Seleksiya jarayonida modifikatsion o‘zgaruvchanlikning ta’sirini tahlil qilish; Reja



Yüklə 24,79 Kb.
səhifə5/6
tarix17.12.2023
ölçüsü24,79 Kb.
#150249
1   2   3   4   5   6
Seleksiya jarayonida modifikatsion o‘zgaruvchanlikning ta’sirini tahlil qilish;

Xromosomaning qayta tuzilishi
Xromosomalar tarkibining о‘zgarishi (xromosomalarning qayta tuzilishi) xromosomaning ichida va xromosomalararo bо‘ladi.
Bitga xromosoma ichida sodir bо‘ladigai о‘zgarishlarga xromosoma ichida bо‘ladigan qayta tuzilish deyiladi va ular quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
a) xromosomaning bir bо‘lagi yо‘qolishi yoki yetishmasligi (deletsiya va defishensi);
b) xromosomaning bir qismi ikki hissa yoki undan kо‘portishi (duplikatsiya);
v) xromosomaning qismlari 180 daraja buralishi (inversiya); genlarning о‘rin almashinishi (insersiya).
Xromosomalar yig‘indisi diploid bо‘lgan organizmlarda xromo-somalarning qayta tuzilishi gomozigota va geterozigota holatda bо‘lishi mumkin. Xromosoma bir bо‘lagining yо‘qolishi uning har xil joyda uzilishi natijasida rо‘y beradi. Agar uzilish xromosomalarning bir yelkasida sodir bо‘lsa, uning о‘sha qismi kaltalashib qoladi. Xromosomalarning bir yelkasi uchki qismining uzilib krlishi defishensi deyiladi. Ba’zan uzilish xromosomaning ikki yelkasida rо‘y beradi. Uzilgan bо‘laklar yо‘qolib, qolgan sentromerali bо‘lagi mitozda uchlari bilan birlashadi va xalqasimon xromosoma hosil bо‘ladi.
Boshqa belgilari bо‘yicha bir xil irsiy о‘zgarishlarga duch kelgan xillari mavjud. Masalan, gorox, burchoq, yasmiq va xashaki goroxning oq, pushti, qizil, kо‘k va sariq gulli xillari bor. Ularning mayda va yirik bargli, barg yuzasi tukli va tuksiz, doni yirik va mayda, silliq va burishgan xillari bor. Bu xillar shunday aniqlikda paydo bо‘ladiki, bir turkum miqyosida qator turlarni bilib olib, shu oila-ning boshqa tur va turkumlarida ham shunga о‘xshash о‘zgaruvchanlik borligini oldindan aytish mumkin.
Bir oilaning turli turkum va turlarida о‘xshash о‘zgaruvchanlik sodir bо‘lishi ularning genotipi bir xil mutatsiyalarga uchrashining natijasidir. Bu qonun seleksiyada juda kagga ahamiyatga ega. Organizmda maqsadga muvofiq bо‘lgan yangi belgi hosil qilish qiyin. Shunday belgiga ega bо‘lgan shakl va nusxalarni topishda gomologik qatorlar qonuni juda qо‘l keladi.
Irsiy о‘zgaruvchanlikdagi gomologik qatorlar qonuniga asoslanib, N.I.Vavilov va uning shogirdlari о‘simliklarning seleksionerlarga ma’lum bо‘lmagan kо‘pgina muhim xillarini topishga, yer yuzining hamma joyidagi madaniy о‘simliklarning boy kolleksiyasiii (genofondini) tо‘plashga muvaffaq bо‘ldilar.

Yüklə 24,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə