Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish


Grafik organayzerlar haqida ma’lumot



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Grafik organayzerlar haqida ma’lumot 
Ta’lim jarayonida verbal, noberbal, vizual, audio, audivizual, tabiiy 
o‘quv anjomlari hamda maktab jihozlari kabi vositaladan foydalaniladi. 
O‘qitish jarayonida o‘quvchilarning ko‘z bilan ko‘rishlari uchun 
mo‘ljallangan barcha vositalar vizual vositalar hisoblanadi. Bularga sinf 
doskasidagi yozuv va boshqa tasvirlar, tarqatma materiallar, o‘quv 
plakatlari, fotosurat, illyustratsiya, videotasvir va tabiat tasvirlari kiradi. 
Ko‘rsatmali vositalarning adabiyot darslarida qo‘llanishi o‘quvchilarga 
o‘rgatilishi kerak bo‘lgan axborotga tegishli mazmunni turli shakl va 
usullarda ko‘rsatish orqali yetkazish, o‘quv mashg‘ulotlarini qiziqarliroq 
qilish imkoniyatini yaratadi. Adabiy ta’lim jarayonida ko‘rsatmalilik 
deganda badiiy asarda tasvirlangan qahramonlar xatti-harakatlari, voqea-
hodisalarni rasmlar, obrazlar orqali jonlantirib, qayta esga solish 
tushuniladi. Adabiy matnni o‘zlashtirishda tasviriy san’at, musiqa, kino, 
televideniye va AKT vositalari katta yordam beradi. Ko‘rsatmalilikning 
quyidagi turlari mavjud: 
Ko‘rsatmalilik turlari 
ekran 
ko‘rsatma-
liligi 
ko‘rgaz-
mali albom 
badiiy 
rasmlar 
grafik 
qo‘llanma-
lar 
tovush 
ko‘rsatmali-
ligi 


~ 19 ~ 
Adabiyot fanini o‘qiishda ko‘rsatmalilikdan foydalanish ta’lim-
tarbiya jarayonining rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan 
asosiy tarkibiy elementlar: so‘zlash, ko‘rsatish va tahlil qilishdan 
iboratdir. Bunda ta’lim oluvchi faoliyatidagi asosiy jarayonlar tinglash, 
ko‘rish va tahlil qilishdan iborat bo‘lib, o‘qituvchi faoliyatidagi asosiy 
jarayonlar quyidagilarni tashkil etadi: 
Grafik organayzerlar – ta’lim-tarbiya jarayonida bayon qilinayotgan 
fikrlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasidir. Adabiy-nazariy 
tushunchalar kompyuterning “MS Word”, “MS Power Point”, “Paint”, 
“MS Excel” dasturlari imkoniyatlari hamda grafik organayzerlardan 
unumli foydalanib o‘quvchilarga yetkazilsa, o‘quvchilarning axborotlarni 
qabul qilish, xotirada tiklash, tahlil qilish faoliyatiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Quyida ularning ayrimlariga xos xususiyatlar haqida so‘z 
yuritiladi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə