«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 50,88 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü50,88 Kb.
#163958
1   2   3   4   5
yangi-davrda-o-zbekistonda-xotin-qizlar-rolining-rivojlanish-bosqichlari (1)

MUHOKAMA


1995-yilda “Tinchlik, taraqqiyot va tenglik” shiori ostida Pekin shahrida o’tkazilgan Butunjahon xotin-qizlarining konferensiyasida mamlakatimiz xotin-qizlari vakillari ishtirok etib, xotin-qizlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan Pekin deklaratsiyasi platformasi (dastur) ga qo’shildi. Xotin-qizlar teng huquqliligi va gender masalalarining iqtisodiy hayot bilan uzviy bog’liqligini BMT Bosh Assambleyasining 2000-yil iyun oyidagi “Ayollar 2000: Gender tenglik, rivojlanish va jahon XXI asrda” maxsus sessiyasiga tayyorgarlik chog’ida Jahon banki tomonidan o’tkazilgan tadqiqot doirasida ham isbotlab berilgan. Davr nuqtai nazaridan qaralganda, gender tengligi, gender masalalari tushunchalari Markaziy Osiyo mintaqasida rivojlanishning yangi bosqichini vujudga keltirdi. Yillar davomida olib borilgan izlanishlar bu turdagi rivojlanish amaliyotining tahlillari xotin-qizlar ko’pincha rivojlanish jarayonlaridan chetda qoladi, va hatto ishtirok etgan taqdirda ham rivojlanish loyihalari natijalari erkaklar va xotin- qizlarga turlicha ta’sir ko’rsatadi degan xulosalarni keltirib chiqardi. Shu tariqa ushbu mintaqada xotin-qizlarning rivojlanishda ishtirokiga yondashuvni qayta ko’rib chiqish va rivojlanish loyihalarini xotin-qizlar va bolalar ahvoliga salbiy ta’sirini yengib o’tish zarurati vujudga keldi. Qarama-qarshi jins vakillari o’rtasidagi bu kabi tafovutlar davlatning ichki siyosati, islohotlar ko’lami, ulardan kutilayotgan maqsad hamda millatning etnik xususiyatlarga bog’liq jihatlarni ham qamrab olishiga ko’ra Markaziy Osiyo mintaqasi ajralib turadigan hududga aylandi. Mintaqaning Qozog’iston va Qirg’iziston mamlakatlari “kelin o’g’irlash” amaliyoti hanuzgacha saqlanib qolgan. Tojikiston hukumati tomonidan ayollarga kiyinish tartibi belgilab berilganligi va Xotin- qizlar va oila ishlari qo’mitasi tomonidan kiyinish tartibi qo’llanmasi chop etilganligi hozirgi vaqtda ham ayollar masalalari bilan jiddiy muammolar mintaqaning asosiy hal qilinishi kerak bo’lgan vazifasi ekanligini ko’rsatadi2.



Yüklə 50,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə