Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish


“Insert” grafik organayzeri



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

“Insert” grafik organayzeri 
materialni samarali o‘rganish va 
mantiqiy fikrlash uchun matnda belgilashning interfaol tizimi bo‘lib, 
mustaqil o‘qish vaqtida olingan bilimlarni tizimlashtirishga, ehtiyoj 
sezilganda g‘oya va fikrlarga izoh berish, qo‘shimchalar kiritish 
zaruriyatini taqozo etadi.
“Insert” – o‘zlashtirishning kompleks vazifalarini hal qilish va 
mavzuni mustahkamlash, ta’lim oluvchilarning kitob bilan mustaqil 
ishlash malakasini rivojlantirishga qaratilgan o‘qitish usulidir. 
Texnologiyada ma’lumotlar quyidagi tizim asosida belgilanishi nazarda 
tutilgan: 
“V” – buni bilaman.
“+” – yangi axborot.
“–” – bilganlarimga zid.
“?” – meni o‘ylantirib qo‘ydi, bu masala bo‘yicha qo‘shimcha 
axborot kerak.
so‘zlash 
nazorat 
ko‘rsatish 
vazifa 
topshirish 
rahbarlik 
O‘qituvchi faoliyatidagi asosiy 
jarayonlar 


~ 20 ~ 


– 

Jadvaldan ko‘rinadiki, “V” belgisi o‘quvchi bilim darajasini 
belgilasa, “+” qiziqish va imkoniyatlarini namoyon etadi.
Munozara talab “–” belgisi bahslashishni taqozo etadi, chunki har 
bir o‘quvchining ko‘rilayotgan masala yuzasidan shaxsiy qarashlari 
mavjud.
“?” belgisi esa ehtiyojlarini aniqlaydi, adabiyotlar bilan mustaqil 
ishlash, qo‘shimcha ma’lumotlar izlab topish, yangi g‘oyalar taqdim etish 
va xulosalarini asoslashga sharoit yaratadi.
Klaster va uning turlari. 
Klaster (tutam) pedagogik strategiyasi 
ta’lim oluvchilarning biror mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishlariga xizmat 
qiladi. Mazkur strategiyaning maqsadi muayyan mavzuga tegishli 
tushuncha yoki fikrlarni aniq, ko‘rgazmali va izchillikda tarmoqlashga 
qaratilgan. Klaster yondashuvni mavzuni ta’lim oluvchilar tasavvurida 
aniqroq ifodalash, mavzu o‘rganilganidan so‘ng fikrlash faoliyatini 
faollashtirish, bilimlarini mustahkamlash va kengaytirishga xizmat 
qiladi. Klaster mavzuga oid so‘z va takliflar kichik doirachalar – 
“yo‘ldoshchalar” yaratilib, ichiga yozib chiqish orqali tuziladi. Ular 
asosiy so‘z bilan chiziqchalar (kichik “yo‘ldoshchalar”) yordamida 
birlashtiriladi. Klasterni ramlar asosida ham yaratish mumkin. Unda 
doirachalar ichiga rasmlar joylashtiriladi (art klaster).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə