Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Topshiriq:
Hikoyachi nutqini o‘rganishga doir savollar tuzing. 
“Alla” hikoyasini o‘rganishga oid audiomaterial tayyorlang. 
Hikoya asosida audiomatn tayyorlashda quyidagilar nazarda 
tutiladi: 
1) ifodali o‘qishga qo‘yiladigan talablar yodga olinadi (2-ilova); 
2) ovoz yozish texnikasi mazmuni bilan tanishiladi; 
3) asar matni bilan to‘liq tanishib chiqiladi; 
4) hikoya hajmidan kelib chiqqan holda zarur epizodlar tanlanadi va 
vaqt rejalashtiriladi; 
5) Internet manbalardan asar asosida tayyorlangan radiospektakllar
so‘z ustalari tomonidan o‘qilgan audioyozuvlar tinglanadi;
6) nutq texnikasiga qo‘yiladigan talablar asosida matn bir necha 
marta o‘qib mashq qilinadi; 
7) matn yozib olinadi (ta’sirchanlikni ta’minlash maqsadida zarur 
o‘rinlarga musiqiy bezak beriladi); 
8) tayyor materialga ishlov berishda alohida dasturlar asosida 
ortiqcha shovqinlar olib tashlanadi (3-ilova). 
1-ilova 
Didaktik materiallar ta’lim oluvchilardagi bilim, ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirishga doir masala va mashqlar to‘plami, 
ma’lumotnoma, tarqatma materiallar, ko‘rsamali va ko‘rgazmali 
vositalar, disketlar yoki multimedia kabi vositalar hisoblanadi. Didaktik 
vositalar ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ularning turlari
quyidagi jadvalda keltiriladi: 
3
Аhmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik-majmua. II 
qism. – Tоshkent: Ma’naviyat, 2017. –160 b. 


~ 10 ~ 
 
 
 
2-ilova 
Ifodali o‘qishga asarning g‘oyaviy-badiiy mazmunini idrok etish
munosabat bildirish, yozuvchining ifoda uslubini anglab yetish, o‘z ovozi 
imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalana olish kabi talablar qo‘yiladi. 
O‘qituvchining ifodali o‘qishga tayyorgarligi quyidagicha bir necha 
bosqichda amalga oshiriladi:
– yozuvchi hayoti va ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, asarda aks 
etgan nuqtayi nazari haqida ma’lumotlar to‘plash; 
– badiiy asar tili ustida ishlash, tushunilishi qiyin so‘zlarni belgilab 
olish;
– o‘qish texnikasi ustida ishlash; 
– har bir epizod va alohida sahnalarni o‘qishda o‘quvchilar oldiga 
qo‘yiladigan vazifalarni belgilab olish. 
Ifodali o‘qish o‘quvchilar tomonidan to‘laqonli idrok etilishi uchun: 
a) qahramon roliga kirish;
b) aks ettirilgan voqelikni o‘z tasavvurida jonlantirish;
d) matn mazmuniga nisbatan his-tuyg‘ular uyg‘ota olish talabiga 
ko‘ra matndagi notanish so‘zlarni izohlash;
e) asarni qismlarga bo‘lib o‘qish, mazmunini tahlil qilish;
f) ko‘tarilgan muammoga munosabat bildirish kabi tayyorgarlik 
ishlari olib boriladi.
Ko‘p yillik pedagogik faoliyatimiz davomida ta’lim oluvchilarni 
ifodali o‘qishga o‘rgatish murakkab jarayon bo‘lib, asar janri, tavsif 
uslubi, yozuvchi nuqtayi nazari bilan bog‘liq usullarni qo‘llash ijobiy 
samara beradi, degan xulosaga kelindi. O‘qituvchining ifodali o‘qishi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə