Seleksiya jarayonida modifikatsion o‘zgaruvchanlikning ta’sirini tahlil qilish; Reja



Yüklə 24,79 Kb.
səhifə3/6
tarix17.12.2023
ölçüsü24,79 Kb.
#150249
1   2   3   4   5   6
Seleksiya jarayonida modifikatsion o‘zgaruvchanlikning ta’sirini tahlil qilish;

Mutatsion о‘zgaruvchanlik
Organizm belgi yoki xususiyatining tasodifan, sakrash yо‘li bilan irsiy о‘zgarishi mutatsion о‘zgaruvchanlik deyiladi, bunday о‘zgarishlar natijasida hosil bо‘lgan organizm esa mutant deb ataladi. Mutatsion о‘zgaruvchanlik modifikatsion о‘zgaruvchanlikdai tubdan farq qiladi, chunki hosil bо‘lgan yangi belgi va xususiyatlar (mutatsiyalar) tashqi muhit qanday bо‘lishidan qatiy nazar, nasldan-naslga о‘tadi. Mutatsiyalarning yuzaga kelishi hujayra strukturasi (xromosomalar) о‘zgarishining natijasidir.
Mutatsiya-tashqi muhit omillari yoki organizmning ichki muhiti ta’sirida hujayraning irsiy strukturasida yuz beradigan о‘zgarish bо‘lib, organizmlarda yangi belgi va xususiyatlar paydo bо‘lishiga olib keladi. Mutatsiya genlarning molekulyar о‘zgarishi, genlar miqdori hamda xromosomalar soni va strukturasining о‘zgarishidir.
«Mutatsiya» tushunchasini fanga golland botanigi Gyugo de Friz kiritgan. U organizm belgilarining keskin irsiy о‘zgarishi hodisasini mutatsiya deb ataydi. G. de Frizning asosiy ta’limoti -mutatsiya nazariyasi hozirgacha о‘z mohiyatini saqlab kelmoqda. Bu ta’limotda asosan quyidagi fikrlar ilgari suriladi:

  • mutatsiya oraliq kо‘rinishga ega bо‘lmay, tо‘satdan hosil bо‘ladi;

  • yangidan xrsil bо‘lgan belgi va xususiyatlar о‘zgarmas (turg‘un) bо‘ladi;

  • mutatsiyalar sifat о‘zgarishidan iborat;

  • mutatsiyalar har xil yо‘nalishda bо‘lib, organizm uchun zararli, foydali va neytral bо‘lishi mumkin.

mutatsiyalarning soni tekshirish uchun olingan organizmlar miqdoriga bog‘liq;
- bir xil mutatsiyalar yana qaytadan yuzaga kelishi mumkin.
G.de Friz faqatgina mutatsiyalar tashqi sharoitga moslashgan yangi turlarni hosil qilishi mumkin deb, tanlashga yetarli baho bermadi. Aslida esa mutatsiya faqat о‘zgaruvchanlik manbai bо‘lib, tanlash uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi. G.de Frizning mutatsiyalar hamisha katta irsiy о‘zgarishlardan iborat bо‘ladi, degan fikri keyingi tadqiqotlarda tasdiqlanmadi. Tabiatda keskin irsiy о‘zgarishlar bilan bir qatorda о‘zgarishgacha bо‘lganidan biroz farq qiladigan kichik mutatsiyalar ham kо‘p uchraydi. G.de Frizning mutatsiya tо‘g‘risidagi ta’limoti seleksiya amaliyotida katta ahamiyatga ega bо‘ldi, chunki mutatsiyalarning sakrash tarzida rо‘y berishi hamon о‘z kuchida qolmoqda. Xromosomalarning Morgan qonuniyatlari asosida chalkashuvi jarayonida genlarning birikishi va qayta kombinatsiyalanishi hodisalarini aniqlash mutatsiya haqidagi ta’limotning yanada rivojlanishiga sabab bо‘ldi.
Mutatsion о‘zgaruvchanlik barcha tirik organizmlar uchun umumiydir. Mutatsiya jarayoni shartli ravishda ikkiga-spontan va induktiv mutatsiyalarga ajratiladi; oddiy quyosh nuri va qattiq sovuq yoki organizmning ichki bioximiyaviy, fiziologik reaksiyalari ta’sirida tabiiy hosil bо‘ladigan irsiy о‘zgarishlar spontan mutatsiya deyiladi.
Maxsus ta’sir kо‘rsatadigan omillar-radiy nurlari va ximiyaviy moddalar kabilar ta’sirida sun’iy hosil bо‘ladigan irsiy о‘zgarishlar induktiv mutatsiyalar deyiladi.
Induktiv mutatsiyalar irsiy о‘zgarishlar va genlarning sirini kо‘proq ochishga hamda о‘rganishga yordam bermoqda.
Mutatsiyalar yirik (makro) va mayda (mikro) bо‘lishi mumkin. Yirik mutatsiyalar organizmning irsiyatini keskin о‘zgartiradi. Natijada butun-butun organlarning rivojlanishi sezilarli о‘zgarib, har xil kо‘rinishdagi organizmlar vujudga keladi. Kishi osonlikcha bila oladigan barcha о‘zgarishlar makromutatsiya deyiladi. Tabiiy sharoitda hosil bо‘lgan makromutatsiyalarni birinchi marta G.de Friz enotera о‘simligida kuzatgan. Tabiiy mutant о‘simlik bо‘yining uzunligi, gulining yirikligi, bargining qalinligi va poyasining yugonligi, hujayralardagi xromosomalar sonining ikki hissa kо‘pligi bilan bog‘liq bо‘lgan. Organizmning fiziologik, morfologik va miqdoriy belgilarida yuz beradigan juda kichik о‘zgarishlar yoki kо‘z ilg‘ay olmaydigan, faqat maxsus statistik usullar yordamida aniqlanadigan irsiy о‘zgarishlar mikromutatslar deyiladi. Bunga g‘о‘zaning hosildorligi, ertapisharligi, tolasining uzunligi kabi belgilarida rо‘y beradigan kichik о‘zgarishlarni misol qilish mumknn.
Mikromutatsiyalar tabiatda va tajribalarda makromutatsiyalarga qaraganda kо‘p hosil bо‘ladi.
Mutatsiyalarning morfologik, fiziologik va bioximiyaviy xillari mavjud.
Morfologik mutatsiyalar tufayli о‘simlik va hayvonlarning о‘sish va shakllanish xossalari о‘zgaradi. Masalan, ba’zi chorva mollari (qoramol, qо‘y va boshqalar) kalta oyoqli, hasharotlarning esa kо‘zi va qanoti bо‘lmaydi. О‘simliklarning ba’zi qismlari tuksiz, odamlar esa haddan tashqari baland bо‘yli (gigant) yoki juda past bо‘yli bо‘ladi. Albinizm ham morfologik mutatsiyaga misoldir.
Fiziologik mutatsiyalar organizmlardagi fiziologik (hayotiy) jarayonlarni о‘zgartiradi, natijada ularning hayotchanligi ortadi yoki pasayadi.
Bioximiyaviy mutatsiyalar tufayli organizmdagi ma’lum ximiyaviy moddalarning sintezlanishi о‘zgaradi yoki tо‘xtaydi. Bunday mutatsiyalar organizmda kechadigan moddalar almashinishini va moddalarning ximiyaviy tarkibini о‘zgartiradi.
Organizm rivojlanishining va hujayra bо‘linishining qaysi bosqichida bо‘lishidan qat’iy nazar, mutatsiyalar istalgan hujayralarda sodir bо‘laveradi. Agar mutatsiya jinsiy hujayralarda sodir bо‘lsa, u generativ mutatsiya, vegetativ hujayralarda sodir bо‘lsa somatik mutatsiya deyiladi.
Jinsiy hujayralarda sodir bо‘lgan mutatsiyalar navbatdagi bо‘g‘inning zigota bosqichidayoq namoyon bо‘ladi. Agar mutatsiya dominant bо‘lsa duragay-birinchi bо‘g‘in zigotasida, retsessiv bо‘lsa keyingi (G‘2, G‘z va G‘p) bо‘g‘inlarda, Ya’ni organizm gomozigota holatga о‘tishi vaqtida yuzaga keladi.
Somatik mutatsiyalar о‘z tabiatiga kо‘ra, generativ mutatsiyalardan farq qilmaydi. Faqatgina jinsiy yо‘l bilan kо‘payadigan organizmlarda uchraydigan somatik mutatsiyalar evolyusiya va seleksiya uchun hech kanday ahamiyatga ega emas, chunki ular (odam sochida bir tо‘p oq paydo bо‘lishi, bir kо‘zning qora, ikkinchisining och rangli bо‘lishi, qorakо‘l terida qora dog‘ paydo bо‘lishi kabilar) keyingi bо‘ginlariga о‘tmaydi. Jinssiz (vegetativ) yо‘l bilan kо‘payadigan organizmlardagi somatik mutatsiyalar esa seleksiya uchun katta ahamiyatga ega, chunki bu о‘zgarishlarni saqpab qolish mumkin. Masalan, ba’zi о‘simlik novdalarida boshqalardan keskin farq qiladigan barg, gul va mevalar paydo bо‘ladi. Bunday о‘zgaruvchanlik poyaning о‘sish nuqtalaridagi meristema tо‘qima hujayralari mutatsiyalanishi natijasida sodir bо‘ladi va kurtak mutatsiya (sport) deyiladi. О‘simliklar vegetativ yо‘l bilan kо‘paytirilganda bunday mutatsiyalar saqlanib qoladi. Kurtak muta-siyasidan seleksiyada keng foydalaniladi. Olma va nok, uzumning urug‘siz navlari somatik mutatsiyadan yaratilgan. Michurin о‘zining «600 grammli Antonovka» olma navini kurtak mutatsiyasidan foydalanib yaratgan.
Demak, mutatsiya natijasida organizmlarning genotipi о‘zgaradi. Genotipning о‘zgarishi esa uch xil bо‘ladi: gen mutatsiyasi; xromosomalarning qayta tuzilishi; xromosomalar sonining о‘zgarishi.

Yüklə 24,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə