Baliqlarning ekologiyasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
6-Maruza (2)

Baliqlarning 
migratsiyasi. 
Baliqlar 
migratsiyasi 
sohasi 
bo`yicha 
N.I.Knepovich, V.K.Soldatov, P.Yu.Shmidt, N.A.Smirnov, G.V.Nikolskiy, 
G.E.Shulman, I.I.Kuznetsov va boshqa yirik zoolog olimlar tadqiqot ishlarini olib 
borganlar. Migratsiya deb hayvonlarning bir joydan ikkinchi joyga ko`chishiga 
aytiladi. Baliqlarning migratsiyasi - passiv va aktiv bo`ladi. Passiv migratsiyada 
baliq- 
lar suv oqimidan foydalanadi. Bu usul bilan kam harakatchan pelagik baliqlar 
hamda ko`pchilik baliqlar lichinkalari (seld, ilon baliq, losos) migratsiya qiladi. 
Aktiv migratsiyada esa baliqlar tanlab olgan yo`nalishiga qarab harakat qiladi. 
Ba`zan kuchli oqim va hatto sharsharalarga qarshi suzadi (losos).
Ko`pchilik baliqlar dengiz va okeanlardan daryoga o`tadi. Ular tuxum 
qo`ygach yana orqaga, ya`ni doimiy yashaydigan joyiga - dengiz va okeanlarga 
qaytib keladi (osyotrlar, lososlar, nalim, seldlar, treskalar). 
Yevropa va Shimoliy Afrika daryolarida yashaydigan ilonbaliqlar esa tuxum 
qo`yish uchun daryolardan dengizlarga o`tadi. Ular Afrika daryolaridan Atlantika 
okeaniga o`tadi. Ilonbaliqlar shu maqsadda 7000-8000 km yo`lni suzib o`tib, 
Shimoliy Amerika yaqinidagi Sargasso dengiziga kelib 1000 m chuqurlikka 
uvildiriqlarini tashlaydi va o`zlari halok bo`ladi. Otalangan tuxumlardan chiqqan 
chavoqlari okean va dengizlar osha 2 yil suzib, ota-onasi yashagan daryolarga 
qaytadi va 20 yilga yaqin o`sib, jinsiy voyaga yetadi.
Aktiv migritsiya 3 xil bo`ladi, ya`ni urchish, ovqatlanish va qishlash 
migratsiyalari. 
1. Urchish migratsiyasi. Urchish yoki nerest migratsiyasi, ayniqsa, o`tkinchi 
baliqlarda xilma-xil va murakkab bo`ladi. Urchish migratsiyasi dengizdan daryoga 
kirish - anadrom migratsiyasi va aksincha, daryodan dengizga kirish - kattadrom 
migratsiyasiga bo`linadi. Masalan: keta va o`rkach baliqlar Tinch okeandan Uzoq 
Sharq daryolariga kirib, necha ming kilometr yuqoriga ko`tariladi. Ular daryoga 
kirgandan so`ng oziqlanmaydi, gavdasidagi oqsil va yog’ hisobiga yashaydi. Jinsiy 
mahsulotlarini tashlab bo`lgandan keyin kuchsizlanib, holdan toyadi va muskullari 
bo`shashib halok bo`ladi. Lososlar umrida faqat bir marta urchiydi. Osyotrlarni 
Kaspiy dengizidan Volga, Kama daryolariga borishi ham urchish migratsiyasiga 
misol bo`ladi. 
2. Oziqlanish migratsiyasi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə