Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Ta’lim vositalari 
obyektiv omillar 
subyektiv omillar 
darslik, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv 
qurollari, xaritalar, diagramma, 
plakat, rasm, chizma, diaproyektor, 
magnitafon, televizor, radio, 
kompyuter va h.k. 
o‘qituvchining nutqi, 
namunasi, muayyan 
shaxs hayoti va 
faoliyatiga doir misollar 


~ 11 ~ 
talabalar faoliyatida o‘z aksini topishi uchun quyidagi usullarni qo‘llash 
samarali hisoblanadi: 
– audio va video yozuvlar orqali yozuvchi yoki badiiy so‘z ustalari 
tomonidan o‘qilgan badiiy matnni tinglash; (Zulfiya, E.Vohidov, 
A.Oripov, O.Hojiyeva, O.Matjon, M.Yusuf, S.Sayyid, F.Afro‘z, 
E.Shukurlarning 
radioeshittirish 
va 
teleko‘rsatuvlarda 
o‘qigan 
she’rlaridan foydalanish mumkin).
– o‘zaro bog‘liq matnlarda nutqning to‘g‘ri ohangini ishlab chiqish 
(intonatsiya, marom, pauzalarni o‘z o‘rniga qo‘yish, mantiqiy urg‘ularni 
aniqlash); 
– ko‘chirmalar, maqollar, matallar, aforizmlarni yoddan ifodali 
o‘qishga o‘rgatish. 
Ifodali o‘qishga o‘rgatishning dastlabki bosqichida o‘qituvchi ovoz 
xususiyati va sur’ati haqida tushuncha berishi lozim. Matndagi 
ta’kidlovchi so‘zlarni ajratib, intonatsiya bilan talaffuz qilish asarning 
g‘oyaviy-obrazli mazmunini ifodalashda katta ahamiyatga ega. Bunda 
mantiqiy urg‘uning o‘rni muhim bo‘lib, unga ovozni ko‘tarish yoki 
pasaytirish orqali amal qilinadi. Mantiqiy urg‘u matndagi g‘azab, kesatiq, 
jirkanish, hurmat, samimiylik singari turli hissiy holatlarni ochishga 
yordam beradi.
So‘zlarni aniq talaffuz qilish; talaffuzda bo‘g‘inlarga e’tibor berish; 
nutq maromi (tez, o‘rta, sekin)ni o‘zgartirib turish; ovoz balandligi (past, 
o‘rta, yuqori)ga ahamiyat qaratish orqali his-hayajonni ifodalay olish 
(buning uchun aynan bir so‘zni turli ohanglarda talaffuz qilish) ifodali 
o‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirishga zamin yaratadi. Ifodali o‘qish 
texnikasi ustida ishlashni to‘g‘ri talaffuzning eng sodda usullari
jumladan, savodli nutqdan boshlash zarur. 
Nutq savodi (to‘g‘ri nafas olish, urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish, aniq 
talaffuz)ni o‘qituvchi mashg‘ulot jarayonida ko‘rsatib beradi. Asosiysi – 
ovoz bilan fikr va hislarning turli tovlanishlarini bera olish ko‘nikmasidir. 
Aynan turli intonatsiyalarning mavjudligi ifodali va oddiy nutqni bir-
biridan ajratib turadi. Har bir belgi so‘z, so‘z birikmalari va gap 
turlarining qanday ma’no ifodalashiga xizmat qiladi. Yakka tinish 
belgilari butunni qismlarga ajratadi va ular orasidagi chegarani belgilaydi. 
Masalan: 


~ 12 ~ 
Adabiy talaffuzni to‘g‘rilash uchun o‘quvchilarga o‘qituvchi va 
suxandonlar nutqini diqqat bilan tinglash, so‘z talaffuzini orfoepik 
lug‘atdan tekshirib olish tavsiya etiladi. Badiiy matn ustida ishlayotganda 
o‘quvchilar ifodali o‘qishga, muallif fikrini intonatsiya bilan bera olishga, 
qalamga olingan voqeani fikran tasavvur qilishga o‘rganadilar. 
Aynan bir iborani turlicha marom va intonatsiya bilan talaffuz qilish 
mumkin. Fikr bildirish maromi matn mazmuniga ko‘ra quvonchli, 
qayg‘uli, tantanali, ishonchli, da’vatkor, iltimos singari turli ohangda 
ifoda etiladi. Og‘zaki nutqda ma’nosi muhimroq bo‘lgan so‘z, ibora yoki 
gaplar ovozni balandlatish – mantiqiy urg‘u bilan ajratib ko‘rsatiladi. 
Ovoz chiqarib ifodali o‘qish his-tuyg‘ularni ifodalash madaniyatini 
tarbiyalaydi. O‘qish texnikasi ta’limning barcha bosqichlarida matn 
mazmunini tushunish ko‘nikmasi bilan bir paytda ro‘y beradi. Ifodali 
o‘qish ko‘nikmasini mustahkamlash va takomillashtirib borishda alohida 
mashg‘ulotlar tashkil qilish, bunga tayyorgarlik jarayonida o‘quvchini 
shoir yoki yozuvchining hammuallifi bo‘lib qolishiga ishontirish muhim 
o‘rin tutadi.
Mashg‘ulotlarda ifodali o‘qish rejasi o‘qituvchining yoddan o‘qishi, 
asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida suhbat o‘tkazish, nutq 
kompozitsiyasi ustida ishlash, intonatsiya va maromni aniqlash, qayta 
hikoyalash kabi faoliyat turlarini ko‘zda tutgan holda tuziladi. 
Asarni ifodali o‘qish doim uning tahlili bilan bog‘liq. Tahlil badiiy 
asarning o‘ziga xosligi haqida o‘quvchilar tasavvurini chuqurlashtiradi, 
undagi nafosatni his qilishga imkon beradi. Turli janrdagi asarlarni idrok 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə