Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish


-SINFLARDA RUBOIY JANRINI O‘RGANISHGA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

5-SINFLARDA RUBOIY JANRINI O‘RGANISHGA 
QARATILGAN DIDAKTIK O‘YIN TEXNOLOGIYALARINI 
ISHLAB CHIQISH 
Ishning maqsadi:
talabalarni 5-sinfda ruboiy janrini o‘rganishga 
qaratilgan didaktik o‘yin texnologiyalarini ishlab chiqish va amalda 
qo‘llash ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish. 
Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. 
– Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – 184–193-b. 
2. Йўлдошев Ж.Ғ., Усмонов С. Замонавий педагогик 
технологияларни амалиётга жорий этиш. – Тoshkent: Fan va 
texnologiya, 2008. – 84–88-b.
3. Umumiy o‘rta ta’limning 5-sinf “Adabiyot” o‘quv dasturi.
4. Ahmedov S. va boshq. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 5-sinfi uchun darslik. – Toshkent: Sharq, 2020. – 154-
160-b. 
5. Қодиров В. Адабий таълимда мумтоз лиро-эпик асарларни 
ўрганиш // Ilmiy xabarnoma. – Андижон, 2019. – Б. 54-59.
Kerakli jihozlar:
multimedia vositalari, turli rangdagi qog‘ozlar, 
markerlar.
 Ishni bajarish tartibi: 
1) didaktik o‘yinlar va ularni qo‘llash mazmuni bilan tanishish (1-
ilova); 
2) 5-sinf “Adabiyot” o‘quv dasturi va darsligi bilan tanishish, unda 
ruboiylarni o‘rganishda zarur bo‘lgan jihatlarga diqqat qilish (2-ilova).
1-ilova 
Didaktik o‘yin – o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni 
modellashtirish asosida o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqish va
faolliklarini oshiradigan o‘quv faoliyati turi hisoblanadi. 
Didaktik o‘yinlar o‘quvchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va 
o‘qish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 
ularning ahamiyati natijalar bilan emas, balki jarayonning mazmuni va 
kechishi bilan belgilanadi. Bu kabi o‘yinlar bolalarni ijtimoiy 
munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ulardagi turli 
psixologik zo‘riqishlarni kamaytiradi. 
Didaktik o‘yinlarning bir qancha turlari mavjud. Ular tarkibiga 
intellektual, harakatli va aralash o‘yinlarni kiritish mumkin. Didaktik 


~ 38 ~ 
o‘yinlar ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga xizmat qiladi. Adabiy ta’lim 
jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish orqali o‘quvchilarni axloqiy-
estetik tarbiyalash, nutq o‘stirish, yangi bilimlarni o‘rgatish, bilish 
jarayonlarini rivojlantirishga erishiladi. Quyida didaktik o‘yinlarning 
ayrimlariga namunalar keltiriladi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə