Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 66,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü66,05 Kb.
#138077
1   2   3   4   5   6
axborot-texnologiyalaridan-ta-lim-jarayonini-tashkillashtirishda-foydalanish (1)

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 824
Respublikamizning taniqli olimlari mintaqamizning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga 
moslashgan, ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni ta’lim-
tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqda. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Pedagogik 
texnologiya atamasining mohiyati nimada? “Texnologiya” yunoncha so‘z bo‘lib, 
“techne” - mahorat, san’at, “Iogos” - fan, ta’lim demakdir. Nega bugungi kunga kelib, 
pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik darajada kuchaydi, degan mulohaza 
tug‘ilishi tabiiy. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli va malakali kadrlarni 
yetishtirib kelgan pedagogikaning o‘ziga xos uslublari mavjud. Pedagogik 
jamoatchilikning aksariyati mana shu yo‘ldan bormoqda, ammo mustaqillik va kelajak 
sari intilayotgan jamiyatga bu yo‘l uzoq xizmat qila olmaydi. Chunki buning zamirida 
ma’lum sabablar mavjud, ya’ni; 
-
rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish uchun, aholi ta’limini 
jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogik 
texnologiyalardan foydalanish zarurligi; 
-
fan-texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanganligi natijasida axborotlar tizimining 
tobora ko‘payib borayotganligi; 
-
zamonaviy 
texnikalarni 
ta’limga 
tatbiq 
etish, 
ta’lim 
jarayonini 
kompyuterlashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonida axborot texnologiyasi va texnik 
vositalardan foydalanish kerakligi; 
-
talaba va o‘qituvchi faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchi ta’lim maqsadi 
va mazmunini puxta bilishi, ta’lim usullari va texnik vositalarni yaxshi egallagan 
bo‘lishi, o’quvchining qiziqish va intiluvchanligi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi; 
-
o‘qituvchi ta’lim jarayonini yuqori darajada samarali tashkil etish uchun maqsad 
va vazifalarni aniq belgilashi, ta’lim natijasini oldindan qayd etishi, o‘quv predmetlarini 
to‘liq o‘zlashtirishga erishish uchun zaruriy ta’lim vositalari, shart- sharoitlarni 
tayyorlashga erishganligi; 
-
o‘quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnika bazasining yaratilganligi; 
-
ta’lim-tarbiya jarayoni natijalarini xolisona va obyektiv baholash
o’quvchilarning bilim va malakalarini egallash jarayonini nazorat qilish va baholashni 
avtomatlashtirishga erishilganligi; 
-
o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng 
ilg‘or bilim berish usuli hisoblangan obyektiv borliqqa majmuiy yondashuv tamoyilidan 
foydalanishni talab qilishidadir. 
Demak, zamonaviy pedagogik texnologiya yuqorida keltirilgan shartlarning barcha 
talablariga javob beradigan ta’limiy tadbir hisoblanadi. Bugungi kunda “Ta’lim 
to’g’risidagi qonun” talablaridan biri ta’lim jarayonida yangi pedagogik va axborot 
texnologiyalarini qo‘llash, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda ta’lim 
oluvchilarni o‘qitishni jadallashtirish sanaladi. Respublikamizda ta’lim jarayonida 
pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashga doir keng ko‘lamda ish olib 



Yüklə 66,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə