Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Darsning borishi: 
I. Tashkiliy qism 
(3 daqiqa).
II

Uy vazifasini baholash.
Avvalgi darsda o‘tilgan mavzu 
yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi (7 daqiqa).
 Mavzulararo bog‘lanish:
darsning bu qismida tinchlik haqida, 
uning ulug‘ ne’mat ekanligi; urushning dahshatli oqibatlari haqida 
o‘quvchilarning fikrlari bilan tanishiladi. Dunyoda sodir bo‘layotgan turli 
kelishmovchiliklar, nizolarning osoyishtalikka salbiy ta’siri, ayrim 
davlatlarning dunyoni bo‘lib olishga urinishi siyosati, mafkuraviy 
bo‘shliqilarning oqibatlari haqida fikrlashiladi (3daqiqa).
III. Yangi mavzu bayoni 
(10 daqiqa). 
Reja 
1. Shoir ijodi yuzasidan videolavha namoyish etish. 
2. “Nido” dostonining yaratilish tarixi haqida tushuncha berish. 
3. Dostonning shoir tomonidan ifodali o‘qilgan variantini eshittirish.
4. Asar mazmuni bilan tanishtirish, bunda sharhlash elemntlaridan 
foydalanish.
IV. Darsni mustahkamlash 
(15 daqiqa).
 
“Empatiya” metodini qo‘llash. Lirik qahramon ichki dunyosiga 
“kirish” orqali uning ichki kechinmalarini, dard-alamlarini ma’lum 
ma’noda his qilishga o‘rgatish. Empatiya metodi (kirishish) bu insonning 
boshqa obyekt holatiga kirishidir. O‘quvchi hissiy-obrazli va fikriy 
tasavvuri vositasida o‘rganilayotgan obyekt ichiga “kirib olish”ga, uni 
tushunishga va obrazga oid xususiyatlarni idrok etishga harakat qiladi.
 
Natijada
 
obyekt ichga kirish holatida o‘quvchi o‘zini o‘zi kuzatish va 
baholashga sharoit yaratiladi; foydalanilmagan imkoniyatlari yuzaga 
chiqadi; o‘quvchining obrazli va fikriy tasavvuri ortadi, dunyoqarashi 
boyiydi; har qanday vaziyatga tayyor turish, muammo mohiyatiga chuqur 
yondashish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Masalan: 
1. “Bag‘ishlov”dagi bolaning otasiga xitobi ma’nosini tuyishga 
harakat qiling. Bu misralarni o‘qiganingizda paydo bo‘lgan hislarni o‘z 
so‘zlaringiz bilan ifodalang. 
2. Asardan lirik qahramonning xotiralari aks etgan o‘rinlarni 
aniqlang va munosabat bidliring.
V. Mavzu yuzasidan tegishli xulosalar chiqarish, ularni 
umumlashtirish (3 daqiqa).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə