Baliqlarning ekologiyasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
6-Maruza (2)



 BALIQLARNING EKOLOGIYASI 
Baliqlar barcha tuban xordalilar singari butun umri suvda o`tadi. Ular 
suvdan chiqarib olinsa, tezda jabralari qurib, bo`g’ilib o`lib qoladi. Kamdan-kam 
baliq turlarigina maxsus moslama organlarining bo`lishi bilan suvdan tashqarida 
bir necha soatgacha tirik tura olishi mumkin.
Umuman, hozirgi vaqtda yer sharining, ya`ni planetamizning kattaligi 510 
mln kv km bo`lsa, shundan 361 mln kv km yoki 71% i okean va dengiz suvlari 
bilan qoplangan. Shundan 51% da baliqlar yashaydi. Okeanlarning eng chuqur 
joylari 11 km ga yetadi. Okeanlarning 3 km dan ortiq chuqur joylari barcha dengiz 
suvlarining taxminan 51-58% ga to`g’ri keladi. Yer sharining 2,5 mln kv km gina, 
ya`ni 0,5% gina ichki suvliklardan iborat. 
Baliqlar baland tog’lardagi suvliklarda, ya`ni dengiz sathidan 6000 ming m 
balandlikda ham va okeanlarning 10000 m lik chuqurliklarda ham yashaydi. Suv 
atmosfera havosini erita oladi va aynan baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas 
oladi. Suv kuchli erituvchi bo`lgani uchun ko`plab organik va anorganik 
moddalarni ham eritib yaroqli holga keltiradi. Suvning issiqlik sig’imi yuqori 
bo`ladi, shuning uchun ham suv havzalarida daqiqalar, soatlar, kecha-kunduzlar, 
oylar va yil fasllariga qarab suv harorati atmosfera haroratiga nisbatan kam 
o`zgaradi. Suv sovuqda muzlaydi, muz suvdan yengil bo`lganligi uchun suv 
yuzasiga ko`tariladi. Suvning solishtirma og’irligi havoning solishtirma 
og’irligidan biroz ko`p bo`lib, baliqlar tanasining solishtirma og’irligiga yaqin 
bo`ladi. 
Ma`lumki, baliqlarning hayotida suvning oqimi, harorati, suvdagi kislorod 
va tuzlar miqdori katta ahamiyatga ega. Suv muhitining harakati daryo, dengiz va 
yopiq suv havzalarida doim bo`lib turadigan oqimlar bilan bog’liq. Suvning isishi 
suv qatlamlarini vertikal yo`nalishda harakatga olib keladi. Suvning harakati 
odatda baliqlarning passiv ko`chishini ta`minlaydi. Masalan: Skandinaviyaning 
g’arbiy qirg’oqlarida tuxumdan chiqqan Norvegiya seldining lichinkalarini 
Golfstrim oqimining bir tarmog’i 3 oy mobaynida qirg’oq bo`ylab 1000 km ga olib 
ketadi. Yirik daryolarning yuqori qismida uvildiriqdan chiqqan losos baliqlarining 
lichinkalari hayotining ko`p qismini dengizda o`tkazadi. Daryodan dengizga o`tish 
ma`lum darajada passiv, ya`ni daryo oqimi yordamida sodir bo`ladi. Nihoyat 
baliqlar harakatini ma`lum darajada belgilovchi oziq ob`yektlari – planktonlarning 
harakati ham oqim yordamida vujudga keladi.
Baliqlar sovuqqonli hayvonlar hisoblanadi, ya`ni ularning tana harorati 
doimiy emas, balki to`g’ridan-to`g’ri atrof-muhit haroratiga qarab o`zgarib turadi. 
Bu esa organizmning fiziologik xususiyatiga bog’liq, jumladan, issiqlik hosil qilish 
jarayoniga bog’liq. Baliqlarda issiqlik hosil qilish jarayoni juda sekinlik bilan 
boradi. Umumiy qoidaga muvofiq, suv harorati ko`tarilsa, baliqlar ko`p oziq yeydi, 
gazlar almashinuvi kuchayadi, baliqlarning o`sish sur`ati, jinsiy mahsulotlarning 
yetilishi tezlashadi. Shuni aytish kerakki, har bir tur baliq uchun ma`lum harorat 
chegarasi bor. Ko`pgina tropik baliqlar suvning harorati +31
0
C bo`lganda bemalol 
yashaydi, ayrimlari +45
0
C gacha bo`lgan issiq buloqlarda hayot kechiradi. 
Kaliforniyada +52
0
C bo`lgan buloq suvida Syprinodon avlodiga mansub baliqlar 


bemalol yashashligi kuzatilgan. Ba`zi bir baliq turlari muzlashga ham chidaydi. 
Demak, ayrim baliq turlari suvda haroratning o`zgarishiga chidab, yashashni 
davom ettiradi, bunday baliqlar evriterm hayvonlar guruhiga kiradi, boshqa bir tur 
baliqlar esa suvning harorati salga o`zgarsa ham halok bo`ladi, bular stenoterm 
hayvonlar guruhiga kiradi. Evriterm baliqlar guruhiga chuchuk suvlarda 
yashaydigan olabug’a, cho`rtan, toshbosh, nalim va dengizlarning qirg’oqqa yaqin 
joylarida yashaydigan ko`pgina baliqlar kiradi. Stenoterm baliqlar guruhiga esa 
barcha qutb baliqlari va ko`pgina tropik baliqlari kiradi. Baliqlar turlari orasida 
issiqsevar baliqlar (laqqalar, zog’ara baliqlarning ko`plab turlari) va sovuqsevar 
baliqlar (lososlar, treskalar) bor. Ba`zan issiqsevar baliqlar yashaydigan suv 
harorati birdan pasayib ketishi natijasida ko`plab baliqlar nobud bo`ladi. Masalan: 
1930 yili oktyabr oyida Primorye o`lkasi suvlarida kuchli dovuldan keyin suv 
harorati +12
0
C dan +6,2
0
C ga tushib qolishi natijasida issiqsevar baliqlardan 
seldlar ko`plab nobud bo`lgan. Lekin o`rta kengliklarda yashaydigan issiqsevar 
baliqlar, qishda suvning sovushiga moslashib, bir joyga to`planib uyquga ketadi. 
Buni baliq o`rasi deyiladi. Bu erda ular shilimshiqqa o`ralib, oylab (Volga 
daryosida-5 oy) yotadi. Bunday o`rachi baliqlarga – oqcha baliq, zog’ora baliq, 
vobla, sla, karas, laqqa va baqra kabi baliqlar kiradi. 
Dengiz suvlari odatda kislorodga to`yingan bo`ladi, ba`zi dengiz suvlari 
kislorodga o`ta to`yingan bo`ladi. Buning aksicha, qit`alar ichidagi suvlarda 
kislorod miqdori turlicha. Shuning uchun chuchuk suv baliqlari orasida kislorodga 
turlicha ehtiyoj sezadigan turlari bor
.
Baliqlar kislorodga bo`lgan talabini hisobga olib to`rtta guruhga bo`linadi. 
1. Kislorodni juda ko`p talab qiluvchi baliqlar, ya`ni 1 litr suvda 7-11 sm
3
kislorod bo`lgan suvlarda yashaydigan baliqlarga, asosan gulmoy, kumja, peskar, 
nalim va golyan kabilar kiradi. Bu baliqlar suvi sovuq va tez oqar daryolarda 
yashaydi.Tez oqar tog’ daryolardagi suvlar hamma vaqt havo bilan to`yingan 
bo`ladi. 
2. Ko`p kislorod talab qiluvchi baliqlar,
 
ya`ni 1 litr suvda 5-7 sm
3
kislorod 
bo`lgan suvlarda, asosan xarius, golavl, toshbaliq, peskar kabilar yashayadi. 
3. Nisbatan kam kislorod talab qiluvchi baliqlar, ya`ni 1 litr suvda 4 sm
3
kislorod bo`lgan suvlarda, asosan chaboq baliq, plotva, olabug’a va toshbaliqlar 
yashaydi.
4. O`ta kam kislorod talab qiluvchi baliqlar. Ular kislorodi juda kam bo`lgan 
oqmas suvlarda yashaydi, ya`ni bunday suvlarning 1 litrida 0,5 sm
3
kislorod 
bo`ladi. Bunday suvlarda zog’ora baliq, lin va tobon baliqlar yashaydi. Bu baliqlar 
suvda erigan kislorod yetishmay qolganda tezda suvning yuzasiga chiqib, og’iz 
orqali atmosfera havosini yutib, jabra bo`shlig’iga kiruvchi suvni shu havo bilan 
boyitadi. Yana vyun degan baliq turi borki, u daryoning eski o`zanida va kichik 
ko`llarda yashab, yuqoridagi baliqlarga o`xshab to`g’ridan-to`g’ri havodan nafas 
olmay, balki atmosfera havosini ichagiga yutadi, havo baliq ichagi orqali o`tar 
ekan, kislorodning bir qismini yo`qotib, anal teshigidan chiqadi, bu kislorod 
ichakning qalin kapillyarlar bilan ta`minlangan o`rta va keyingi bo`limlarida 
yutiladi. Ayrim chuchuk suv baliqlari ham shu tariqa ichakdan nafas oladi. 


Suv havzalarida mavsumiy muz qoplamining hosil bo`lishi baliqlar uchun 
ham ijobiy, ham salbiy rol o`ynaydi. Avvalo, muz qoplami suvning pastki 
qatlamlarini havoning sovuq haroratidan himoya qiladi, suvning tubigacha 
muzlashiga to`sqinlik qiladi. Bu holat baliqlarni qishda havo harorati nihoyatda 
past bo`lgan joylarga tarqalishiga imkon beradi. Muz qoplamining ijobiy tomoni 
shundan iborat. Muz qoplamining baliqlar hayotidagi salbiy tomoni esa, avvalo 
muz qoplami suvning havodan kislorod bilan to`yinishini keskin kamaytiradi. Qish 
vaqtida ko`pgina suv havzalarida chirish jarayonlari natijasida kislorod miqdori 
juda ham kamayib ketib, baliqlarni nafasi bo`g’ilib, ko`plab nobud bo`ladi. Bunday 
hodisalar MDHning ko`pgina oqmaydigan va sekin oqadigan suv havzalarida tez-
tez bo`lib turadi. Bu hodisani o`lat (zamor) deyiladi. Odatda, zamor qishda suv 
muzlaganda ro`y beradi, ya`ni muz qatlami suvga atmosferadan kislorodning 
o`tishiga to`sqinlik qiladi, suvdagi bor kislorod esa chiriyotgan organik 
moddalarning oksidlanishiga sarf bo`ladi. Shuning uchun ham qishki zamor bilan 
kurashish uchun ko`llarda va hovuzlarda muzlar teshib qo`yiladi. MDHda G’arbiy 
Sibir daryolarida, shu jumladan, Ob daryosida katta zamorlar bo`lib turadi. Odatda, 
zamorlar dekabr oyining oxiridan mart oyining boshlarigacha davom etadi. Suvda 
vodorod sulfid yig’ilib qolishidan ham baliqlar ko`plab halok bo`ladi. Bunday 
gazlar suv havzalarida kislorod yetishmaganida organik moddalarning chirishidan 
hosil bo`ladi. O`rta dengizdan sayoz to`siq orqali ajralgan Qora dengiz alohida 
diqqatga sazovordir. Qora dengizning ustki qatlami suvlari tozalanib turiladi. 
Lekin bu dengizning 200 m dan pastki qismidagi suvi vodorod sulfid bilan 
zaharlangan bo`ladi. Shuning uchun ham Qora dengizning chuqur joylarida, 
kislorodsiz muhitda yashaydigan sulfabakteriyalarni hisobga olmaganda hech 
qanday hayot yo`q.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə