Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Ishchanlik o‘yini darsi
– dars mavzusi bo‘yicha masalalarni hal 
etish jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali 
yangi bilimlarni o‘zlashtirish mashqi.
Rolli o‘yin
darsi
– dars mavzusi bo‘yicha masalalarni o‘rganishda 
o‘quvchilarga oldindan ma’lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu 
rolni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni mustahkamlash darsi. 
Teatrlashtirilgan dars
– dars mavzusi bilan bog‘liq sahna 
ko‘rinishlari tashkil qilish orqali chuqur, aniq ma’lumotlar berish darsi.
Kompyuter darsi
– tegishli o‘quv fani bo‘yicha dars mavzusiga 
doir kompyuter materiallari (multimedia, virtual o‘quv kursi va shu 
kabilar) asosida o‘tiladigan dars. 
Kim oshdi savdosi darsi
– o‘quv fani ayrim bo‘limi bo‘yicha 
bilimlarni har bir o‘quvchi qanchalik ko‘p bilishini namoyish etish darsi.
Yarmarka darsi
– o‘quv fani ayrim bo‘limi bo‘yicha bilimlarni har 
bir o‘quvchi qanchalik ko‘p bilishini namoyish etish darsi.
“Sud” darsi
– o‘quvchilar bilan dars mavzusiga mos “sud” 
jarayonini tashkil etish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi. 
“Tergovni bilimdonlar olib boradi” darsi
– dars mavzusini 
oldindan puxta o‘rgangan o‘quvchilar yordamida qiziqarli savol-javoblar, 
tahlillar asosida isbotlab tushuntirish mashqlari bo‘lib, bunda o‘quvchilar 
dars mavzusini o‘zlashtirib, eslab qolishlari uchun qulaylik yaratiladi. 
Integral (integrallashgan) dars
bir nechta fanlarga doir va 
integratsiyalash uchun qulay bo‘lgan mavzular bo‘yicha tashkil qilingan 
dars bo‘lib, o‘quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini orttirib, ta’lim 
jarayonidagi faolliklarini ta’minlaydi. Bunday darslar o‘quvchilarga 
fanlararo bog‘liqlikni o‘rgatish orqali ularda olam tuzilishining ilmiy 
asoslarini to‘liq idrok etish, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijodiy 
tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə