Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Ishning maqsadi:
talabalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 
5-sinflari uchun “Dunyoning ishlari” mavzusi yuzasidan didaktik 
materiallar tayyorlash mazmuni bilan tanishtirish va mavzuni 
o‘zlashtirishlariga yordamlashish. 
Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Umumiy o‘rta ta’limning 5-sinf “Adabiyot” fani o‘quv dasturi.
2. Ahmedov S. va boshq. Adabiyot: Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 5-sinfi uchun darslik. – Toshkent.: Sharq, 2020. – 131-
146-b. 
3. O‘tkir Hoshimov. Dunyoning ishlari. –Toshkent: Sharq, 2005. –
208 b. 
4. Файзиева М., Сайфуров Д. Виртуал таълим технологияси. – 
Тoshkent: ТДПУ, 2006. – 155 б. 
Kerakli jihozlar:
multimedia vositalari (kompyuter, ovoz yozish 
moslamalari), didaktik materiallar tayyorlash uchun turli rangdagi 
qog‘ozlar, markerlar.
Ishni bajarish tartibi: 
1) 
 
talabalar dastlab 5-sinflar uchun mo‘ljallangan “Adabiyot” 
o‘quv dasturi bilan tanishib chiqishlari, dasturdan O‘.Hoshimovning 
“Dunyoning ishlari” asarini o‘rganishga ajratilgan dars soatini 
aniqlashlari, qissani o‘rganishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar, 
malaka talablarini aniqlashlari va belgilashlari maqsadga muvofiq. 
Xususan, o‘quv dasturida masalaga quyidagicha yondashilgani haqida 
tasavvur hosil qildirish: 
“O‘tkir Hoshimov. “Dunyoning ishlari” qissasi. (4 soat, A2+: 6 soat) 
O‘tkir Hoshimovning hayoti va ijodi haqida qisqacha annotatsiya. 
“Dunyoning ishlari” qissasidan olingan boblarda ona, o‘g‘il va 
boshqa obrazlarning jonli tasvir etilgani. Qissaning “Alla”, “Iltijo” 
boblarida insonning Ona oldidagi farzandlik burchining, hech qachon 
to‘lab bo‘lmas qarzning ta’sirchan ifodalangani. Onani qo‘msash, uni 
sog‘inish, uning hech kim bilan almashtirib bo‘lmaydigan mehri oldida 
qarzdorlik tuyg‘usining ifodalanishi (2 soat). 


~ 7 ~ 
“Oq, oydin kechalar”, “Tush”, “Gilam paypoq” fasllarida Ona 
qalbidagi cheksiz mehr-muhabbat tuyg‘usining samimiy ifodasi. 
Asarning badiiy xususiyatlari (2 soat)”
1

2) darslikdagi qissadan berilgan parchalar mazmuni, savol-
topshiriqlar bilan tanishish va shu asosda audiomateriallar, tarqatma 
materiallar, taqdimotlar, jadvallar hamda ko‘rgazmali qurollar 
tayyorlashlari zarur.
Talabalar didaktik materiallar, ularning turlari, qo‘llanish o‘rinlarini 
o‘qituvchi 
yordamida 
o‘rganadilar. 
Ish 
jarayonida 
didaktik 
materiallarning xususiyatlarini o‘zlashtirishlari, yoddan bilishlari, 
tayyorlashni hamda qo‘llashni o‘rganishlari lozim (1-ilova). To‘plangan 
ma’lumotlar ish daftariga qayd qilinadi.
Namuna: Badiiy asarlar asosida yaratilgan audiomatnlarni tinglab 
tushunishga doir amaliy tavsiya tayyorlang. 
“Adabiyot fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari”da 
adabiy-nutqiy kompetensiyalar (
tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon 
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish
)ning A2 darajasi mazmuni 
quyidagilardan iborat: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə