Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Toifalash jadvali 
olingan ma’lumotlarni
 
birlashtirishni ta’minlash 
maqsadiga 
qaratilgan. 
Ta’lim oluvchilarning tizimli fikrlash
ma’lumotlarni bir tizimga keltirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni nazarda 
tutadi. Toifalar jadval ko‘rinishiga keltiriladi, g‘oyalar toifalarga mos 
holda ajratiladi. Jarayonda toifalarning nomlariga o‘zgartirishlar kiritish, 
yangilarini qo‘shish mumkin. 
Toifalar 
Konseptual jadval
o‘rganilayatgan tushuncha, narsa-hodisalar va 
firklarni ikki yoki undan ortiq jihatlari bo‘yicha taqqoslashga xizmat 
qiladi. Jadvalga bo‘yiga taqqoslanadigan fikr va nazariyalar 
joylashtiriladi, eniga taqqoslanish asosida olib boriladigan turli tavsiflar 
yoziladi. 


~ 21 ~ 
… 
tushunchalarga 
yondashuvlar 
Tavsiflash, toifalar, xususiyatlar 
“Bilaman. Bilishni istayman. Bilib oldim” 
jadvali
 
ta’lim 
oluvchilarni muayyan mavzu, matn, bo‘lim yoki bob yuzasidan 
izlanishlar olib borishga yo‘naltiradi 
va tahlil ko‘nikmalrini 
shakllantiradi. Mazkur usul mavzu bo‘yicha ularning nimalarni bilishi, 
nimalarni bilishni xohlashini aniqlashga oid savollarni berish orqali 
amalga oshiriladi. Ish yakunida nimalarni bilib olganliklarini aniqlashga 
xizmat qiladi.
Bilaman 
Bilishni 
istayman 
Bilib oldim 
 
 
 
 
 “SWOT – tahlil” 
jadvali alohida muammo yoki loyihalarni tashkil 
etish, vaziyatni tahlil qilish va manbani baholash vositasidir. Jadvalning 
quyidagi inglizcha so‘zlarning bosh harflaridan olingan: 
Strengths
obyektning kuchli tomoni, tashkil etishning ichki 
manbalari mavjudligini aks ettiriadi. Barqaror rivojlanishning asosiy 
mexanizmi bo‘lib, yangi g‘oyalar yaratish va to‘siqlarni bartaraf etish 
asosi bo‘lishi mumkin. 
Weakness
– obyektning kuchsiz tomoni yoki ichki muammolar 
mavjudligi. Bunda tashkil etish faoliyati obyektning aynan zaif 
tomonlarini yengishga qaratiladi. Yangi loyihalar uchun zamin hozirlaydi 
va bu jihatlar rivojlanish strategiyasini yaratishda e’tiborga olishni talab 
etadi.
Opportunities
– vaziyani tashkil etishdan tashqaridagi mavjud 
imkoniyatlar. Qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha manbasi bo‘lib, ishni 
tashkil etishning maqsadiga mos kelishni hisobga olishni ko‘zda tutadi. 
Yangi loyihalar qatori hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga imkon beradi. 
Threats
– tashqi muhitda tashkil etish sharoitiga ta’sir etuvchi xavf-
xatarlar. Xavflarni yengish yo‘llarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Ayrim 
hollarda mantiqqa zid bo‘lgan “raqib”lar “ittifoqchilar”ga aylanishiga 
zarur shart-sharoit yaratadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə