Baliqlarning ekologiyasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
6-Maruza (2)

erkak kardinalka balig`i. 
76-rasm. Urg`ochi 
laqqacha baliqning 
(Aspredo) qorin 
tomonidagi ikralari. 


75
-
rasm. Tuxum qo`yayotgan gorchak balig’i

 
Baliqlarning umr ko`rishi. 
Baliqlar o`sgan sayin ularning shakli va katta-
kichikligi o`zgaradi. Baliqlar yozda tez o`sib, qishda o`sishdan to`xtaydi. Ularning 
bunday notekis o`sishi tangachalariga va suyaklariga ta`sir etadi. Natijada 
tangachalarida aniq ko`rinib turadigan qatlamlar, ya`ni halqalar hosil bo`ladi. Yozda 
hosil bo`ladigan halqalar keng, qishdagisi esa tor bo`ladi. Shunday qilib, 
tangachalardagi halqalar soniga va shakliga qarab baliqlarning yoshini aniqlash 
mumkin (77-rasm).
Ayrim baliqlar uzoq umr ko`radi. Masalan: beluga 100 yil va undan ortiq, 
kambala, Amudaryo va Sirdaryoda yashaydigan laqqa baliqlar 50-60 yil umr ko`radi. 
Treskalar 15 yil yashaydi. Umuman olganda, baliqlar 1-2 yildan (buqacha baliqlar-
Gobiidae) 100 yil va undan ortiq umr ko`radi. Ko`pgina mayda tur baliqlar atigi 1 yil 
yashaydi. 
77-rasm. Turli baliqlar tangachalarida yillik halqalarining ko`rinishi:
1- qizilko`z baliqiniki,
2-treskaniki.
Hozirgi vaqtda sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan baliqlar sun`iy usulda ham 
urchitiladi. Sun`iy usulda urchitish usuli bundan 100 yil ilgari V.P.Vrasskiy 
tomonidan taklif qilingan va bu usulni «quruq» usul deb ham atalgan. Bunday usul 
qo`llanilganda baliqlar tuxumining urug’lanishi 98-99% ga teng bo`ladi.
Ekologik guruhlari va sistematik holatidan qat`iy nazar, baliqlarning hayoti 
bir-biri bilan almashinib turadigan biologik sharoitning yil fasllariga qarab o`zgarib 


turishiga bog’liq. Biologik yoki hayot tsikli oziqlanish, qishlash va ko`payish 
davrlariga bo`linadi. 
Ko`pchilik baliqlarning yillik hayot tsiklining eng muhimi «migratsiya» 
(yashash joylaridan ko`chish) hisoblanadi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə