Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish


O‘quvchilarda shakllantirilishi ko‘zda tutilgan fanga oid



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

O‘quvchilarda shakllantirilishi ko‘zda tutilgan fanga oid 
kompetensiya elementlari:
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar 
(tinglab tushunish, fikrni og‘zaki 
bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):
A2 
badiiy asarlar asosidagi audiomatn, videotasvir va filmlarni ko‘rib, 
tinglab tushuna oladi; nasriy va she’riy asarlarni ifodali o‘qiy oladi; 
ularning mazmun-mohiyatini tushuna oladi; badiiy asarlar syujetini qayta 
hikoya qila oladi; ular asosida kichik insho yoza oladi. 
A2+ 
badiiy asar asosida yaratilgan kichik sahna ko‘rinishlarida 
qahramonlar rolini ijro eta oladi; ifodali o‘qishda to‘g‘ri nafas olish, 
to‘xtam, ritm, tembr va urg‘uning ahamiyatini tushuna oladi.
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi
A2 
asarda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlarning fazilat va 
nuqsonlarini tushuntira oladi.
A2+ 
1
Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. 5-9-sinf // O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Тоshkent: 2017-yil 14 (774)-son, 230-modda. – 29-b.


~ 8 ~ 
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotidan 
o‘rganilgan asar qahramonlarini farqlay oladi va ularga xos sifatlarni 
aytib bera oladi”
2
.
Badiiy asarlarni tinglab tushunish ko‘nikmalarini shakllantirishda 
talabalar tinglab tushunish haqidagi nazariy ma’lumotlarni o‘rganishlari 
maqsadga muvofiq. Masalan, ta’lim oluvchi matnni tinglab tushunishda 
“sohaviy ilmiy-ommabop nutqni tushunadi, tinglangan matndagi asosiy 
axborotni ajratib oladi, ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb 
axborotlar mazmunini, maqsadini idrok etadi, tinglab tushunadi. 
Nutqning to‘g‘riligi, mantiqiy izchilligi, sofligi va ta’sirchanligini 
anglaydi, 
barqaror 
atamalar, 
kasb-hunar 
so‘zlarining ma’no 
xususiyatlarini farqlaydi”. 
O‘quvchilarda “Dunyoning ishlari” asaridan berilgan boblarni 
tinglab tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda mavzuga oid tayanch 
so‘zlar, savollar, asardan berilgan matnlarni tushunib, savollarga javob 
berish, asarni o‘qish jarayonida farzandi uchun har qanday 
mashaqqatlarga tayyor, sharoqna odob-axloq mezonlarini o‘zida 
mujassam etgan ona obraziga xos xususiyatlarni o‘rganishlari nazarda 
tutiladi. Bunda asardan berilgan parchalarni tinglash jarayonida 
hikoyachi-qahramon ruhiyatidagi kechinmalarni his qilish, Onaning 
farzandiga bo‘lgan tuganmas mehr-muhabbati, bu ulug‘ zot oldidagi 
burch, qarzdorlik tuyg‘usini anglashlarida shu jihatlar aks etgan o‘rinlarga 
diqqat qilinadi. So‘z ustalarining ona obraziga xos xususiyatlarni 
tinglovchiga yetkazishda urg‘u qaratgan o‘rinlar belgilanadi. Asarga 
ishlangan radiopostanovka va filmlar bilan chuqurroq tanishiladi. 
Jumladan, “Gilam paypoq” hikoyasidagi quyidagi lavhaga e’tibor 
qaratish orqali qahramonlarga xos ichki kechinmalar, his-tuyg‘ular 
anglanishi nazarda tutiladi: 
“O‘shanda necha yoshdaligim esimda yo‘q. Biroq juda kichkina 
edim. Bir kuni akalarim bilan yaxmalak o‘ynab terlab ketdim. Terlab turib 
muz yedim. Kechqurun isitma ko‘tarildi. Quv-quv yo‘talaman. Oyim 
tomog‘imni achchiqtosh bilan chayib ko‘rdi, bo‘lmadi, turshak qaynatib 
suvini ichirdi, bo‘lmadi... oxiri tomog‘imni xippa bo‘g‘ib qo‘ydi. 
Og‘riqni sezmayman-u, nafas olishga qiynalaman. Hushimdan keta 
boshlaganimni es-es bilaman. Qulog‘im ostida onamning chirqillab 
yig‘lagani, hadeb bir gapni qaytarayotgani eshitiladi:
2
Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. 5-9-sinf // O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Тоshkent: 2017-yil 14 (774)-son, 230-modda. – 30-31-b.


~ 9 ~ 
– Voy, endi nima qilaman! Voy, bolam o‘lib qoladi!
Keyin meni shosha-pisha ko‘rpachaga o‘radi. Bir mahal onamning 
qo‘lida ketayotganim esimda bor. Gupullab qor yog‘ayotganini his etib 
turardim-u, biroq yuzimga qor tushmas edi. Onamning issiq nafasi urilib 
turar, u sirpanib borar, og‘ir hansirar edi... 
Xira chiroq miltirab turgan allaqanday uyga kirdik. Ko‘z o‘ngim 
yana qorong‘ilashib ketdi. Oyim hamon chirqillaydi:
– O‘lib qoladi! Bolaginam o‘lib qoladi! 
Vahima qilmang, poshsha, dardni bergan xudo, davosiniyam 
beradi. 
Bu Hoji buvining ovozi ekanini g‘ira-shira idrok etdim ”
3


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə