Baliqlarning ekologiyasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
6-Maruza (2)

Baliqlarning oziqlanishi.
Baliqlar deyarli hamma tirik mavjudodlar bilan 
oziqlanadi. Baliqlarning ozig’i suv havzasining sharoiti, yil fasllari va baliqning 
yoshiga qarab ancha o`zgarib turadi. O’simliklar bilan oziqlanishga moslashgan 
baliqlarga xumbosh (tolstolobik), oq amur, qizilqanot, qorabaliq (marinka) va 
xramulyalar kiradi; cho’rtan baliq, laqqa baliqlar, okunlar yirtqich bo’lib, boshqa 
baliqlar va umurtqali hamda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ko`pchilik 
baliqlar qish faslida umuman oziqlanmaydi va karaxt holga o`tadi. Baliqlar 
oziqlanishiga qarab bir nechta guruhlarga bo`linadi:
1. O`simlikxo`r baliqlar.
 
Bu guruhga xramulyalar, plotva, ukleyka, 
xumbosh, oq amur, qorabaliq, qizilqanot va boshqa tur baliqlar kiradi. Ularni 
yuvosh baliqlar ham deb ataladi, jag’larida tishlari yo`q, xalqum tishlari bor.
2. Hayvonxo`r baliqlar.
 
Bu guruhga zog’ora baliq, siga va boshqa tur 
baliqlar kirib, ular umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.
3. Yirtqich baliqlar.
 
Bu guruhga akulalar, cho`rtan baliqlar, sla, laqqa baliq, 
losos baliqlari kirib, ular, asosan boshqa baliqlar bilan oziqlanadi. Yirtqich 
baliqlarda shaklan uchi orqaga qayrilgan o`tkir konusga o`xshash tishlari bo`ladi. 
Akula va sla baliqlar o`z o`ljalarini quvib ovlaydi. Laqqa baliqlar esa o`ljasini bir 
joyda poylab turib yaqinlashganida sakrab tutib oladi. Ko`pchilik baliqlar urchish 
davrida oziqlanmaydi (lososlar). 
 
Baliqlarning ozig’i turlicha bo`lganligi uchun ularning og’iz apparati 
tuzilishi va funktsiyasi ham turlicha bo`ladi. 
1. Tutib oluvchi og’iz apparatiga ega bo`lgan baliqlar. Bunday baliqlarning 
og’iz apparati juda katta, jag’larida, tanglayida, dimog’ida tishlari bo`ladi (sla 
baliqlar, laqqalar va cho`rtan baliqlar). 


2. So`ruvchi og’iz apparatiga ega bo`lgan baliqlar. Bu guruhga kiruvchi 
baliqlarning og’zi trubkasimon bo`lib, tishi bulmaydi. Umurtqasiz hayvonlar bilan 
oziqlanadi. Bu guruhga dengiz nina balig’i kiradi.
3. Maydalovchi og’iz apparatiga ega bo`lgan baliqlar. Bunday guruhga 
kiruvchi baliqlarning og’zida hartumi va tishi bo`ladi. Bu baliqlar 
umurtqasizlardan mollyuskalarning chig’anog’ini va ignaterililarning qattiq 
po`stini maydalaydi.
O`simlik bilan oziqlanadigan ba`zi baliqlarning og’iz bo`shlig’ida jabra 
yaproqlari uzun bo`lib, to`r vazifasini bajaradi (seldlar, ayrim tur zog’ora baliqlar). 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə