Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix23.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#112360
1   2   3   4   5
ona-tilini-o-qitishda-innovatsion-texnologiyalardan-foydalanish

 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Grammatika va imloni o‘rgatish sohasida respublikamiz olimlaridan K.Qosimova, 
Q.Abdullaeva, 
R.Safarova, 
A.Isabaev, 
Sh.Yuldasheva, 
M.Xudoyberganova, 
Sh.Yo‘ldosheva, S.Raxmetova, N.Bekniyazova, Ye.Avduvalitov, A.Nisanbaevalarning 


SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1482
tadqiqot ishlari, yaratgan metodik qo‘llanmalari, darsliklari, ilmiy maqolalari alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari olimlaridan N.Bogoyavlenskiy, 
M.Lvov, T.Ramzaeva, S.Yurtaev, N.Algazina, N.Persevalarning tadqiqotlarida 
boshlang‘ich sinf ona (rus) tili darslarida o‘quvchilarning grammatik tushunchalarni 
anglash va o‘zlashtirish xususiyatlari, hamkorlikda ishlash, izlanish faoliyatlarini tashkil 
etish masalalari o‘rganilgan. 
NATIJALAR 
Ona tilini fan sifatida o‘qitish borasida o‘z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb 
muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Jumladan: 
ona tili fanini o‘qitishda asosan nazariy ma'lumotlarga e'tibor qaratilgan bo‘lib, 
o‘quvchining nutqiy (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyasini 
oshirishga yetarli e'tibor berilmagan; 
ona tili fanida o‘qitiladigan mavzular sinflar kesimida tahlil qilinganda, o‘quvchi 
uchun murakkab bo‘lgan ko‘plab grammatik mavzularning mavjudligi; 
ona tili fanini hayot bilan bog‘lab o‘tishga, ona tilimizning boy imkoniyatlaridan 
unumli foydalangan holda, o‘quvchilarga mazmunli, sodda, qiziqarli tarzda yetkazib 
berishga e'tibor qaratilmagan; 
o‘quvchilar darsliklardagi mavzularni o‘zlashtirishida qiziqish, ishtiyoq, maylni 
hosil qiladigan, mantiqiy, kreativ, ijodiy fikrlashga undovchi mashqlar, topshiriqlar o‘z 
aksini topmagan; 
umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ona tili fanini o‘qitishning yangi, samarali 
usullari, ilg‘or pedagogik texnologiyalarini keng joriy etish talab darajasida emas; 
ona tili fanining ilmiy metodik ta'minoti (darslik, o‘qituvchi kitobi, mashq daftari, 
mul'timedia ilovalar, didaktik materiallar va boshqa) yetarli darajada ishlab 
chiqilmagan; 
o‘qituvchi va pedagoglarning metodik ta'minotini yaxshilash, ona tili va adabiyot 
fani o‘qituvchilari va metodistlari uchun masofadan o‘qitish kurslari joriy etilmagan; 
mavjud oliy ta'lim muassasalarida ona tili fani yo‘nalishida o‘qituvchi, pedagog, 
kadrlarni tayyorlash sifati bugungi kun talablariga mos kelmasligi ona tili fanini 
o‘qitishni tubdan qayta ko‘rib chiqish va zamon talabiga mos ravishda yangilashni 
taqazo etmoqda. 
MUHOKAMA 
Pedagogik texnologiyalarning maqsadi o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan 
maqsadga hamkorlikda erishishlarini ta'minlashdir. O‘quv jarayonida o‘quvchilar 
mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o‘zlari xulosa qila olsa, ko‘zlangan 
maqsad amalga oshadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning faoliyati uchun imkoniyat va sharoit 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə