda tutadi. Muammoni yechishning quyi 
darajasi dastlabki harakatlar ro‘yxatiga mos keladi.
Yangi g‘oyalar paydo bo‘lishi natijasida ish jarayonida 
diagrammalar soni ortib boraveradi. Agar chizmadagi savol uning 
“shoxcha”larida yana qaytarilsa, unda biror muhim jihat mavjudligi 
ayonlashadi. Shu bois u muammoni yechishning asosi bo‘lishi mumkin.
G‘oyalarning turli shakllarda: daraxt, kaskad ko‘rinishida yoki 
yuqoridan pastga yoki chapdan o‘ngga o‘tib borishini aks ettirish ixtiyoriy 
sanaladi. Muammoning amaliy yechimi uni qo‘yayotgan subyektning 
savollarni to‘g‘ri qo‘ya olishiga har jihatdan bog‘liq. 
Nima 
uchun? 
Nima uchun?
Nima uchun?
Nima uchun?
Nima uchun?


~ 23 ~ 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə