Baliqlarning ekologiyasi


Baliqlardagi jinsiy dimorfizm



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
6-Maruza (2)

Baliqlardagi jinsiy dimorfizm. 
Baliqlarning ko`pchiligi ayrim jinsli, lekin 
suyakdor baliqlardan dengiz olabug’asi va sigalar germafrodit hisoblanadi. 
Baliqlarda tashqi tomondan jinsiy farqlari unchalik sezilmaydi. Lekin ayrim 
turlarida tashqi ko`rinishidan erkak va urg’ochilarini ajratish mumkin. Masalan: 
ko`pchilik akulalarning erkaklarida kopulyativ organi bor. Suyakli baliqlarning 
urg’ochilari odatda erkaklariga nisbatan yirik bo`ladi. Ayrim baliqlarda jinsiy 
dimorfizm kuchli seziladi. Masalan: chuqur suv baliqlaridan – qarmoqchi 
baliqlarning erkagi nihoyatda kichkina bo`lib, urg’ochisining tanasiga yopishib
urg’ochisi tana shirasi hisobiga parazitlik qilib yashaydi. Qarmoqchi baliqlarning 
erkagi parazit bo`lgani uchun ularning tishi bo`lmaydi. Shuning uchun ham erkak 
qarmoqchi baliqlar mustaqil oziqlana olmaydi (71-rasm).
 
71-rasm. Qarmoqchi baliq (Edriolichnus sclimid
i): I – urg’ochisi bilan uning jabra 
qopqog’iga yopishib olgan mitti erkagi, II – bir necha marta katta qilib ko`rsatilgan erkagi. 
Ayrim tur baliqlarda urchish davrida ba`zi o`zgarishlar kuzatiladi. Masalan: 
lososlarning erkaklari urchish davrida ochroq rangga kiradi, jag’lari ham o`zgarib, 


ilmoqdek qayriladi, tishlari kattalashadi, yelkalarida o`rkach hosil bo`ladi (72-
rasm).
Baliqlarning jinsiy balog’atga yetish davri ham turlicha bo`ladi. Masalan: 
gambuziya, xamsa, buqa baliq, kilkalar va tezsuzar baliqlar 1 yoshda, cho`rtan 
baliqlar 2-4 yoshda, gorbusha – o`rkach baliq 2 yoshda, ko`pchilik karpsimon 
baliqlar 2-4 yoshda, ilon baliqlar 2-9 yoshda, beluga 14-23 yoshda, orol 
mo`ylovdori va baqra baliqlar 8-15 yoshda, sevryuga 8-22 yoshda voyaga yetadi.
Baliqlar ikki xil usulda ko`payadi. 1). Tuxum qo`yish yo`li bilan; 2). Tirik 
tug’ish yo`li bilan. 
Gigant akulalar, dengiz olabug’asi, gambuziya, qilichdum baliqlar, asosan 
tirik tug’adi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə