kalkulyatsiyalanadigan ob’ektga tegishli bo’lgan chiqimlarni ushbu schyotlarning
debetida yig’ish yo’li bilan hisoblab chiqiladi, chunki
bu chiqimlar summalari
mazkur jarayonda (masalan, xizmat ko’rsatish jarayonida) sarflangan mablag’lardir.
Shuning uchun kalkulyatsiya schyotlari aktiv hisoblanadi.
Kalkulyatsiya schyotlarining tuzilishi «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining
misolida ko’rib chiqamiz.
«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
D-t
K-t
1) 21000
2) 30000
3) 2400
4) 9500
5) 450
10) 45000
Aylanma 67500
Aylanma 45000
Qoldiq 22500
Bu schyotning debitida keltirilgan 5 ta xo’jalik
muomalalari mahsulot ishlab
chiqarish uchun sarflangan turli xarajatlarini anglatadi, 6
muomalaning summasi
(bajarilgan xizmatlar haqiqiy tannarxining hisobdan chiqarilishi) 45000 so’mga teng
deb faraz qilaylik. Unda «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti quyidagicha ko’rinishga
ega bo’ladi.
«Asosiy ishlab chiqarish» schyotining debetida xizmatlar tannarxi kelib chiqadigan
barcha chiqimlar yig’iladi. Uning kreditidan u yoki boshqa kompaniyalarga
ko’rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi hisobidan chiqariladi.
Bu schyotdagi
qoldiq faqat debetli bo’ladi va tugallanmagan mahsulotga qilingan xarajatlarni, ya’ni
tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxini anglatadi.
Kalkulyatsiya schetlar tarkibiga 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotidan tashqari
0800
«Kapital qo’yilma sotib olish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 2610 «Ishlab
chiqarishdagi brak», 2710 «Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar» schetlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: