Baliqlarning ekologiyasi


BALIQLARNING KELIB CHIQISHI VA



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/19
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108494
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
6-Maruza (2)

 
BALIQLARNING KELIB CHIQISHI VA
IQTISODIY AHAMIYATI 
 
Baliqlarning tangacha ko`rinishdagi qoldiqlari faqat ustki silur qatlamlaridan 
topilgan. Ostki devon davrida har xil guruhlarga kiradigan baliqlar paydo bo`lgan. 
Lekin baliqlarning qazilma qoldiqlari yetarli darajada bo`lmaganligi va yaxshi 
saqlanmaganligi uchun ayrim guruhlarining kelib chiqishini tushuntirishga imkon 
bermaydi. Shunday bo`lsada, paleontologik materiallarning o`rni nazariy 
mulohazalar bilan to`ldirilib, to`garak og’izlilar bilan baliqlar bir umumiy 
ajdoddan kelib chiqqan, degan fikrga kelinadi. Ayrim olimlar (Berg, Romer, Grov, 
Uitson) baliqlar birinchi marta dengizda emas, balki chuchuk suvlarda paydo 
bo`lgan va dengizlarda yashaydigan baliqlar asta-sekinlik bilan chuchuk suvlardan 
o`tgan, degan fikrni ilgari suradilar. Bu fikrni tasdiqlash uchun quyidagi jadvalni 
keltiradilar. 


Taxminlarga ko`ra, baliqlar silur davrining boshida chuchuk suvlarda 
yashagan pteraspidomorflarga mansub bo`lgan har xil qalqondorlardan ajralib 
chiqqan. Hali fanga noma`lum bo`lgan birlamchi jag’og’izlilardan ikkita shoxcha 
paydo bo`lgan: pantsirlilar va jag’jabralilar, bularga mustaqil sinf taksonomiyasi 
berilgan. Demak, eng qadimgi baliqlar pantsirli baliqlar bo`lgan (78-rasm). 
 
78-rasm. Pansirli baliqlar:
1-o`rta devonda yashagan Coccosteus, 2-Pterichthyes. 
Pansirli baliqlar (P1asod1ermi) sinfi mayda va yirik (bo`yi 6 m) baliqlarni o`z 
ichiga olgan. Ularning boshi va tanasining oldingi qismi suyak plastinkalaridan 
tashkil topgan murakkab pantsir bilan qoplangan (79,80,81-rasmlar). 
Davrlar 
Chuchuk suv baliqlari, 
% hisobida 
Dengiz baliqlari, 
% hisobida
Silur 
100 

Pastki devon 
77 
23 
O`rta devon 
13 
87 
Ustki devon 
29 
71 



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə