Science and Innovation International scientific journal



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix04.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108334
1   2   3   4   5   6   7
12-13-yoshli-voleybolchilarda-yuqoridan-ikki-qo-llab-to-p-o-zatish-texnikasi-va-aniqligini-harakatli-o-yinlar-orqali-rivojlantirish

TADQIQOT NATIJALARI
Tadqiqotimiz maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar ko‘rib chiqildi. 
1
.
Yosh voleybolchilarda ijro etiladigan o`yin malakalarini texnikasini harakatli o`yinlar 
yordamida shakllantirish – tajribasini o`rganish. 
2. Yosh voleybolchilarda yuqoridan ikki qo‘llab to`p qabul qilish va uzatish texnikasini 
moslashtirilgan harakatli o`yinlar yordamida shakllantirish samaradorligini aniqlash. 
Tadqiqot ob’ekti etib boshlang‘ich tayyorlov bosqichida, ikkinchi yil shug‘ullanuvchi 
voleybolchilar tanlab olindi va texnik malakalarni maxsus mashqlar va harakatli o‘yinlar 
yordamida shakllantirish samaradorligini o‘rganish. 
Tadqiqotimizda boshlang‘ich tayyorlov bosqichida shug‘ullanayotgan 12-13 yoshli 
voleybolchilarda yuqoridan ikki qo‘llab to‘pni qabul qilish va uzatish texnikasini 
shakllantirishga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar va xarakatli o‘yinlar tadqiqot asosida saralab 
olindi. 
Ikkinchidan qayd etilgan texnikaga mos maxsus mashq va harakatli o‘yinlarni muntazam 
qo‘llash natijasida bu ijro malakalari nisbatan qisqa muddat ichida samaraliroq rivojlandi. 
Olingan tadqiqot natijalari, ularning tahlili, mulohaza va xulosalar hamda ishlab 
chiqilgan amaliy tavsiyalar voleybol bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlariga 
tadbiq etilishi yosh voleybolchilar texnik va jismoniy tayyorgarligini samarali shakllantirish 
imkoniyatini oshiradi. 
Tadqiqotni 12-13 yoshli voleybolchilarda o`tkazilib, pedagogik tadqiqot 6 oy davomida 
har biri 12 nafardan iborat nazorat va tajriba guruhlariga mansub bolalar olib borildi. 
Ikki guruhda ham mashg‘ulotlar 90 daqiqadan iborat bo`lib, xaftasiga 3 martadan olib 
borildi. 
Texnik malakalar aniqligi amaldagi an’anaviy testlar yordamida o`rganilgan bo`lsa, 
texnik mahoratining shakllanganlik darajasi 3 nafar murabbiylardan iborat ekspertlar baholari 
asosida aniqlandi. 
MUHOKAMA
Tajriba guruhida o`tkazilgan mashg‘ulotlarda quyidagi moslashtirilgan harakatli o`yinlar 
qo`llanildi. 
1. «Koptokni qabul qil va aniq qaytar».


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə