Savod o‘rgatish tayyarlov davrida o‘yinlardan foydalanish mundarija kirish I. Bob yangilanayotgan oʻzbekiston taraqqiyotida iqtisodiy fanlarni oʻqitishning dolzarb masalalari respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 47,76 Kb.
səhifə4/7
tarix20.10.2023
ölçüsü47,76 Kb.
#129009
1   2   3   4   5   6   7
Savodxonlik o\'rgatish metodikasi Mahliyo Kurs ishi (автовосстановление)

Tayanch iboralar: tarbiya, maktabgacha, maqsad, vazifa, prinsip, mustaqillik, ta`lim tizimi, rivojlantirish, faoliyat xususiyatlari.
Maktabgacha pedagogikaning fan sifatida rivojlanish bosqichlari. O’zbekistonda maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelishi o’tgan asrning 10-20 yillariga to’g’ri keladi. Bu davrda Turkistonda bolalarni gimnaziyaga kirishga tayyorlovchi xususiy bolalar bog’chalaridan tashqari boshqa maktabgacha tarbiya tashkilotlari bo’lmagan. Biroq 1919 yilda davlatdagi siyosiy va iqtisodiy holat munosabati bilan o’sib kelayotgan avlodning sog’ligini saqlash, oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari bilan shug’ullanuvchi “Bog’chalarni himoyalash Kengashi” tuzildi. Bu davrda bollarni davlatning yanada sermahsul mintaqalariga ko’chirib keltirish, shuningdek, ularni ovqat, kiyim-kechak, uy, yoqilg’i, tibbiy yordam bilan ta’minlash masalalari yechilgan. Bu masalalarni yechishning asosiy 16 vositasi ommaviy oshxonalar, yasli va bog’chalar, boshqa tomondan esa ayollarni respublikaning jamoat va siyosiy hayotida faol ishtirok etishga yordam bo’lgan. Maktabgacha tarbiya ishini aniq tashkil qilish uchun 1918 yilda respublikada Toshkentning Eski shahrida o’zbek bolalari uchun 4-bolalar bog’chasi tashkil qilindi. 1919 yilda esa Samarqandda 2-bolalar bog’chasi va 3-bolalar uyida maktabgacha guruhlar ochildi. 1926 yilga kelib maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (jami 40 ta) 2000ga yaqin bolalar bo’lgan. Bu esa respublikadagi maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarning 36,4 % dir3 . Maktabgacha tarbiya ishchilari malakasini oshirishga qaratilgan maktabgacha tarbiya dasturining ishlab chiqilishi muhim muvaffaqiyat bo’ldi. 1927 yilda boshlangan ayollarning hujum harakati munosabati bilan bolalarning bolalar bog’chasiga berish hollari yanada ko’paydi. Kasaba uyushmalari va yirik fabrika-zavodlar yordamida ishlayotgan ayollarga yana bir yordamchi tashkilot-yozgi sog’lomlashtirish maydonchalari ta’sis e’tildi. XX asrning 30-yillarini maktabgacha tarbiya dasturlarida bolalar bog’chalarining tozalik va metodik yordam holatini tekshirish keng tarqaldi. Bu tekshirishlar natijalariga ko’ra xonalar va maydonchalarning jihozlanmaganligi, asbob-uskunalar bilan ta’minlanmaganligi, tozalik me’yorlariga amal qilinmasligi kabi kamchiliklarga qarshi kurash olib borilgan. Qishloqlardagi bolalar bog’chalari va maydonchalari maktabgacha tarbiya tashkilotlariga nisbatan bo’lgan salbiy qarashlar tufayli katta qiyinchiliklarga duchor bo’lgan. 1930 yilda O’zbekistonda respublikaning barcha katta shaharlari va viloyatlarida o’z bo’linmalariga ega bo’lgan maktabgacha tarbiya pedagogik maslahatxonasi tashkil qilindi. Uning faoliyati doimiy ma’ro`zalar, radiosuhbatlar, ayollar uchun ko’rgazmalar tashkil qilishdan iborat edi. Ular uchun bolalarga eng yaxshi burchak qilish bo’yicha musobaqa ham o’tkazilgan. Pedagogik maslahatlar beruvchilar oilalarga borishgan va bolalar burchaklarini tashkil qilishgan va shu bilan bolalarni bog’chalarga qabul qilish tartiboti hamda oilalarning tarbiya masalalari bo’yicha maslahat berish bilan birlashtirilgan. 1933-1934 yillarda sanab o’tilgan harakatlar natijasida O’zbekistonda 3840 ta kolxoz maydonchalari bo’lib, unda 127 ming bolalar qatnashgan. 1933 yil bolalar bog’chalari uchun ilk dastur loyihalarini ishlab chiharish yili bo`ldi. Rusiy zabon bolalar bog’chalari dasturlari asosida tuzilgan bu dasturlar keyinchalik mahalliy sharoitlarni inobatga olib qayta tuzilgan. Maktabgacha tarbiya birlashmalarining metodik faoliyati yagona markaz tomonidan rahbarlikni amalga oshirishga ehtiyoj sezgan. 1934 yil Toshkentda tuzilgan Respublika maktabgacha tarbiya metodik xonasi shunday markaz vazifasini bajardi. 17 Ommaviy maktabgacha tarbiyaning rivojlanishida eng katta to’siqlardan biri malakali kadrlarning yetishmasligi bo’lgan. Qishloq aholisidan kadrlar tayyorlash uchun qisqa muddatli 3 oylik kurslar tashkil qilingan. Bundan tashqari XX asrning 70-yillari boshidan maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash vazifasi pedagogik o’quv yurtlari zimmasiga qo’shildi.
1930 yildan Toshkentda faoliyat yurituvchi pedagogik o’quv yurti 1936 yilda 60 ta mutaxassis tayyorladi. Natijada 1938-1939 yillarda respublikada 927 ta bolalar bog’chasi ochilgan edi va ularda 36710 ta bola bor edi. Maydonchalar soni esa 4835 ta bo’lib ularda 152000 bola bor edi. Shu bilan birga bu vaqtda onalar uchun “Bolalar xonalari” nomli maktabgacha tarbiya tashkilotlari ham tuzilgan. Shu davrda va keyingi yillarda maktabgacha tarbiyani yaxshilash maqsadida quyidagi choralar ko’rilgan: - joylarda metodik ishlarni tashkil qilish; - mebel, o’quv qo’llanmalari, o’yingohlarning standartlarini ishlab chiqish; - maktabgacha tarbiya masalalariga jamoatchilik va aholining e’tiborini qaratish (matbuotda nashr qilish, hujjatlarni tuzish) va sh.k. Urush yillari O’zbekistonga 200 ming bola ko’chirib keltirilgan va natijada bolalar bog’chalari tarmog’ining kengayishi, ularda ish kunini uzaytirish zaruriyati paydo bo’lgan. Urush yillari maktabgacha internatlar ham tashkil qilingan. Ulardagi tarbiyaning o’ziga xosligi shundan iboratki, ularda o’z oilasi, yaqinlaridan ajragan bolalar tarbiyalanishgan. Bu holda pedagoglarning har bir bola uchun mas’uliyati tabora oshib borgan. Urushdan keying davrda oziq-ovqat muammolari munosabati bilan kuchsizlangan bolalar uchun sog’lomlashtirish chora-tadbirlari kuchaytirildi. Bu maqsadda respublikaning bir qator shaharlarida sanatoriya tipidagi bog’chalar tashkil qilindi. Qishloq hududida maktabgacha tarbiyaning rivojlanishiga katta ahamiyat berilgan. Bu qishloq ho’jaligi mahsulotlari, ayollar mehnatidan foydalanish zaruriyati bilan bog’liq edi. 1959 yildan maktabgacha tarbiyaning yagona tuzilishni tashkil qilish maqsadida ikki turdagi maktabgacha tarbiya tashkilotlari bitta yasli bog’chaga birlashtirildi. Bu esa bolalarni tarbiyalash jarayonining faollashuviga olib keldi. O’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar Toshkent va Marg’ilon pedagogika o’quv yurtlari tomonidan amalga oshirilgan. 1957-58 yillar ular 517 ta mutaxassis chiharishgan. Metodik va tarbiyaviy ishlarni yaxshilash maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan, Farg’ona, Chirchiq shaharlarida maktabgacha tarbiya xonalari ochilgan. 1961 yil Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot markazida O’zbekistondagi maktabgacha tarbiya muammolari ustida, tadqiqot olib boruvchi, bolalar bog’chalari va metodika xonalariga yordam ko’rsatuvchi markaz ochildi. 18 Toshkentda 1966 yil 26 aprelda bo’lib o’tgan zilzila natijasida 225 ta maktabgacha tarbiya tashkilotlari vayron bo’ldi. Biroq qisha vaqt mobaynida boshqa respublika quruvchilari yordami bilan bu tashkilotlar qayta tiklandi. XX asrning 60-80-yillarda ommaviy maktabgacha tarbiya quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilgan: -markazlashgan jamoa xo’jaliklariaro maktabgacha tarbiya tashkilotlarining ish tajribasini o’rganish uchun respublika majlislarini o’tkazish; - kolxozlar orasida eng yaxshi maktabgacha tarbiya tashkilotsi nomiga musobaqa o’tkazish; - yuqumli kasalliklardan aziyat chekuvchi bolalar uchun maxsus tashkilotlar tashkil etish; - bolalar sog’ligini saqlash bo’yicha maktabgacha tarbiya tashkilotlarini tashkil qilish; - yasli bog’cha va boshqa tarbiya tashkilotlari uchun mutaxassislar tayyorlash; - respublikaning pedagogik va musiqa o’quv yurtlarini keng turdagi mutaxassislar tayyorlab berishga o’tkazish; - maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona dasturini ishlab chiqish; - bolalarning estetik tarbiyasiga katta ahamiyat berish-o’zbek milliy san’ati asarlaridan foydalanish va boshqalar.
Maktab va maktabgacha ta’limning tashkil topishi, O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi maktabgacha ta’lim. O’zbekistonning mustaqil davlat maqomini qo’lga kiritishi bilan jamiyatning ijtimoiy muammolari yanada ko’paydi va keskinlashdi. Birinchidan, siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy ustuvor yo’nalishlarning almashishi, ikkinchidan, bu davrda ijtimoiy muammolarni yaxshi tushunmaslik oqibatida ro’y berdi. Biroq, demokratiya va oshkoralik tamoyillari, xorij davlatlari tajribasi yordamida davlat muhtojlarga real ijtimoiy pedagogik yordam bermoqda, ijtimoiy pedagogik fanini rivojlantirish uchun chora-tadbirlar ko’rmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshharuvini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF- 5198-sonli farmoni ijrosini ta’minlash hamda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o’rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish Davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yangi shakllarini joriy etish, shuningdek, 19 O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida : Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidagi O’RQ 595-sonli qarori 2019-yil 16-dekabrda qabul qilingan. Ushbu Qonun 11 bob, 58 moddadan iborat bo`lib, boblar quyidagi - Umumiy qoidalar, Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasini tartibga solish, Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi, Maktabgacha ta’lim tashklotlari turlari, Maktabgacha ta’lim tashklotlarini faoliyatining tashkil etish, Maktabgacha ta’lim tashklotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, Maktabgacha bo’lgan yosh davrlari, Bolalarning maktabgacha ta’lim tashklotlariga qabul qilish va ulardan chiharish, Maktabgacha ta’lim tashklotlaridagi ta’lim tarbiya jarayoni ishtirokchilari, ularni huquq va majburiyatlari, Maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish, Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy uslubiy ta’minoti Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari va yakunlovchi qoidalardan iborat.
 Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimiga yangicha yondashuv. O’tmish tajribasini o’rganish zamonaviy pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biriga aylanmoqda. Biroq tarbiyaning milliy xususiyatlariga murojaat qilish madaniy ajralishga olib kelmasligi kerak. Zamonaviy pedagogika fanining maqsadi u milliy xususiyatlar asosida fanning zamonaviy muammolarini yechishga yordam beruvchi, uning rivojiga o’z hissasini qo’shuvchi kuchlarni topishdan iborat bo’lmog’i lozim. Hozirda dunyoning turli davlatlarida xalqlarning madaniy xususiyatlariga katta e’tibor berilishi avvalgi madaniy yutuqlarning xozirgi zamon talablariga javob berishi, mavjud muammolarni hal qilish uchun ulardan foydalanish masalasining keskinligini tushirmaydi. O’sib kelayotgan avlodni hayotga tayyorlashning ko’p asrlik tajribasi yordamida yoshlarning zamonaviy bozoriqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyatga tayyorlash mumkinmi? - degan masalada qizg’in bahs munozara boradi. Qanday qilib xalqning o’z milliy qiyofasi, madaniy xususiyatlarini tiklamasdan bugunning muammolarini yechsa bo’ladi? Shubhasiz, moziy tajribasida, xalq pedagogikasida tarbiya va ta’lim jarayonlariga qo’llash mumkin bo’lgan ko’p narsa bor. Xalq pedagogikasi shaxsga o’z davrida ijtimoiy xususiyatlarni paydo qilish uchun lozim bo’lganpedagogik bilim, ko’nikma va malakalar, ta’lim-tarbiya berish, yo’llari, vositalarining majmuasi hisoblanadi. Milliy pedagogika xalqning ta’lim-tarbiya masalasi yuzasidagi qarashlari, g’oyalari, an’analari asosida shakllangan. Milliy pedagogikaning tengsiz qadriyati shuki, u birinchidan o’zida asrlar davomida shakllangan pedagogik haqiqatlarga 20 ega, ikkinchidan esa u hayotiy, amaliy xarakterga.
U o’z ifodasini xalq pedagogikasining barcha g’oyalari amaliy tajribaga asoslanganligi, amaliyotda sinalgan va yosh avlodni tarbiyalash bo’yicha amaliy faoliyatga qaratilganligida topadi. Xalq pedagogikasida hayotiy (maishiy, mehnat, axloqiy) va pedagogik ma’lumotlar, kuzatuvlar muhim ahamiyatga ega bo’lib muomala jarayonida o’zlashtiriladi. Xalq pedagogikasi tarixiy va ijtimoiy tajriba mahsuli va shu bilan birga ijtimoiy axloq va ijtimoiy moslashuv malakalarining shakllanishi vositasi, omili hisoblanadi. Xalq pedagogikasi jamiyatning pedagogik madaniyatidagi eng yaxshi qadriyatlarni mujassamlashtirgan: kattalarga hurmat, mehmondo’stlik, mehnatsevarlik, yuqori axloq, rostgo’ylik kabi. Xalq pedagogikasining ijtimoiy xarakteri yana shunda namoyon bo’ladiki, u ko’pgina etnomadaniy hodisalar-dunyoqarash, tibbiyot, etika, din, ekologiya va boshqalar bilan o’zaro munosabatda yorqin namoyon bo’ladi. Bu muammolar olimlar tomonidan o’rganilmoqda. O’zbek xalq pedagogikasida shaxs dunyoni hayotiy shaxsiy tajriba orqali o’zlashtiradi, degan teran fikr mavjud, chunki u boshqa shaxslar bilan muomalaga kirar ekan, ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi. O’zbek xalqida shunday naql bor: chaqaloq xali shaxs emas, u tom ma’nodagi inson bo’ladimi, yo’qmi-bu uning ota-onasi, uni o’rab muhit va boshqa odamlar bilan o’zaro munosabatiga bog’liq. Shuning uchun xalq pedagogikasi faqatgina avvalgi avlodlar tomonidan erishilgan, ishlab chiharilgan turli ong shakllarini o’zlashtirsagina go’dak insonga aylanadi. Bolaning tug’ilishi bilan birga, tarbiyalanishisiz halq hayotining rivoji, oldinga intilishi mumkin bo’lmagan hodisadir. Bu g’oya ko’psonli xalq rivoyatlari, afsonalari, dostonlarida o’rin olgan. Agar uni zamonaviy tushunchalarda ifodalasak, o’zbek xalq tarbiyasini hozir bolaga g’amxo’rlik qilish, uning sog’ligi haqida qayg’urish, uning hayotini himoya qilish, kattalar tomonidan uning aqliy rivojini, axloqiy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi uchun ularga ta’sir qilishning majmuasi hisoblanadi. Buyuk ma’rifatparvarlar-olimlar, pedagoglar, shoirlarning pedagogik g’oyalarini o’rganish inson tarbiyasi haqidagi xalq g’oyalari ularning asarlaridan joy topganligiini tasdiqlaydi. Ibn Sinoning “Tadbiri manozil” kitobining “Bolalar tarbiyasi va ta’limi” bobida oila tarbiyasi amaliyotidan, Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida turli xalqlarning an’analaridan AlFarobiyning “Katta musiqa kitobi”da xalq musiqasidan ko’p misollar bor, Nosir Husravning “Baxt kitobi” da ham oddiy odamlarning mehnatlari ulug’lanadi. Xalq pedagogikasini o’rganishga S.R.Rajabov, A.Ismoilova, I.Obidova, S.Temurova, M.Ochilov, A.Otayeva, Z.Mirtursunov, A.Minavarov kabi o’zbek 21 olimlarining ishlari bag’ishlangan. Bu mualliflarning ishlarini birlashtirgan holda o’zbek xalq pedagogikasining quyidagi yo’nalishlarini ajratsak bo’ladi:
 bolaning axloqiy, aqliy, mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasining o’zaro aloqasi asosida har tomonlama rivojlanishi g’oyasi;
 shaxsning rivojlanishida oilaviy tarbiyaning yetakchi rolini belgilash;
 xalq pedagogikasi usul va tamoyillarining xalq ijodi namunalarida mujassamlashuvi;
 ta’lim-tarbiyaning pedagogik usullarini birlashtirish;
 xalq pedagogikasining amaliy xarakteri;
 xalq pedagogikasining o’sib kelayotgan avlodni aniq amaliy fuharolik, oila faoliyatiga tayyorlashdagi ijtimoiy roli. Xalq pedagogikasining qoidalari xalq ijodi namunalari-maqol, ertak, ashula, doston, rivoyatlarda o’zining ifodasini topgan. Aynan shularda xalq asrlar mobaynida o’z ijtimoiy tajribasini umumlashtirgan. Ular hikmatlar shaklida pando’git mazmuniga ega bo’lib xalqning ijtimoiy hayotga bo’lgan real (hayotiy) qarashlarini ifodalaydi. O’zbek xalq pedagogikasining o’ziga xos xususiyatlaridan biri xalq og’zaki ijodi matnlarida tarbiyaning vosita, usullarining tavsifi beriladi. Hayotiy sharoitlar, oilaviy an’analar, tarbiya usullari va vositalari o’zbek xalqi orasida nihoyatda turli tumandir va bundan ko’p sonli manbalar dalolat beradi. Aynan shularda biz mehnat jarayonlarinin yigitva qizlar uchun mo’ljallangan bayramlarning o’ziga xos tavsiflarini topamiz. An’ana, odat, marosimlar avloddan-avlodga o’tib kelgan. Nikoh tuzish, bolaning tug’ilishi, mehmonlarni kutib olish va kuzatish, vafot marosimi, mehnat jarayonlarini o’tkazishning muayyan qoidalari mavjud bo’lgan. Bu marosimlarda bolalarning doimiy ishtiroki ta’minlanadi. Bu odatlar yordamida o’zbeklarning an’anaviy muomala shakli shakllanadi. Sobiq sho’ro tuzimi davrida milliy an’analarga, odatlarga hurmatsizlik qilish oxir-oqibat axloqiy holatlarning yomonlashuviga olib keldi. So’nggi yillarda insonlarning tabiat, jamiyat, dinga nisbatan munosabatida ko’proq erkinlik paydo bo’ldi. Bu sharoitlarida odat, marosimlar, muomala madaniyatdagi o’ziga xoslik o’sib kelayotgan avlodning har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash tizimida yanada muhim o’rin tuta boshladi. O’zbek xalqi axloqiy odatlarining mustahkamligi asosan oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaning alohida ahamiyati bilan bog’liq. O’zbek xalq pedagogikasida sevgi, oila, bolalar haqidagi qarashlar ko’p yillik tajriba ta’sirida shakllangan. Bu tushunchalarning qonun va qonuniyatlarida pedagogik va amaliyotda sinalgan tarbiya normalari qoidalar, o’z aksini topgan. Xalq pedagogikasida oila inson hayotida eng asosiy tarbiya omili sifatida ko’riladi. 22 Oila jamiyat negizidir. Oila bolalarga ta’sir etish usullari, odat-an’analarini aniqlashi kerak. U dam olish tartibini, bolalarning mehnat va o’quv mashg’ulotlarini belgilashi lozim. Shuningdek, oila ota-ona va bolalar orasidagi o’zaro munosabatlarning eng qulay me’yorlarini ishlab chiqadi. Chunki bola o’zini qiziqtirishgan masalalar bo’yicha eng avvallom bor o’z ota-onasi, eng avvalo onasi bilan o’rtoqlashadi. Bu yerda oila a’zolari orasidagi munosabatlar amalga oshadi, hamda ota-onaning tarbiyaviy vazifalari aniqlanadi. Oila va oilaviy tarbiyaning u yoki bu xususiyatlari doimo xalq e’tiborining markazida bo’lgan va bu xalq pedagogikasida o’z ifodasini topgan. Xalq avvalom bor baxtli oila yaratish yaratish uchun kurashgan. Xalq oilani baxt manbai, “tabiat go’zalligi”, mehnatsevar oila jamoasi sifatida ko’radi va oilada ayol va erkak teng huquqliligini e’tirof etadi, ayollar huquqini himoya qiladi, ajralishlarni qoralaydi, oilaviy nizolarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan hal qilishni maslahat beradi. Xalq pedagogikasida onalikka oliy ijtimoiy qadriyat sifatida qaraladi, xalq og’zaki ijodida esa Ona doim ulug’lab kelinadi. Oilaning ijtimoiy vazifalarini xalq bolada axloq, hurmat, kattalar va kichiklar bilan hushmuomala bo’lish, qishloq xo’jaligi, kasb-xunar malakalarini egallashda ko’rgan. O’zbekistonda zamonaviy bosqichda ijtimoiy pedagogika rivojlanishga nihoyatda katta e’tibor qaratilishining sababi milliy davlatchilikni shakllantirish jarayonidir. Bu davrda ayniqsa ijtimoiy muammolar nihoyatda keskinlashadi, ijtimoiy qarama-harshiliklarning yuzaga kelishi milliy havfsizlikka tahdid omili bo’lib xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun vaqtida choralar qabul qilish nihoyatda muhimdir. Iqtisodning liberallashuvi turli ijtimoiy qiyinchiliklarni –ilmsizlar sonini ortishi, turli tengsizliklar paydo bo’lishi, hayot tarzining buzilishini keltirib chihardi. Milliy mentalitet va hayot tarzining xususiyatlarini inobatga olib, eng kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga mahalla qo’mitalari orqali yordam ko’rsatish kabi ijtimoiy qo’llab-quvvatlash shakli tarqalmoqda. Bunday yondashuv bizning xalqimizda ko’p asrli ildizlarga ega va amaliy ahamiyati esa mablag’larning hayotda aniq tarqatilishini ta’minlaydi.
 Maktabgacha ta’limga doir farmon, qaror va farmoyishlarni sohaga keng tatbiq etish usullari. Respublikada olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning huquqiy asosi bo’lib quyidagi yo’nalishlarga doir hujjatlar xizmat qilmoqda:
1. Hayriya-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 4 martdagi “Sog’lom avlod uchun xalharo nohukumat xayriya fondining faoliyatini 23 ta’minlash choralari to’g’risida”gi farmoni. Unda fondning asosiy vazifalari belgilangan: - mablag’larni “Sog’lom avlod” davlat dasturiga qaratish; - oila va jamiyatda sog’lom hayot tarzini targ’ib qilish; - xorij va milliy homiylarning xayriya yordami vosita va mablag’larini jalb qilish; - ko’p farzandli oilalar, nogiron bolalar, bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga insonparvarlik yordami ko’rsatish.
2. Mehr-muruvvatga oid O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 27 yanvardagi “Mehr-muruvvat to’g’risida”gi farmoyishi. Uning maqsadi jamiyatda do’stlik, bag’rikenglik, xalqlararo totuvlik fuharolar, ayniqsa yoshlarning yaxshi axloqiy hislatlarini rivojlantirishdir.
3. Sog’lom avlod tarbiyasiga oid O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog’ligini saqlash to’g’risida”gi qonuni haqida aholining malakali tibbiy yordam va ijtimoiy himoya olishdagi konstitutsiyaviy huquqlarni amalga oshirishi, sog’liqni saqlash tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga moslashtirish maqsadida quyidagi farmon va farmoyishlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3 dekabrdagi “O’sib kelayotgan avlodni sog’lomlashtirish muammolarini kompleks hal qilish to’g’risida”gi farmoyishi, 2000 yil 15 fevraldagi “Sog’lom avlod davlat dasturi to’g’risida”gi, 2002 yil 31 oktyabrdagi “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish fondi faoliyatini tashkil qilish to’g’risida”gi, 2002 yil 25 yanvardagi “Ayollar va o’sib kelayotgan avlodning sog’ligini mustahkamlash to’g’risida”gi farmoni.
4. Ayollarning ijtimoiy himoyasiga oid O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Ayollarga qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida”gi 1989 yil 14 apreldagi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1989 yil 17 martdagi “Ayollarning maxsus himoyasini kuchaytirish to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 17 martdagi “Zararli va sharoiti og’ir ishlarda band ayollarning daromadlariga soliq solinayotganidagi imtiyozlar to’g’risida”gi farmoni.
5. Oilani qo’llab-quvvatlashga oid O’zbekiston Respublikasi prezidentining 1994 yil 16 iyundagi “Ko’p bolali oilalarga ijtimoiy yordam tizimini mukammallashtirish to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1986 yil 10 dekabrdagi “Ko’p bolali oilalarga yordam ko’rsatish to’g’risida”gi farmoyishi. “Voyaga yetmagan bolali oilalarga nafaqa to’lash to’g’risida”gi Nizomida bu nafaqalarni olish huquqiga quyidagilar ega: 24 - nogiron bolali oilalar; -ota-onasi yo’q bo’lgan va bolalarning tarbiyasi bilan harindoshlari shug’ullanuvchi oilalar; - ota-onadan biri yoki ikkalasi ham nogiron bo’lgan oilalar; - ota-onadan biri yoki ikkalasi ham ishsiz bo’lsa.
6. Nogironlarga yordam berishga oid 1991 yil 18 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida nogironlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida”, Vazirlar Mahkamasining “Yoshligidan nogiron bo’lganlarga, hariyalarga va mehnat qilishga layoqatsiz shaxslarga nafaqa to’lash to’g’risida”gi 1994 yil 24 iyundagi № 319 farmoyishi. Ularda nazarda tutilgan choralar nogironlar uchun individual rivojlanishlari, ularning ta’limlari va ishlab chiharishda qatnashishlari, sog’liqni saqlash dasturini amalga oshirishga qaratilgan. 1998 yil 1 aprelda Vazirlar Mahkamasining “Ona va bola skriningi dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi farmoyishi chiqdi. Bu dastur homilador ayollarda nogiron bolalarning tug’ilishini oldini olish uchun tug’ma va boshqa patalogiyasini aniqlashga qaratilgan. Bu farmoyishga binoan “Ona va bola skriningi” dasturini qo’llab-quvvatlash mas’uliyati “Sog’lom avlod uchun”, “Mahalla” fondi, O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo’mitasiga yuklatildi. 1998-2001 yillar orasidagi davrda “Sog’lom avlod uchun” fondining “Villak” (Finlandiya) va Bristol Monteds Skvibb (AQSH) kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiq skrining markazlari agrotexnika va boshqa texnik jihozlari bilan ta’minlandilar. 1997 yil 31 dekabrda Vazirlar Mahkamasining “SOS-O’zbekiston bolalar qishloqlari assotsiatsiyasini ta’sis etish to’g’risida”gi farmoyishi chop etildi. Bu assosatsiatsiya bolalar qishloqlarini tashkil qilish jamiyati- SOS-Kinderford xalharo jamiyati (Avstriya) tomonidan ta’sis etildi. Assosatsiatsiya faoliyatining asosiy maqsad va yo’nalishlari quyidagilardan iborat: - jamoatchilik va davlat tuzilmalarining yetim bolalarning jismoniy, aqliy va axloqiy jihatdan rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishdagi harakatlarini tartibga solish; - yetim bolalarga yordam berishga qaratilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirishda moliyaviy yordam berish; - falokatga uchragan barcha bolalarga yordam ko’rsatish; - O’zbekiston Respublikasida SOS-O’zbekiston bolalar qishloqlarini tashkil qilish va ularni jihozlar bilan ta’minlash; - SOS-Kinderford interneyshnl bilan hamkorlik qilish; - Assotsiatsiya faoliyatiga davlat, jamoat va xususiy xususiyatlarni jalb qiladimi; 25 - yetim bolalar uchun insonparvarlik dasturlarini tarqatish va qo’llabquvvatlash uchun OAVlari bilan hamkorlik qilish, ko’rgazma, seminarlar o’tkazish, axborot materiallarini chop etish. Yuqorida keltirilgan hujjatlardan ko’rinib turibdiki, ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor 1996 yildan qaratilgan. Bir yil avval 1995 yil O’zbekistonda shaxsni shakllantirishning ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi ishlab chiqildi. Konsepsiyaning asosiy qoidalari:
1. Madaniy-axloqiy tarbiyaning ta’limdan ustuvorligi;
2. Insonda ijtimoiy faollik, o’z-o’zini boshharish ko’nikmalari, muomala va axloq madaniyati, yuqori intizomga ega demokratik jamiyat fuharosini tarbiyalash;
3. Ijtimoiy faol shaxsni jamiyat ishlab chiharishning asosiy sharti sifatida shakllantirish har bir fuharo hayotining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy sohalarida ishtirok etishi;
4. Shaxsni ijtimoiylashtirish vositalari sifatida demokratiyalashtirish, insonparvarlik tamoyillarini amalga oshirish; Ta’limni demokratiyalashtirish-faollik va tashabbusni, hamkorlik, birlik vositalarini rivojlantirishni nazarda tutsa insoniylashtirish-yosh avlodni milliy, ijtimoiy-madaniy qadriyatlar orqali umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga, inson huquqlarini ta’minlashga ko’nikishlari demakdir. Bu konsepsiya boy tarixiy, madaniy, ma’naviy, pedagogik, ijtimoiy an’analar bilan birgalikda ijtimoiy-pedagogika fanining amaliy faoliyat sohasi sifatidagi rivojida poydevor bo’lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonuni”
 O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. Mamlakatimiz mustaqilligi e`lon qilingach, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun dastlab 1992-yilda qabul qilinadi, 1997-yilda esa yangi tahrirdagi Qonun qabul qilingan edi. 2020-yil 23-sentabrda 1997 yildan buyon amal qilib kelayotgan eskirgan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni almashtiruvchi yangi hujjat qabul qilindi. Qonun loyihasini takomillashtirish davomida 238 ta norma va qoida qayta ko’rib chiqildi, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qishartirish imkoniyatidan foydalanilgan holda 123 ta norma loyiha tarkibidan chiharildi hamda 54 ta to’g’ridan-to’g’ri amal qiluvchi modda almashtirildi. Shuningdek, ma’muriy byurokratik mexanizimga doir 7 ta modda butunlay chiharib tashlandi. Qo’nuning asosiy vazifalari: - ta’lim tizimining ishlashi va rivojlanishi uchun huquqiy kafolatlar va mexanizimlarni yaratish,ta’lim olish jarayonida ta’lim oluvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish va shaffoflikni ta`minlash; - O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standlari darajasigacha takomillashtirish ta’lim sohasida davlat hokimyati davlat boshharuvi organlari hamda mahalliy davlat hokimyati organlarini vakolatini belgilash va ular o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish; - ta’lim sohasidagi yuridik va jismoniy shahislarning huquqlari, majburyatlari va javobgarligini hamda ularning o’zaro munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish. 27 Ta’lim O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb tan olinadi. Maskur Qonunda ushbu yangi norma va qoidalar o’z aksini topishi natijasida qonun 11 bob va 75 moddadan iborat tartibda ishlab chiqildi. 1-bob. Umumiy qoidalar 2-bob. Ta’lim tizimini, turlari va shakllari 3-bob. Ta’lim tizimini boshharish 4-bob. Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uing nazoratini amalga oshirish 5-bob. Ta’lim tashkilotlarida pedagog xodimlarning huquqiy maqomi 6-bob. Ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vaqilllaring huquqi va majburyarlari 7-bob. Ta’lim–tarbiya jarayoni ishtirokchilarining ijtimoiy himoya qilish 8-bob. Nodavlat ta’lim tashklotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim tashklotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o’tkazish. Xorijiy davlatlarda olingan ta’lim to’g’risidagi hujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi hujjatlarga apostli qo’yish 9-bob. Ta’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash 10-bob. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik 11-bob. Yakunlovchi qoidalar. Yangi qonundan maktabgacha ta’limga oidlari quydagilar: 8-modda. Maktabgacha ta’lim va ta’rbiya bolalarni o’qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlangan, shuningdek, bolalarni umumiy o’rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalarni boshlang’ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilandi. 15-modda. Ta’lim olish shakllari quydagilardan iborar: - ishlab chiharushdan ajralgan holda ta’lim olish (kundizgi); - ishlab chiharishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy); - dual ta’lim; - oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim; - katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta’lim berish; - Inklyuziiv ta’lim; - eksternat tartibdagi ta’lim; - mudofa hafsizlik va huquqiy muhofaza qilish faoliyati soasida kadirlar tayyorlash. 28 Inklyuziiv ta’lim-alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarining xilma-xiligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim olishga bo’lgan teng imkoniyatlarni ta’minlasjga qaratilgan. Jismoniy, aqliy sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashklotlarida Inklyuziiv ta’lim tashkil etish. Inklyuziiv ta’limni ta’shqil etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 17-modda. Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko’nikmalarni olishga qaratilgan bo’lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashklotlari nego`zuda amaliy qismi esa ta’lim oluvchilarning ish joyida amalga oshiriladi. Dual ta’limni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi 57-modda. Nodavlat ta’lim tashklotlarining faoliyatini litsenziyalash “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’rilashto’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. Nodavlat ta’lim tashklotlariga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishni to’xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilishva qayta rasmiylashtirish Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyalar nomuayyan muddatga, ta’limning har bir turi uchun alohida beriladi. Ta’lim to’g’risiqagi qonun ta’lim sohasini yanada isloh qilishga hizmat qiladi.
 “Maktabgacha ta’lim va tarbiya” to‘g‘risidagi Qonuni. Maktabgacha ta’lim va ta’rbiya to’g’risidagi qonun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 16-dekabrda qabul qilingan O’RQ-595 hisoblanadi. Qonun 10 ta bob 58 moddadan iborat. Qonun maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi asosiy tushunchalar, ta’lim jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburyatlarini tartibga solindi, shuningdek, ilk marotaba milliy qonunchilik darajasida yosh bosqichlari rivijlandi. Ushbu qonuning maqsadi maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdir. Qonun bilan maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari, shuningdek, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari aniq belgilab berildi. Davlat ko’proq bolalarni maktabgacha ta’lim bilan ham rab olish va ularning to’liq tayyorlovini taminlash maqsadida, har bir bolaning umumiy o’rta ta’lim tashkilotiga kirishdan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashklotlarida umumiy o’rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o’tishiga bo’lgan huquqni kafolatlaydi. Qonunga muvofiq, maktabgacha ta’lim tashklotlari davlat va nodavlat tashklotlariga ajratildi. Bolalarni maktabga bepul tayyorlash bo’yicha 2018-2019 yillarda amalga oshirilgan loyiha asosida 6-7yoshli maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 494 ta guruh tashkil etildi. Olingan natijalar negizida 2021-2022 o’quv yilida ushbu 29 dastur bilan 6-7 yoshdagi bolalani 100% ham rab olish rejalashtirilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashklotlari bolalar salomatligi va ularning rivojlanishidagi o’ziga xoslikni inobatga olgan quydagi turlari bo’yicha tashkil etiladi: 1. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti- rivojlanishida jismoniy yiki ruhuy nuqsonlari b’lmagan bolalarni o’qitish; 2. Ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotirivijlanishda jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar chun maktabgacha ya’lim va tarbiya berish; 3. Inklyuziiv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti-rivijlanishda jismoniy yiki ruhiy nuqsoni bo’lgan bolalarni sog’lom bolalar bilan birgalikda o’qitish; 4. Qo’shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti-rivojlanishda jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalarning va rivojlanishda nuqsonlari bo’lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda shuningdek inklyuziiv guruhlarda birgalikda o’qishni hamda tarbiyalanishni tashkil etishga qaratilgan.Nodavlat MTTni yuridik shaxslar hususiy MTT shakli yoki davlat-hususiy sherikchilik asosidagi MTT shaklida yohud jismoniy shahislar ham yakka tartibdagi tadbirkor sifatida bir vaqtning o’ziada 25 nafardan ko’p bo’lmaga bolaga ta’lim berish mumkin bo’lmagan oilaviy nodavlat MTT ko’rinishida tashkil etishlari mumkin. Maktabgacha ta’lim uchun to’lovlar davlat MTTlariga to’lov qonunchilik belgilaydi, nodavlat MTT larni maktabgacha ta’lim va tarbiyaviy ishlari qiymatini mustaqil ravishda aniqlaydi (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno). Davlat MTT to’lovini shakllantirishga bir nechta omillar ta’sir ko’rsatadi: - MTT joylashuvi; - bollalarning MTT da kum davomida bo’lish vaqti; - bir MTTga qatnovchi bir oila farzandlari soni. “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonun asosida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti barcha maktabgacha ta’lim tashklotlari uchun majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti kamida besh yilda birmarta qayta ko’rib chiqiladi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini, maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya berish sohasidagi o’quv-uslubiy qo’llanmalarni, uslibiy tavsiyalarni ishlab chiqishda, shuningdek maktabgacha ta’lim tashklotlarini loyihalashtirishda, qurishda, jihozlashda hisobga olinishu shart. Maktabgacha ta’lim tashklotlarida o’quv yili joriy tilning 2-sentabridan keying yilning 31-mayigacha bo’lgan davrni, sog’lomlashtirish davri joriy yilning 1-iyunidan 31-avgustigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
 Maktabgacha ta’lim tizimida kadrlarni tayyorlash va sohaga qabul qilishga qo`yiladigan talablar. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati ijtimoiy –ma’naviy qudrati hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatdoshligi, ilm-fan taroqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois O’zbekiston Respublikasini yanada takomillashtirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intelektuval salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimini yaratish ko’zda tutildi.
Uzluksiz ta’lim-o’zaro mantiqiy izchiliika asosida bog’langan hamda soddadan murakkabga rivojlanib boruvchi va bir birini taqqozo etuvchi bosqichlardan iborat taxlit ta’limiy tizimdir. Maktabgacha ta’lim uzliksiz ta’lim tizimining birlamchi bo’g’ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog’lom va barkomol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda go’yat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin tahlillar shuni ko’rsatadiki, oxirgi yillarda turli omillar tasirida maktabgacha ta’lim tizimida bollalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o’rniga,orqaga ketish hollari yil davomida maktabgacha yoshdagi bollalrni maktabgacha ta’lim muassalariga ham rab olish ko’rsatkichlari osish tendensiyasi ko`zatilmadi. Buning asosiy sabablari MTTlarda moddiy-texnik bazasi zamonaviy ta’lablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bollalarni maktabga tayyorlash bo’yicha muqobil shaklllarning ishlab chiqilmasligi rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli o’rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan aksariyat pedagog kadrlarning oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifatini monitoring yuritilmaganligi kabi omilllar sabab bo’ldi. O’tgan qisha vaqt mobaynida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonida maktabgacha ta’limga kata etibor qaratildi. Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun bir qator haroq va farmonlar imzilandi. Jumladan Prezidentning “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimi boshharuvini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risid”gi, “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi farmon va qarorlari shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Dasturi” hamda respublikada maktabgacha tizimni yanada takomillashtirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” asosida misli ko’rilmagan ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz yana birqator vazifalarni topshirdilar jumlada, ilg’or xorijiy tajibani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intelektuval, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish,maktabgacha ta’lim muassalarida bollalrni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshlash, ta’lim tarbiya jarayoniga jahon amaliyitida keng qo’llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish,maktabgacha ta’lim 31 muassalariga pedagog kadirlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizimini takomillashtirishdan iborat bir qator vazifalar qoyildi. Maktabgacha talim muassalarini yetarli shart sharoitlar yaratish rejalari qo’yildi. Maktabgacha ta’lim muassalarida tarbiyalanuvchilarni yanada rivojlantirish uchum 5ta rivojlanish markazlari tashkil etildi. MTTda rivojlanish markazlarida ishlash har bir bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda eng samarali rijovlanishiga imkon beradigan tarzda, uning individual qobilyatlarini, qiziqishlari, faoliyat darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik bepul tayyorgarlik ko’rish uchun barcha guruhlarda rivojlanish markazlari, shu jumladan maktabgacha ta’limda kuni boyi bo’lishi uchun tayyorgarlik mavjud. Maqsad bollalarning har tomonlama rivojlanishi, tarbiyalanishi, o’kishi va uning maktabga samarali tayyorgarligini ta’minlash uchun sharoit yaratish. O’zbekistda 2021-yilning 22-martidan bolalalar uchun mo’ljallangan ta’lim va ko’ngil ochar telekanal o’z faoliyatini boshladi. Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimiga katta etibor berish davom etmoqda.
 O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi va uning turlari. 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 2-bob 7-moddasida mamlakatdagi ta`lim tizimi turlari haqida so`z boradi. Qonunga muvofiq ta’lim turlari quydagilardan iborat: - maktabgacha ta’lim va tarbiya; - umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim; - professanal ta’lim; - oliy ta’lim; - oliy ta’limdan keyingi ta’lim; - kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; - maktabdan tashqari ta’lim.
 Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini. Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi. 32 Ushbu Qonunga muvofiq Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari (O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 16.12.2019 yildagi O‘RQ-595- son 4-modda) quyidagilardan iborat:
 har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi;  har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi;
 maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni sog‘lomlashtirishning, oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi;
 maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyg‘unligi;
 bolaning shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy yondashuv;
 maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning izchilligi hamda uzluksizligi;
 ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi;
 ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi;
 maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sog‘lig‘i holatiga muvofiqligi. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari (O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 16.12.2019 yildagi O‘RQ-595-son 5- modda) quyidagilardan iborat:
 har bir bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishini ta’minlash;
 bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiyaga to‘liq qamrab olinishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
 bolaning rivojlanishida, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishida oilaga har tomonlama yordam ko‘rsatish;
 bolalarning, shu jumladan alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun shartsharoitlar yaratish;
 ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini yaratish hamda rivojlantirish;
 maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
 maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish;
 maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida zamonaviy innovatsion va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
 xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Yüklə 47,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə