Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish


~ 46 ~  6-SINFDA X.TO‘XTABOYEV IJODINI O‘RGANISH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

 


~ 46 ~ 
6-SINFDA X.TO‘XTABOYEV IJODINI O‘RGANISH 
MAVZUSIGA OID VIDEODARS TAYYORLASH 
Ishning maqsadi:
talabalarni 6-sinfda X.To‘xtaboyev ijodini 
o‘rganish mavzusiga oid videodars tayyorlash texnologiyasi bilan 
tanishtirish va amalda videodars tayyorlashga o‘rgatish. 
Foydalanish uchun adabiyotlar: 
1. Umumiy o‘rta ta’limning 6-sinf adabiyot o‘quv dasturi.
2. Ahmedov S. va boshq. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablrining 5-sinfi uchun darslik. – Toshkent: Sharq, 2020. – 208-216-
b.
3. To‘xtaboyev X. Sariq devni minib. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 
2013. – 236 b.
4. Tosheva O. Taqdimot materaillaridan foydalanish usullari // Til 
va adabiyot ta’limi. – Toshkent, 2012. – № 12. – B11-13.
Kerakli jihozlar:
axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ZOOM 
yoki “Power Point” dasturlari, “Sariq devni minib” asariga ishlangan 
“Sehrli qalpoqcha” filmidan kadrlar.
Ishni bajarish tartibi: 
1) yozuvchi hayoti va ijodini chuqur o‘rganish; 
2) 6-sinf “Adabiyot” o‘quv dasturi va darsligi bilan tanishish, unda 
X.To‘xtaboyev ijodi, xususan, “Sariq devni minib” asaridan berilgan 
parchalarni o‘rganishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlarni 
belgilash, shu asosda dars rejasini tuzish. Masalan, “X.To‘xtaboyev. 
“Sariq devni minib” romani. (4 soat, A2+: 6 soat). X.To‘xtaboyevning 
hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Roman qahramoni – 
Hoshimjon 
sarguzashtlarining 
obraz 
tabiati 
bilan 
uyg‘unligi. 
Hoshimjondagi yalqovlik va intizomsizlik qusurlarining qahramon 
taqdirini nojoiz yo‘llarga solib yuborganligi va bu holning ta’sirchan 
ifodalanishi. Roman qahramoni tabiatidagi quvnoqlik, topqirlik, 
hozirjavoblik, qo‘nimsizlik singari xislatlarning asar voqealari rivojidagi 
o‘rni. Qalpoqcha yordamida “ulg‘aygan” va turli ixtisoslikni “egallagan” 
Hoshimjonning har safar chuv tushishi sabablari, qahramon tabiatining 
yoqimli va noxush jihatlari hamda ular o‘rtasidagi aloqadorlik. Asar 
tilining o‘ziga xosligi”
12

12
Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. 5–9-sinflar // O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Тоshkent: 2017-yil 14 (774)-son, 230-modda. – 37-38-b.


~ 47 ~ 
3) yozuvchi ijodini o‘rganishga doir dars ishlanmasi tuzish, “Power 
Point” dasturi asosida taqdimotlar tayyorlash (1-ilova), taqdimotlar ichiga 
filmdan kadrlar yoki radiopostanovkalardan qisqartirib olib yuklash; 
4) asar asosida suratga olingan filmlar, “Online dars” 
teledasturlarini kuzatish; 
5) rejalashtirilgan dars loyihasi asosida axborot texnologiyalari
xususan, ZOOM dasturi, Telegram kanali (videochat) yoki “Power Point” 
dasturlari imkoniyatlaridan foydalanib videodars tayyorlash.
6) videodars tayyorlash mazmuni bilan tanishish (2-ilova). 
7) ZOOM dasturidan foydalanishda kompyuterga dasturni o‘rnatish, 
dars rejasi asosida o‘quvchilarga yetkazilishi zarur ma’lumotlarni 
muayyan tartib bilan bayon etish. Videodars tayyorlash uchun “Power 
Point” dastiridan foydalanishning qulayliklarini o‘zlashtirish. Buning 
uchun nazariy materiallarni tayyorlab olish, slayd-shou parametri 
imkoniyatlaridan foydalanish. 
1-ilova 
Dastlab taqdimot materiallarini tayyorlashga qanday talablar 
qo‘yilishi bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq. Bunda 
kompyuterning Microsoft Power Point amaliy dasturi imkoniyatlaridan 
unumli foydalanish mumkin. Bu dastur ko‘rgazmali va grafik 
xarakterdaligi bilan ma’lumotlarni vizual yetkazish vositasi sanaladi. Ms 
Power Point dasturi matn, tasvir, chizma, grafik va animatsiya effektlari, 
ovoz va videolavhalardan iborat slaydlarni yaratishga mo‘ljallangan.
Slayd bu muayyan o‘lchamdagi muloqot sahifasidir. Matn vazifasini 
o‘tovchi slaydlar jarayonni yoritishga xizmat qiluvchi chizma, grafik, 
fotosurat, animatsion effektlar yoki videotasvirlarni o‘z ichiga oladi. 
Slaydlardagi matnlar iloji boricha qisqa, aniq va lo‘nda bo‘lishi maqsadga 
muvofiq. Matn imkon qadar kamroq jonni egallashi, ya’ni 6–7 qatordan 
oshmasligi ma’qul. Aks holda harflar kichrayib ko‘rishni 
murakkablashtiradi. Matn harakatga kelishi, ularning almashishi
jihozlanishi uchun ko‘plab shablonlar, turlicha (oddiy, o‘rtacha, 
murakkab) tuzilishdagi animatsiya effektlaridan foydalanish tavsiya 
etiladi.
Taqdimot tayyorlashda dastlab g‘oyalarni shakllantirib olish, 
ma’lumotlar to‘plash, rejalashtirish, dizayn, animatsiya tanlash va ko‘rib 
chiqish amallari bajariladi.
G‘oyalarni shakllantirish
bosqichida materialning qaysi auditoriya 
uchun mo‘ljallangani, hajmi va ko‘rinishi haqida aniq to‘ xtamga kelish 
zarur. 


~ 48 ~ 
Ma’lumotlar to‘plash
da mavzu yuzasidan tegishli materiallar 
aniqlanib, undagi zarur jihatlar tanlab olinadi. Xususan, biror ijodkorning 
tarjimayi 
holi, 
fotosuratlari, 
jadvallar, 
kitoblari, 

haqda 
zamondoshlarining fikrlari, xaritalar, asarlari asosida suratga olingan 
filmlardan kadrlar kompyuter xotirasiga kiritiladi. 
Rejalashtirish
bosqichida to‘plangan ma’lumotlarni joylashtirish 
ketma-ketligi belgilanadi. Masalan, dastlab mavzu nomi, rejasi, ijodkor 
hayoti va faoliyatiga oid matn joylashitirlib, ular orasida rasmlar, audio 
yoki videomateriallarga o‘rin beriladi. 
Dizayn
yaratishda slaydlarning tuzilishi, asosining rangi, harflar 
shrifti va kattaligi kabi xususiyatlar e’tiborga olinadi. 
Animatsiya
ma’lumotlarning qiziqarliroq bo‘lishi, ta’lim oluvchilar 
diqqatini jalb etishini ta’minlaydi, matn va tasvirlarni harakatlantirish, 
unga ovoz berishiga ko‘ra tanlanadi. 
Ko‘rib chiqish
funksiyasi ekranning o‘ng tomoni pastki qismidagi 
kataklar ichidagi “Pokaz slaydov”, ya’ni slaydlarni ko‘rsatish so‘zi ustiga 
sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. 
Yuqoridagi amallarga tayanilib tayyorlangan tadqimot materialini 
kompyuter xotirasida saqlash, maxsus dasturlar orqali diskka ko‘chirish 
yoki fleshkalarga o‘tkazish orqali namoyish qilish mumkin.
2-ilova 
Videodars tayyorlash uchun dastlab tegishli ma’lumotlarni 
kompyuter programmalariga mos holda tayyorlab olish maqsadga 
muvofiq. Bunda zarur moslama – videokarta bo‘lishi talab etiladi. 
Moslamaga videokamera yoki televizorlar ham ulanishi mimkin. Ko‘p 
hollarda videoelementlarni monitorda ifodalay bilishning o‘zi kifoya. 
Shuningdek, videoadapter va monitorning bo‘lishi ham yetarli 
hisoblanadi.
Videodars tayyorlash uchun smart qurilmalardan foydalaniladi. 
Smart qurilmalardan real muhitni anglash, ta’lim jarayonida qo‘llash 
uchun multimedialar yaratishda foydalanish mumkin. Matnli izohlar, 
tasvirlar, audioyozuvlar yoki videoyozuvlar o‘tilayotgan mavzuni 
o‘zlashtirish imkoniyatini beradi. Talabalar belgilangan dars jarayonini 
smart qurilma orqali tasvirga olib ularni ijtimoiy media tarmoqlar 
(Instagram yoki Twitter, Foursquare yoki Yelp) orqali tegishli shaxslarga 
yuborishlari, ular ham mazkur dars mashg‘ulotini o‘rganib chiqishlari, 
shuningdek, bu borada boshqa hamkasblari bilan munozaralar tashkil 
etishlari mumkin.


~ 49 ~ 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə