Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish


LABORATORIYA ISHI TOPSHIRIQLARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

LABORATORIYA ISHI TOPSHIRIQLARI 
Eslatma: 
barcha variantdagi 1-topshiriqda “Dunyoning ishlari” 
asari to‘liq matni bilan tanishish vazifasi qo‘yiladi.
1-variant 
O‘quvchilarning badiiy asar tahliliga doir kompetensiyalarini 
shakllantirishda samarali bo‘lgan didaktik materiallar haqida amaliy 
tavsiyalar tayyorlang.
“Alla” hikoyasini o‘rganishga doir audioyozuv namunalarini 
tayyorlang. 
2-variant 
Hikoya janrini o‘rganishda didaktik materiallarning o‘rni 
nimalardan iborat ekanligi xususida amaliy tavsiya tayyorlang.
“Haqqush” hikoyasini o‘rganishga doir tarqatma materiallar 
tayyorlang. 
3-variant 
Asar qahramonlari ichki dunyosini tasvirlashda qanday didaktik 
materiallar tayyorlash maqsadga muvofiqligi yuzasidan amaliy tavsiya 
tayyorlang.
“Qarz” hikoyasini o‘rganishga doir ko‘rgazmali qurollar tayyorlang.
4-variant 
Badiiy asarlarni o‘rganishda grafik organayzerlarning ahamiyati 
yuzasidan amaliy tavsiya tayyorlang. 
“Iltijo” hikoyasini o‘rganishda badiiy asarning o‘ziga xos 
xususiyatlarini inobatga olib bir soatlik dars taqdimotini tayyorlang. 
5-variant. 
O‘quvchilar badiiy to‘qima va hayot haqiqati o‘rtasidagi 
o‘xshashliklarni anglashlarida qaysi turdagi didaktik materiallarni 
samarali deb bilasiz? Bu haqda amaliy tavsiya tayyorlang. 
Badiiy asardagi kalit so‘zlarni aniqlashga doir topshiriqlar tuzing.
6-variant. 
Yozuvchi mahoratini o‘rganishga doir didaktik materiallar qanday 
talablarga javob berishi zarurligi yuzasidan amaliy tavsiya tayyorlang.
“Dunyoning ishlari” asarini to‘liq o‘qib chiqishga doir savol-
topshiriqlar tizimini ishlab chiqing. 


~ 15 ~ 
7-variant. 
Qaysi turdagi didaktik materiallar o‘quvchilarning adabiy-nutqiy 
kompetensiyalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga egaligi xususida 
amaliy tavsiyalaringizni bayon eting. 
“Alla” hikoyasini 
o‘rganishda o‘qishdan oldingi, o‘qish 
davomidagi va o‘qishdan keyingi savollar tuzing. 
8-variant. 
Asar qahramonlari nutqini dialoglarga aylantirishda nimalarga 
e’tibor qaratish zarurligi xususida amaliy tavsiya tayyorlang.
“Qarz” hikoyasi matniga doir dialoglar yaratish mazmunini 
yoriting. Bunda qaysi didaktik tamoyillarga amal qilinishi maqsadga 
muvofiqligini ko‘rsating. 
9-variant. 
Og‘zaki nutqni o‘stirishga doir didaktik materiallar qanday 
xususiyatlarga egaligi xususida amaliy tavsiya tayyorlang.
“Gilam paypoq” hikoyasi tilini o‘rganishga doir topshiriqlar 
tayyorlang. 
10-variant. 
Didaktik materiallarga qo‘yiladigan estetik va gigiyenik talablarni 
bayon eting. 
“Dunyoning ishlari” qissasiga yaratilgan film kadrlaridan 
foydalanib, albom yarating. 
11-variant. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida tayyorlangan 
didaktik materiallarning o‘quvchi psixofiziologik xususiyatlariga ta’siri 
yuzasidan amaliy tavsiya tayyorlang. 
“Dunyoning ishlari” asarida yozuvchi shaxsiyati bilan bog‘liq 
lavhalar aks etgan o‘rinlarni aniqlashga doir topshiriqlar tuzing. 
12-variant. 
Didaktik materiallarga qo‘yiladigan pedagogik-psixologik talablar 
nimalardan iboratligi yuzasidan amaliy tavsiya yarating. 
“Dunyoning ishlari” asari bosh qahramonining ruhiy iztiroblarini 
tushunishga doir qanday didakatik materiallarni tavsiya etasiz? 
Misollaringizni amaliy tavsiyalar tarzida shakllantiring.


~ 16 ~ 
13-variant. 
Ko‘rsatmali materiallar asar matni mazmunini qay darajda ochib 
berishiga doir fikrlaringizni yozma tarzda bayon eting.
“Oq oydin kechalar” hikoyasi mazmunini ochib berishga yordam 
beradigan ko‘rsatmali qurollar tayyorlang.
14-variant. 
Badiiy asarni o‘rganishda multimedia vositalarining o‘quvchi 
psixologik xususiyatlariga ta’siri yuzasidan amaliy tavsiya yarating. 
“Dunyoning ishlari” qissasidan olingan boblarda ona va o‘g‘il 
munosabatlari tasvirini multimedia vositalari orqali o‘rganishga doir 
materiallar tayyorlang. 
15-variant.
Ovozli ko‘rsatmali materiallarning tinglab tushunishdagi 
ahamiyatini yoritib, amaliy tavsiya tayyorlang. 
“Tush” hikoyasini o‘rganishga doir ovozli ko‘rsatmalar tayyorlang. 


~ 17 ~ 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə