Schyot tizimi va ikkiyoqlama yozuv



Yüklə 22,19 Kb.
səhifə4/7
tarix11.10.2023
ölçüsü22,19 Kb.
#127086
1   2   3   4   5   6   7
Schyot tizimi va ikkiyoqlama yozuv-fayllar.org

3.2. ASOSIY SCHYOTLAR
Asosiy schyotlar mablag’lar turlari (aktiv) mavjudligi va harakati ustidan va ularning
manbalarining (passiv) nazorat qilish uchun ishlatiladi. Barcha asosiy schyotlarga
ularda korxona mulkining hisobga olinishi xosdir. Asosiy schyotlarning xususiyati
shundan iboratki, agar ularda qoldiq mavjud bo’lsa, ularning hammasi balans
tarkibiga kiritiladi.
O’zining tuzilishi va qanday maqsadga mo’ljallanganligiga qarab asosiy schyotlar
asosiy aktiv, asosiy passiv schyotlarga bo’linadi.
Asosiy aktiv schyotlar moddiy va pul mablag’larining mavjudligi va harakatini
hisobga olish hamda debitorlar bilan hisob-kitoblar uchun xizmat qiladi. Ularning
xususiyatlarini
«Materiallar» va «Debitorlar bilan hisob-kitoblar» schyotlari misolida ko’rib
chiqamiz.
«Materiallar» schyoti korxona omboridagi materiallarni hisobga olish uchun
ishlatiladi. Ma’lumki, davr boshiga omborda mavjud bo’lgan materiallar
(boshlang’ich qoldiq) bu schyotning debetida aks ettiriladi. Kirimi debetiga,
chiqimi-kreditiga yoziladi. Oxirgi qoldiq bu schyotda albatta debetida (yoki nolga
teng) bo’lishi kerak, chunki omborda mavjud bo’lgan materiallardan ortiqcha
sarflash mumkin emas.
«Debitorlar bilan hisob-kitoblar» schyoti korxonalar bilan bajarilayotgan xizmatlari
bo’yicha hisob-kitoblarni hisobga olish uchun mo’ljallangan. Korxonaning xali
bajarmagan, lekin haqi to’langan xizmatlari uchun qarzi bu schyotning debetida
boshlang’ich qoldiq sifatida ko’rsatiladi. Korxonalarning mazkur korxonaga bo’lgan



qarzining oshib borishi ham uning debetiga, uning uzilishi (qarzning to’lanishi) esa


- kreditiga yoziladi. Oxirgi qoldiq faqat debetli bo’lishi (yoki nolga teng) mumkin,
chunki xaridor o’z qarzini boshqa korxonaga shu qarzidan ortiq summada
to’lamaydi.
Mulk (inventarlar)ni hisobga oladigan schyotlarga asosiy vositalar, uzoq muddatli
ijarga olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, materiallar, yoki va bo’rdoqiga
boqilayotgan mollar, o’zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor
mahsulotlar, tovarlar kiradi.
Pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar kassa, hisob-kitob schyoti, chet el
valyutasidagi pul mablag’lari, bankdagi maxsus schyotlar, qisqa muddatli
investitsiyalar, pul ekvivalentlari, yo’ldagi pul jo’natmalar kiradi.
Xususiy kapitalni hisobga oladigan schetlarga ustav kapitali, qo’shilgan kapital,
rezerv kapital, taqsimlanmagan foydalar kiradi.
Asosiy aktiv schyotning ta’rifi
Debet 
Boshlang’ich qoldiq - moddiy va pul mablag’lari yoki ushbu korxonaga bo’lgan
mavjudligi aylanma -mablag’lar kirimi (kelib tushishi) yoki debitorlarning ushbu
korxonaga qarzining ko’payishi
Debet oxirgi qoldiq

Yüklə 22,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə