Savod o’rgatish davrida interfaol usullar (didaktik o’yinlar)dan foydalanish. Andijon viloyati Izboskan tumani 16- umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Hakimova Dilorom Kalit so’zlar: didaktik o’yinlar, interfaol



Yüklə 11,81 Kb.
tarix21.05.2023
ölçüsü11,81 Kb.
#111829
2 5471876141415403039


Savod o’rgatish davrida interfaol usullar (didaktik o’yinlar)dan foydalanish.
Andijon viloyati Izboskan tumani 16- umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Hakimova Dilorom
Kalit so’zlar: didaktik o’yinlar, interfaol.
Annotatsiya : Ushbu maqolada bolaga savod o’rgatish davri bosqichlari haqida ma'lumot berilgan. 1. Tayyorgarlik davri, 2. Asosiy davr. Bundan tashqari savod o'rgatishda taniqli pedagoglarning fikrlari berilgan. Turli didaktik o'yinlardan na'munalar keltirilgan.
Bu davrda ta’limiy –tarbiyaviy ishlar turli-tumandir. Bu davrda o’quvchilar rasm asosida matn tuzadilar. She’r, maqol, tez aytish va boshqalarni yoddan aytadilar va yangi she’r, maqol, ertak, kabilar o’rgatib boriladi. Savod o’rgatish davrida tovush, harf, bo’g’in, so’z, matn haqida ma’lumot beriladi va o’rgatiladi. Hamda unli va undosh tovushlarni talaffuziga qarabfarqlash o’rgatib boriladi.
Savod o’rgatishning ilk bosqichida harf va tovush haqida tushuncha , so’zni bo’g’in va tovushga ajratish, nutqini rivojlantirish, so’zlarning yozuvda ifodalanishi, boshlang’ich orfografiya qoidalari asosida yozuvga o’rgatish kabi muhim vazifa turadi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilarning savodxonligini yanada o’stirish uchun ta’lim jarayonini didaktik o’yinlar bilan tashkil etish samarali natijalarga olib keladi.
Savod o’rgatish darslarida didaktik o’yinlarni tashkil etishda o’quvchilarning bilish darajasi, yoshi, psixologik xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Didaktik o’yinlar yangi mavzuni bayon qilish, mustahkamlash, bolalar bilimini sinash jarayonlarida qo’llaniladi.
Xalq pedagogikasida bolalarni o’qitish va tarbiyalashda didaktik o’yinlardan keng foydalanish an’analari hozirgi kunda o’qituvchilar tajribasi asosida rivojlantirildi.
Chex pedagogi Y. A. Komenskiy didaktik o’yinlar bolaning aqliy faoliyatini o’stirish, nutqini rivojlantirish, tasavvurlarini kengaytirish, tengdoshlariga yaqinlashtirishini ta’kidlagan edi.
Didaktik o’yinlar o’quvchining turli-tuman qobilyatini, idroki, nutqi,, diqqatini, hamda aqliy rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Psixologiyada ham bola psixikasining rivojlanishida o’yinlar o’rni katta ekanini aytib o’tilgan. Abu Rayxon Beruniy o’quvchilarni ta’lim jarayoniga qiziqtirish muhim vazifa ekanligini uqtirib, “Bir xil narsa charchatadi, xotiraga malol keladi”- degan edi.
Didaktik o’yinlar o’quvchilarni darsga qiziqishini o’stiradi, mustaqil fikrlashga undaydi. O’ quvchilarni o’qishga ishtiyoqini o’stirish uchun ta’lim sifatini oshirish lozim. Savod o’rgatish davrida o’quvchilarni ta’lim jarayoniga qiziqishini oshirish uchun didaktik o’yinlardan keng foydalaniladi.
Didaktik o’yinlarda o’quvchilarning o’zlashtirishini hisobga olgan holda ta’limiy vazifalarni o’z ichiga olish muhimdur.
Didaktik oyinlar 3 turga bo’linadi.

  1. Og’zaki so’zlar yordamida o’ynaladigan o’yinlar.

  2. O’yin mashg’ulotlari.

  3. Harakatli o’yinlar.

Didaktik o’yinlar o’quvchilarning darsga qiziqishini o’stirishning eng samarali usulidir.
Quyida didaktik o’yin turlari bilan tanishamiz.

  1. Bekinmachoq” o’yini

Bu o’yinda So’zning 1 ta harfi tushurib qoldiriladi. Masalan: K I O B o’quvchilar katakchaga yashiringan harfni topadilar. Bu harf T harfi. K I T O B

  1. O’z o’rnini top “ o’yini.

Bu o’yinda so’zdagi harflar almashtirilib beriladi. O’quvchilar harflarni o’z o’rniga qo’yib so’z hosil qiladilar. Masalan: M A R K A- K A R A M
R M A K A

  1. So’zdan so’z top “ o’yini.

Bu o’yinlar guruhlar bo’yicha o’ynatilsa yana ham yaxshi bo’ladi. O’quvchilarni tez fikrlashga , topqirlikka , epchillikka yetaklaydi. Musobaqa tarzida o’tkaziladi. Masalan: B I L I M L I, B I L, I L, B I L I M

  1. Qaysinisi ortiqcha “ o’yini.

  2. Bu o’yin o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatadi. Masalan:

M A K T A B- M A K T R A B tarzida yoziladi. Bunda R harfi ortiqcha ekanligini topishadi.
XULOSA
Boshlang’ich sinflarda savod o’rgatish davrida interfaol usullar (didaktik o’yinlar) dan foydalanish ta’lim sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Buning uchun o’qituvchi savod o’rgatish davrida ta’lim jarayoniga didaktik o’yinlarni kiritish zarurdir. Chunki, didaktik o’yinlar o’quvchilarni darsga qiziqishini oshiradi, mustaqil fikrlashini o’stiradi hamda darsdagi faolligini oshiradi.
So’zlar vositasida o’ynaladigan o’yinlar “Tez aytish”, “Topishmoq”, “Zanjir” kabi so’z o’yinlari o’quvchini og’zaki nutqini o’stiradi, fikrlash qobilyatini rivojlantiradi. Bunday o’yinlar so’zlar vositasida nutqni o’stiruvchi o’yinlar hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda , interfaol o’yinlar o’quvchi shaxsini rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

  1. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi “Yangi yo’l poligraf servis”-2010

  2. Boshlang’ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar T. Gaffarova. “Tafakkur” Toshkent-2011

  3. “Zamonaviy ta’lim “ jurnali “Innovatsion texnologiyalar markazi” nashriyoti . 2018 Andijon Malaka Oshirish Instituti o’qituvchilari.

Yüklə 11,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə