Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#121584
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   186
Rekrutment Darslik

2.4. Ommaviy rekrutment 
 
Ommaviy yoki loyihaviy rekrutment - buyurtmachi kompaniya bilan 
tasdiqlangan jadvalga muvofiq odatdagi lavozimlarga nomzodlarning katta 
va / yoki kelishilgan soniga yo‘naltirilgan rekrutment yo‘nalishi. 
Odatiy lavozimlarga, masalan quyidagilarni kiritish mumkin: chakana 
savdo tizimlari va do‘konlar uchun xodimlar, call-markaz operatorlari, 
tovarlar / xizmatlarni sotish bo‘yicha menejerlar, promouterlar, turli 
taqdimot tadbirlariga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar, yordamchi xodimlar.
Boshqa 
sohalar 
bilan 
taqqoslaganda 
ommaviy 
rekrutment 
buyurtmachi kompaniyada soni bo‘yicha keng miqyosli lavozim shtatlarini 
qisqa muddatda shakllantirishi bilan farqlanadi. Ko‘pincha buyurtmachiga 
ish tajribasi bo‘lmagan xodimlar yoki 1 yilgacha bo‘lgan talabalar kerak.
Ommaviy rekrutmentda asosiy qidiruv vositalari: 
- o‘z ma'lumotlar bazasi; 
- ommaviy axborot vositalarida nomzodlarni "konveyer" usuli bilan 
jalb etishga qaratilgan maqsadli reklama kampaniyalari; 
- Internet-manbalar (buyurtmachi kompaniya yoki provayder 
agentligining veb-sayti, ish saytlari, ijtimoiy tarmoqlar); 
- tavsiyalar (qoida tariqasida, buyurtmachi kompaniyaning turli 
loyihalarida ishtirok etgan nomzodlar); 
- universitetlar bilan ishlash; 
- mehnat yarmarkalari. 
Ommaviy loyihalar bo‘yicha ishlash texnologiyasi rekrutmentning 
ba'zi bosqichlarini optimallashtiradi (masalan, yakka emas, balki guruh 
suhbatlari o‘tkaziladi). 
Keyingi, ANKOR xoldingi misolida ommaviy ishga qabul qilishning 
asosiy bosqichlarini ko‘rib chiqamiz. 
1 bosqich. Loyihani qabul qilish va tashxis qilish. Ish hajmini 
kelishish. 
1) Dastlabki tahlil: loyihaning maqsadlari; tegishli soha va kasblardagi 
jug'rofiya va mehnat bozorining holati; lavozimga va nomzodlarning soniga 
qo‘yiladigan talablar; butun loyihani va uning har bir bosqichni amalga 
oshirish muddati; provayder – mijoz javobgarlik sohalarini taqsimlash; 
ishchilarning mijoz kompaniyaga ishga chiqishidan oldingi ish hajmi. 


34 
2) Loyihani bajarishda xizmatlar / dasturlarni amalga oshirish darajasi 
bo‘yicha kelishuvni ishlab chiqish. Mijoz bilan quyidagilar kelishib olinadi: 
reklama kampaniyasining rejasi; mizojning o‘qish va ishga tasdiqlangan 
nomzodlarni tanlash va chiqarish tizimi; nomzodning profili; baholash 
markazining dasturlari, provayderning ommaviy suhbatlar, test o‘tkazishi; 
nomzodlar bilan telefon orqali suhbatlashish uchun savollar matni; 
nomzodlar uchun motivatsion omillar; provayder maslahatchilari 
nomzodlarga bildiradigan lavozim va kompaniya haqida ma'lumot; hisobot 
shakllari. 
2-Bosqich. Loyihani amalga oshirish. Nomzodlarni qidirish va 
saralash. 
3) Loyiha jamoasini shakllantirish. Provayder xodimlari ish muhiti 
bilan tanishish uchun mijozning korxonasiga tashrif buyuradilar. 
4) Barcha tegishli qidiruv vositalaridan foydalangan holda potentsial 
nomzodlarni izlash va jalb qilish. 
5) Agentlikka nomzodlarni taklif qilish. Nomzodlar oqimini 
shakllantirish. 
6) Guruhlar bo‘yicha baholash usullaridan foydalangan holda 
agentlikda nomzodlar bilan guruh suhbatini o‘tkazish (baholash markazi, 
rolli o‘yinlar, testlarni o‘tkazish). Tanlovda asosiy e'tibor nomzodlarning 
shaxsiy fazilatlari va motivatsiyalariga qaratiladi. Intervyuerning asosiy 
vazifasi "kelishib bo‘lmaydigan" nomuvofiqliklarni aniqlashdir. 
7) Telefon va shaxsiy suhbatlar bosqichida nomzodlarni rad etish 
sabablarini tahlil qilish. Agar kerak bo‘lsa - loyiha dasturini tuzatish, mijoz 
bilan o‘zgarishlarni kelishish. 
8) Bosqich bo‘yicha hisobot tayyorlash. 
3-Bosqich. Mijozlarga nomzodlarni taqdim etish. 
9) tasdiqlangan jadvalga muvofiq mijoz bilan suhbatga ma'lum 
(kafolatlangan) nomzodlarni yo‘naltirish. 
10) Mijoz va nomzodlarning fikr-mulohazalari, har ikki tomondan rad 
etish sabablarini tahlil qilish. 
11) Bosqich bo‘yicha hisobot tayyorlash. 
4-Bosqich. Nomzodlarning ishga chiqishlari. 
Loyihani yakunlash. 
12) mijoz tomonidan tasdiqlangan nonzodlarni o‘qishga va / yoki 
ishga chiqishini muvofiqlashtirish. 
13) Tanlovdan o‘tmagan barcha nomzodlarni keyingi lavozim 
ko‘tarilishlari bo‘yicha tavsiyalar bilan rad etish. 
14) Loyiha bo‘yicha hisobotni tayyorlash. 


35 
15) Kafolat majburiyatlarini bajarish. 
Ommaviy rekrutment bo‘yicha xizmatlar narxini shakllantirishga 
provayder agentligi tomonidan buyurtmachilar kompaniyasini kerakli 
vaqtda kafolatlangan nomzodlar soni bilan ta'minlash uchun ketgan sarf-
xarajatlarni hisoblash ta'sir qiladi.
To‘lov ishlarning kelishilgan hajmi bajarilgandan keyin qisman yoki 
loyiha tugagandan so‘ng amalga oshiriladi. Qoidaga ko‘ra, katta xarajatli 
reklama kompaniyalariga ega bo‘lgan keng ko‘lamli loyihalarga avons 
to‘lovlar amalga oshiriladi (masalan, ham buyurtmachi kompaniyasi ham 
rekruting agentligi brend ilgari surilayotganida). 
Ommaviy rekrutmentda mutaxassislarni bepul almashtirish uchun 
kafolat muddati odatda qisqartirilgan (45 kungacha) yoki xizmatga 
kiritilmagan bo‘ladi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə