Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

VI. Darsning yakuni 
(4 daqiqa).
Faol o‘quvchilarni rag‘batlantirish, savol-javoblarda sust ishtirok 
etgan o‘quvchilarni faollikka undash. Baholarni izohlash. 


~ 33 ~ 
Uyga vazifa berish. She’rning istalgan qismidan yod olish. “Tinch 
hayotimizni qadrlaylik” mavzusida esse yozish. 
Muhokama uchun savollar 
Ish yakunida talabalarga quyidagicha jadval tarqatiladi va mavzu 
yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi topshiriladi: 
Savol-topshiriqlar 
Natijalar 
Mavzuni o‘rganishda qanday ish turlari va 
shakllaridan foydalandingiz? 
Bo‘lajak kasbiy faoliyat uchun zarur 
bo‘lgan qaysi jihatlarni o‘zlashtirdingiz? 
Bilib oldim: 
Tushunib yetdim: 
O‘rgandim: 
Mavzuni o‘zlashtirishda menga: 
Oson bo‘ldi: 
Qiyinchilik tug‘dirdi: 
Xalaqit berdi: 
1. 
Adabiy-nazariy 
tushunchalarni 
o‘rganishga qanday shakl va mazmundagi 
jadvallar 
tayyorlash 
maqsadga 
muvofiqligini anglab yetdingiz?
2. Elektron dars ishlanmasi tayyorlashda 
qanday muammolar mavjudligni aniqlab, 
ularni bartaraf etish yo‘llarini bayon eting.
LABORATORIYA ISHI TOPSHIRIQLARI 
Eslatma: 
barcha 
variantdagi 
1-topshiriqda
 
adabiy-nazariy 
tushunchalar va dars bosqichlarini rejalashtirish metodikasi bilan 
tanishish vazifasi qo‘yiladi.
1-variant 
Grafik organayzerlarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi 
o‘rnini yoriting.
5-sinfda xalq og‘zaki ijodi janrlari (topishmoq, maqol, masal)ni 
o‘rganishda “Tushunchalar tahlili” grafik organayzerini qo‘llashga doir 
jadval tuzing.


~ 34 ~ 
2-variant 
“Insert” jadvalining o‘rganilayotgan tushunchalar o‘rtasidagi aloqa 
va aloqadorlikni o‘rnatishdagi ahamiyatini bayon eting.
6-sinfda “Shum bola” qissasini “Insert” jadvalidan foydalanib 
o‘rganishga doir amaliy tavsiyalaringizni yozing.
3-variant 
Adabiy ta’limda multimedia vositalaridan foydalanishning o‘ziga 
xos xususiyatlarini yoriting.
6-sinfda Erkin Vohidovning hayotini ijodiga bog‘lab o‘rganishda 
oid videodars loyihasini tuzing.
4-variant 
“Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” jadvalining mavzu
matn, bo‘lim bo‘yicha izlanish olib borishga yo‘naltirishdagi o‘rnini 
yoriting.
5-sinfda “Susambil” ertagidagi til, ramz va badiiy ifoda 
xususiyatlarini “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” jadvali 
asosida o‘rganishga doir amaliy tavsiyalaringizni bayon eting. 
5-variant 
“Toifalash” jadvalining o‘quvchilar tizimli fikrlash ko‘nikmalarini 
rivojlantirishdagi ahamiyatini yoriting.
5-sinfda H.Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni badiiy 
xususiyatlarini “Toifalash jadvali” asosida o‘rganishga doir amaliy 
tavsiyalaringizni yozing.
6-variant 
Adabiy ta’limda “Konseptual jadval”dan foydalanishning o‘rnini 
ifodalang.
7-sinfda she’r vaznlari mavzusini “Konseptual jadval” asosida 
o‘rganishga doir amaliy tavsiyalaringizni yozing. 
7-variant 
Adabiyotdan yangi bilim beruvchi darslarning o‘ziga xos 
xususiyatlari haqida amaliy tavsiya tayyorlang.
E.Vohidovning “Nido” dostoni yuzasidan yangi bilim berishga doir 
videodars tayyorlang. 


~ 35 ~ 
8-variant 
Badiiy asar qahramonlariga xos xususiyatlarni tahlil qilishda 
“SWOT – tahlil” jadvalidan foydalanishning ahamiyatini yoriting.
8-sinfda S.Ahmadning “Ufq” romani qahramoni Tursunboyga xos 
xususiyatlarni “SWOT – tahlil” jadvali asosida tahlil qilishga doir amaliy 
tavsiyalaringizni bayon eting. 
9-variant 
Adabiy ta’limda bilimlarni mustahkamlash va takrorlash darslari 
mazmuni xususida amaliy tavsiya tayyorlang. 
E.Vohidovning “Nido” dostonini o‘rganish yuzasidan takrorlash va 
mustahkamalashga doir videodars tayyorlang.
10-variant 
Yozuvchi hayoti va ijodini o‘rganishga doir xronoligik jadval 
yaratishning ahamiyati xususida amaliy tavsiya tayyorlang.
Yuqori sinflarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini 
o‘rganish yuzasidan xronolgik jadval tuzing.
11-variant 
Adabiy ta’limda bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish 
darslarini tashkil etish haqida amaliy tavsiya tayyorlang. 
E.Vohidovning 
“Nido” 
dostonini 
o‘rganish 
yuzasidan 
umumlashtiruvchi videodars ishlanmasini tayyorlang. 
12-variant 
Badiiy asar sujetini o‘rganishda jadvallardan foydalanishning 
ahamiyati yuzasidan amaliy tavsiya tayyorlang. 
A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani sujetini o‘rganishga mos 
jadval tanlang va mazmunini yoriting.
13-variant 
Adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganishda “Tushunchalar tahlili” 
jadvalidan foydalanishning o‘rni xususida amaliy tavsiya yarating.
10-sinfda “She’riy san’atlar” mavzusini o‘rganishda “Tushunchalar 
tahlili” jadvalidan foydalanishga doir amaliy tavsiyalaringizni yozing.


~ 36 ~ 
14-variant 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etiladigan 
darslarga qo‘yiladigan talablar xusisida fikringizni bayon eting.
“Nido” dostoni yuzasidan o‘quvchilarning bilimini tekshirish va 
tahlil qilsiga doir videodars ishlanmasini tayyorlang. 
15-variant
Adabiyot darslarini loyihalashtirish yuzasidan amaliy tavsiya 
tayyorlang. 
“Nido” dostonini vebsayohat usulida o‘rganishga doir ishlanma 
tayyorlang. 


~ 37 ~ 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə