Savod o‘rgatish tayyarlov davrida o‘yinlardan foydalanish mundarija kirish I. Bob yangilanayotgan oʻzbekiston taraqqiyotida iqtisodiy fanlarni oʻqitishning dolzarb masalalari respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 47,76 Kb.
səhifə3/7
tarix20.10.2023
ölçüsü47,76 Kb.
#129009
1   2   3   4   5   6   7
Savodxonlik o\'rgatish metodikasi Mahliyo Kurs ishi (автовосстановление)

KURS ISHINIG TARKIBI : Kurs ishi 2 bob ,Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I.BOB YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI OʻQITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
16-iyun, 2023- yil 371 mehnatiga bog‘liq. Ma’lumki, didaktik o‘yinlar o‘quvchilar malaka va ko‘nikmalariga ko‘ra, murakkablik darajasiga ko‘ra guruhlanib, soddadan murakkablik dinamikasiga qarab boradi. Shu sabablarni nazardan chetda qoldirmay, har bir dars jarayonida yoki ayni mavzular yuzasidan didaktik o‘yinlarni tanlab olishda e’tiborli bo‘lish o‘qituvchining vazifalari sirasiga kiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tilidan grammatik bilimlar berishda didaktik o‘yinlardan foydalanish samarali natija beradi. Chunki kichik maktab yoshidagi bola hali o‘yin faoliyatidan ajralmagan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi fonetikadan bir qator bilimlarni egallaydilar. Unli, undosh tovushlarni talaffuz qilish va taqqoslash asosida farqlaydilar. Undosh tovushlarning jarangli va jarangsiz talaffuz etilishi, jufti bor va jufti yo‘q jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida amaliy bilim oladilar. Bu borada boshlang‘ich sinflarda qo‘llaniladigan tekshirish metodi tovushlarning jarangli yoki jarangsiz ekanligini anglab olish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida to‘g‘ri yozishda qo‘l keladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda bo‘g‘in va uning turlari, urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlar, tovushlarning bir-biriga ta’siri haqida ham amaliy bilim oladi. Bularning barchasini o‘zlashtirib olish bir qator murakkabliklar tug‘diradi. Shu tufayli boshlang‘ich sinflarda fonetikaga oid didaktik o‘yinlardan foydalanish qo‘l keladi. Yuqorida ta’kidlanganlardan kelib chiqqan holda, quyida aynan boshlang‘ich ta’limda qo‘llash mumkin bo‘lgan didaktik o‘yinlardan biri — «So‘z tuzish» o‘yini haqida qisqacha ma’lumot berish lozim deb topildi. «So‘z tuzish» o‘yini savod o‘rgatish davrida o‘tkaziladi. Bu o‘yinlarni bajarish o‘quvchilarga tovushning so‘z hosil qilishidagi ahamiyatini to‘laroq tushunib olish imkonini beradi. O‘quvchilar ushbu didaktik o‘yinda ishtirok etar ekan, ularda so‘zlarning turli-tuman usullar bilan hosil bo‘lishiga katta qiziqish uyg‘onadi. O‘zlari hosil qilgan yangi so'zlardan bevosita zavq olishga muvaffaq bo‘ladi. So‘z tuzish o‘yini savod o‘rgatishning tarkib - tahrir (analitik –sintetik) tovush metodi asosida bajariladi. Ma’lumki, ushbu metodning ikkinchi qismi tuzish, qurish, birlashtirish singari ma’nolarni bildiradi. So‘z tuzish o‘yini ham aynan so‘zga xilma-xil tovushlarni, bo‘g‘inlarni qo‘shish orqali hosil bo‘ladi. Bu ta’limiy o‘yinni bajarishda o‘quvchilar so‘zga turli xil usullar bilan tovush qo‘shib yangi so‘z hosil qiladilar. Bu esa ularning lug;at boyliklarini ortishiga ham hissa qo‘shadi. Demak, bundan ko‘rinadiki, so‘z tuzish o‘yini singari qator didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda nafaqat o‘yin faoliyatiga qiziqishni oshiradi, balki o‘yin orqali lug‘atlarida so‘zlar safining kengayishiga ham xizmati qiladi. Bundan tashqari o‘quvchilarda lingvistik kompetensiyalarning rivojlanishida poydevor hosil bo‘la boshlaydi. Bu esa keyinchalik o‘quvchilarning nutqi ravon, yozma bayonot qilish ko‘nikmasining jadal bo‘lishida xizmati qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish haqida.

Yüklə 47,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə